Rossiya O‘zbekistonga AES qurilishi uchun kredit berishi mumkin

© Sputnik / Aleksey Drujinin / Mediabankka o‘tishSergey Prixodko
Sergey Prixodko - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
AES qurilishi O‘zbekiston - Rossiya munosabatlari uchun strategik muhim loyiha hisoblanadi, shuning uchun uning  moliyalashtirish masalasi ham o‘ta muhim.

TOShKENT, 1 noya - Sputnik. Rossiya hukumati O‘zbekistonga AES qurilishi uchun davlat eksport krediti ajratishi mumkin, deb xabar qilmoqda RIA Novosti Hukumat raisi o‘rinbosari Sergey Prixodkoning so‘zlariga asosan.

Atomnaya stansiya  - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda AES qurilishida Koreya Respublikasi tajribasi qo‘llanilishi mumkin

"AES qurilishi O‘zbekiston - Rossiya munosabatlari uchun strategik muhim loyiha hisoblanadi, shu jumladan u haqida tuzilayotgan shartnomalar va uning  moliyalashtirish masalasi ham o‘ta muhimdir.

Moliya manbaalariga kelsak, ushbu loyihaning ikki davlat uchun ham muhimligini inobatga olgan holda, Rossiya Federatsiyasi hukumati davlat eksport krediti ajratish imkoniyatini ko‘rib chiqishga tayyor. Aniq shartlar  Rossiya va O‘zbekiston moliya vazirliklari muzokaralaridan so‘ng ma’lum bo‘ladi.

O‘zbekistonda qurilishi rejalashtirilayotgan AESning dastlabki qiymati allaqachon aniq bo‘lgan.  Lekin bunday loyihalar narxi, odatda, shartnoma imzolanganicha va undan so‘ng ham keng ommaga e’lon qilinmaydi”, - dedi Prixodko.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston va Rossiya orasida erishilgan kelishuvga ko‘ra, “Rosatom” korporatsiyasi  O‘zbekiston hududida ikkita energiya blokidan iborat bo‘lgan “3+” avlod atom elektr stansiyasi qurib beradi. AESning qurilish joyi sifatida Jizzax viloyatidagi Tuzkon ko‘li oldidagi maydon tanlangan.

Yangiliklar lentasi
0