Shavkat Abdukamilov: O‘zbekiston bo‘lajak AES ishonchliligiga shubha qilmaydi

O‘zbekiston va Rossiya 2018-yilda respublika hududida atom elektr stansiyasini qurish bo‘yicha hamkorlik to‘g‘risidagi bitimni imzoladi. O‘zbekistondagi AES Markaziy Osiyo mintaqasida birinchi bo‘ladi.
Sputnik
"O‘zatom" agentligining Ilm-fan, innovatsiyalar va kadrlar tayyorlash bo‘limi rahbari Shavkat Abdukamilov Sputnik agentligiga bo‘lajak AES quriladigan maydonda nimalar ro‘y berayotgani, loyiha qanchalik xavfsizligi, atom elektr stansiyasi ishga tushirilgandan so‘ng mamlakat energiya balansi qanday o‘zgarishi va ushbu obyekt uchun kadrlar tayyorlash jarayoni qanday davom etishi haqida so‘zladi.

— Ayting-chi, O‘zbekistonda AES qurish to‘g‘risidagi shartnomaning tashkiliy qismi hozirda qaysi bosqichda?

— O‘zatom mutaxassislari bosh shartnomalarni tayyorlashmoqda. Rossiya va O‘zbekistonda ishchi guruhlar tuzilgan, Rossiya Federatsiyasida ushbu masala asosan "Rosatom" davlat korporatsiyasi tomonidan nazorat qilinadi, bizning mamlakatda ea "O‘zatom" agentligi va AES qurish bo‘yicha direksiya tomonidan.
O‘zbekistonda AES qurilishi bo‘yicha loyiha taqdiri ne kechmoqda - video
Pandemiya va chegaralar yopilganiga qaramay, o‘tgan davr mobaynida hamkorligimiz to‘xtamagan - u masofaviy formatga o‘tkazilgandi.
Hozirda biz pozitsiyalar yaqinlashuvi ustida ishlamoqdamiz, va shartnoma tayyorlanishi bilan, u imzolanadi.

— Bo‘lajak AES quriladigan maydonda nimalar ro‘y berapti va aholining u haqdagi fikri qanday?

— Biz ushbu masalada ham O‘zbekistonda, ham qo‘shni mamlakatlarda jamoatchilik tinglovlarini o‘tkazishni rejalashtirgandik. Ammo karantin cheklovlari tufayli ushbu tadbirlar vaziyat barqarorlashguniga qadar ortga qoldirildi.
Amalga oshirilayotgan ishlarga kelsak: maydonda muhandislik tadqiqotlari davom etmoqda. Atrof muhitga ta’sirini baholash loyihasi tayyorlangan.
Abdukamilov: bitiruvchi-atomchilar darhol o‘zbek AESi pultiga yaqinlashtirilmaydi
Bundan tashqari, AES texnik loyihasini ishlab chiqish bo‘yicha muhandislik tadqiqotlari olib borilmoqda. Ular Rossiyaning "Atomenergoproyekt" kompaniyasi bilan shartnoma asosida olib borilmoqda. Natijada, texnik loyiha ishlab chiqiladi, materiallar Davlat ekologiya qo‘mitasi tomonidan davlat ekspertizasiga topshiriladi va barcha materiallar majmui yadroviy va radiatsion xavfsizlik bo‘yicha milliy regulyator - Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasiga topshiriladi. Shundan so‘ng u tanlangan maydondan foydalanishga o‘zining ruxsatnomasini beradi. 
Boshidanoq kerakli va tegishli yadro infratuzilmasini yaratish bilan bog‘liq masalalarga e’tibor qaratilgan edi. Ular bugun ham dolzarbdir.
2020 yil oktabr oyida biz MAGATE vakillari bilan ushbu tashkilotning mamlakatimizga rejalashtirilgan missiyasi tafsilotlarini onlayn ravishda muhokama qildik. Milliy infratuzilmamizni o‘z-o‘zini baholash bo‘yicha dastlabki loyihani taqdim etdik, unda barcha asosiy vazirlik va idoralar ishtirok etgan. MAGATE hujjatni ko‘rib chiqib, o‘z tavsiyalarini berdi. Hozirda hujjat ustida ishlar olib borilmoqda va tez orada rasmiy ravishda ushbu tashkilotga yuboriladi. Va shundan so‘ng, olti hafta davomida ushbu missiyani O‘zbekistonda o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qilinadi. Taxminiy vaqt aprel, deb belgilanmoqda, ammo barchasi pandemiya jarayoni qanday kechishiga bog‘liq.
O‘zbekistonda AES ishga tushsa boshqa respublikalarda ham qiziqish paydo bo‘ladi – ekspert
Shu maqsadda o‘n to‘qqizta yadro infratuzilmasi masalalari bo‘yicha o‘n to‘qqizta maxsus ishchi guruhlar tashkil etildi. Xususan, milliy pozitsiya, yadro xavfsizligi, kadrlarni tayyorlash, normativ-huquqiy va meyoriy bazani takomillashtirish, O‘zbekistonda atom energetikasini qurish va rivojlantirishga manfaatdor tomonlarni jalb qilish masalalarini takomillashtirish, sanoatni jalb qilish masalalari, sababi atom elektr stansiyalarini qurish loyihalarini amalga oshirish paytida ko‘plab materiallar, turli xil xizmatlar, tovarlar O‘zbekistonda ishlab chiqariladi. Va bo‘lajak stansiyaning umumiy ishonchliligiga ta’sir qiladigan ko‘plab boshqa jihatlar mavjud.

— - AES xavfsizligi bo‘yicha savol. O‘zbekiston loyihaning ishonchliligiga qanchalik ishonadi va u mamlakatga qanday o‘zgarishlarni olib keladi?

— O‘zbekiston Rossiya texnologiyalaridan bo‘yicha AES qurish qarorini qabul qildi. Uni "VVER-1200" suv energetik reaktorlariga ega ikkita energiya bloklari tarkibida qurish rejalashtirilgan. Qurilish yakuniga ko‘ra mamlakatimizda yangi yadro sohasiga start beriladi. Bundan tashqari, umumiy energotarmoqqa qo‘shimcha, 2,4 GVt quvvatga ega yangi energiya ishlab chiqarish quvvati qo‘shiladi, ular barqaror, xavfsiz va ishonchlidir.
Moskvada “O‘zatom” delegatsiyasi O‘zbekiston AES loyihasini muhokama qiladi
Ushbu turdagi reaktorga keladigan bo‘lsak, u dunyodagi eng ishonchli va eng xavfsiz hisoblanadi, chunki bu yerda suv bilan ishlaydigan texnologiyalar qo‘llaniladi, bunda issiqlik tashuvchi sifatida ham, issiqlik almashinuvi sifatida ham suvdan foydalaniladi. Bundan tashqari, loyihada barcha qachondir sodir bo‘lgan shtatdan tashqari holatlar, baxtsiz hodisalar va ular bilan bog‘liq bo‘lgan voqealarni to‘liq hisobga olgan. Shu tufayli, biz ushbu loyihaning to‘liq xavfsizligiga ishonchimiz komil.
Shu narsaga e’tibor qaratmoqchi edim-ki, ushbu loyihalar asosidagi atom elektrobloklari Yevropada barpo etilmoqda. Misol uchun, Vengriya o‘zidagi eski atom elektrobloklarini ekspluatatsiyadan chiqarib, Rossiya tomoni bilan hamkorlikda, aynan "VVER-1200" reaktorlari asosida AESni qurmoqda. Turkiya, Bangladesh, Hindistonda xuddi shu singari reaktorlar barpo etilyapti. Rossiya texnologiyalari ayni vaqtda dunyo bo‘yicha yetakchidir.
Rossiya O‘zbekistonga AES qurilishi uchun kredit berishi mumkin
Agar yadroviy texnologiyalarni yetkazib beruvchilar jahon bozoriga nazar tashlasak, bu unchalik katta emas: Rossiya, Shimoliy Koreya, Janubiy Koreya. Shu bilan birga, Rossiya texnologiyalari dunyoda tan olingan. Hamkasblarimiz, MAGATE ekspertlari bilan suhbatlashsak, ular O‘zbekiston texnologiya yetkazib beruvchi borasida juda to‘g‘ri tanlovni amalga oshirganini ta’kidlashadi.
O‘zgarishlarga kelsak. O‘zingiz guvohi bo‘lib turibsiz, mamlakat va uning rivoji, iqtisodiyoti uchun energiya qanchalik muhimligini. Energetika vazirligi elektro energiya sohasi, yangi energiya ishlab chiqarish quvvatlarini barpo etishni nazarda tutadigan konsepsiyani qabul qildi. Bu nima uchun kerak? Ayni paytda mamlakatda elektr energiyasi tanqisligi yuzaga kelib bo‘lgan. Bizda qariyb 66 milliard kVt soatga talab bo‘lgani holda, aslida 63 milliard ishlab chiqariladi. Qolgan farqni qo‘shni mamlakatlardan import qilish lozim.
Tonnalab iqtisod: “Uzatom” rahbari AES qurilishi xususida
Aholi bilan birga, uning farovonligi, ehtiyojlari o‘sib bormoqda: ko‘pchilikning uyida masalan, bir emas, ikkitadan konditsioner, maishiy texnika bor... Ishlab chiqarish va biznes svetga muhtoj. Shu munosabat bilan ekspertlar 2030-yilga kelib O‘zbekistonning elektr energiyasiga bo‘lgan ehtiyoji taxminan 120 milliard kVt soatni tashkil etishini prognoz qilishmoqda. Bu hozir ishlab chiqarayotgan hajmdan deyarli ikki barobar ko‘p.
Shu sababli, Energetika vazirligi 2030-yilga qadar enegiyasamarador bug‘ qurilmalariga, qayta tiklanuvchi energiya manbalariga ega yangi tipdagi elektr stansiyalari, gidroelektr stansiyalar - asosan mini- va mikro-GESlar qurilishini, shu jumladan AES qurilishini ko‘zda tutadigan konsepsiyani ma’qulladi. Mamlakat energobalansining 8-10 foizi AES tomonidan ta’minlanishi ko‘zda tutilgan.

— Elektr energiyasi mamlakat uchun albatta, muhim. Bu boradagi yangi yechimlar ham. Ammo atom elektr stansiyasini qurishni va undan foydalanishni ishonch bilan topshirish mumkin bo‘lgan professional kadrlar ham juda muhim.

— Kadrlar masalasi juda dolzarb va jiddiy, chunki atom elektr stansiyasining kelajakda xavfsiz va ishonchli ishlashi aynan kadrlarga bog‘liqdir.
Ekspert: o‘zbekistonliklar AES chiqindilaridan tashvishlanmasalar ham bo‘ladi
2018 yil 19-iyulda prezidentning alohida farmoni bilan "O‘zatom" agentligi tashkil etilgan bo‘lsa, 20-iyulda Toshkentda MIFI universiteti filialini tashkil etish bo‘yicha prezident qarori imzolandi. Ushbu filial allaqachon ishlamoqda, unda birinchi va ikkinchi kurs talabalari tahsil olishapti. Har yili Rossiya qoidalari asosida ushbu universitetga kirishni istaganlar uchun tanlov tashkil qilamiz va har yili filial 100 kishini qabul qiladi - talabalarning hammasi davlat granti asosida o‘qishga qabul qilinadi. Kelajakda bu yigit-qizlar bizning atom sanoatimizning xodimlari bo‘lishadi.
Bu yerda gap AESni ekspluatatsiya qiladigan personalni tayyorlash haqida borayotgani yo‘q, balki yadroviy sohaning qator tarmoqlari bo‘yicha ish olib borilyapti - bu bo‘lajak pedagoglar, ilm-fan, yadroviy tibbiyot, qishloh xo‘jaligi. Shuningdek, issiqlik energetikasi, chunki AES IESdan faqatgina suvni isitish manbai va yoqilg‘i bilan ajralib turadi - bittasida yadroviy manba ishlatilsa, ikkinchisida - tabiiy gaz ishlatiladi. Shu munosabat bilan MIFI to‘rtta yo‘nalish bo‘yicha talabalarni tayyorlaydi va ular O‘zbekistonda atom energetikasini rivojlantirish uchun talabgir bo‘ladi.
Atomli kelajak: O‘zbekistonda birinchi AES qanday qurilmoqda
Shuni ta’kidlashni istardimki, atom yenergetikasi respublika uchun yangilik emas. 1959-yildan beri Toshkentda VVER tadqiqot yadro reaktori ekspluatatsiya qilib kelinadi. U O‘zbekiston Fanlar akademiyasining Yadro fizikasi institutiga tegishli. Bu nimani anglatadi? Bizda reaktorlarni ishlatish, yadro texnologiyalaridan foydalanish, yadro materiallaridan foydalanish bo‘yicha 60-yildan ortiq tajribamiz borligi, mutaxassislar, olimlar borligini. Bundan tashqari, O‘zbekiston Milliy universiteti va Samarqand davlat universiteti anchadan beri "Yadro fizikasi" yo‘nalishi bo‘yicha kadrlarni tayyorlab kelmoqda. Ushbu salohiyat loyihamizni amalga oshirishda ham qo‘llaniladi.
Bundan tashqari, 2018-yildan boshlab Toshkent davlat texnika universitetida atom energetikasi sohasida mutaxassislarni tayyorlash bo‘yicha bakalavr yo‘nalishi faoliyat yuritib keladi. U yerda ham har yili 100 ga yaqin talaba qabul qilinadi, ular kelajakda ular AESda ishlaydilar.
O‘zAtom AES haqidagi vahimali mish-mishlarga nuqta qo‘ydi
Ammo kadrlarni tayyorlash faqatgina oliy ta’limdagi o‘qish bilan cheklanmaydi, bu uzluksiz jarayon. Bitiruvchilar darhol AES pultiga o‘tqizilmaydi, ular o‘rganishni davom etadilar, xususan, AES qurilishi jarayonlarida bevosita ishtirok etishadi, Rossiyaga borib o‘qib keladilar.
Stajirovka uchun Novovoronejdagi AES-2ga yuboriladi, u yerda o‘quv-mashg‘ulot markazi bor. Xuddi shunday markaz birinchilardan bo‘lib bizning AES maydonida ham paydo bo‘ladi.
Birinchi blok ishga tushirilganidan keyin birinchi ikki yil davomida personal ishi takrorlash elementi asosida tashkil etiladi. Ikkinchi blok qurilishi jarayonida, uning xodimlari birinchi blokda mashq qiladi. 
Shu tariqa, izchillikni yo‘lga qo‘yamiz, malaka oshirish jarayoni esa uzluksiz bo‘ladi.