O‘zAtom AES haqidagi vahimali mish-mishlarga nuqta qo‘ydi

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaProyekt AES v Uzbekistane
Proyekt AES v Uzbekistane - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zAtom mutaxassislari Jizzaxning Forish tumanida AES qurilishi va xavfsizlik mavzusida xalq bilan muloqot o‘tkazdi.   

TOShKENT, 8-iyul – Sputnik. Yakshanba 7-iyul kuni O‘zbekiston Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi, O‘zbekiston Ekologik partiyasi, «O‘zatom» agentligi va Jizzax viloyati hokimligi mutasaddilari Forish tumaniga tashrif buyurib, tuman faollari ishtirokida AES qurilishi bo‘yicha loyihani amalga oshirish borasida ilk marotaba xalq bilan muloqotni amalga oshirdilar, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.

Jurabek Mirzamaxmudov, generalniy direktor Agentstva po razvitiyu atomnoy energetiki Uzatom - Sputnik O‘zbekiston
"O‘zatom" bosh direktori AES yaqinida cho‘milsa nima bo‘lishini aytdi

Suhbat davomida O‘zatom mutaxassislari O‘zbekistonda qurilayotgan AESning xavfsizlik darajasiga alohida to‘xtalib o‘tishdi. Mutaxassislar Chernobil yoki Fukusimadagi AES fojealari O‘zbekistonda takrorlanmasligi uchun qanday xavfsizlik choralari ko‘rilgani haqida batafsil aytib berishdi.

Xususan, O‘zbekistonda qurilayotgan AES 3++ - ya’ni yangi avlod stansiyasi bo‘lib, unda boshidan 21 ta bir-birini himoyalovchi xavfsizlik tizimlarii mujassam etilganini va ushbu xavfsizlik tizimlari hatto insonning AES faoliyatiga noto‘g‘ri aralashishini cheklash imkoni ega ekanligi qayd etildi.

© SputnikDeputatlar va jurnalistlar bo‘lajak AES maydonida bo‘lishdi
O‘zAtom AES haqidagi vahimali mish-mishlarga nuqta qo‘ydi - Sputnik O‘zbekiston
Deputatlar va jurnalistlar bo‘lajak AES maydonida bo‘lishdi

Eslatib o‘tamiz, internetda “Chernobil” nomli  badiiy film namoyish qilinganidan so‘ng, AES qurilishi o‘zbekistonliklar tomonidan ham ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokama qilinayotgan edi. Ayrim blogerlar tomonidan AES qurilishi O‘zbekistonda ham ikkinchi Chernobil hodisasini vujudga keltirishi mumkinmi degan mish-mishlar tarqatishni boshlagan edi. Ushbu uchrashuvning o‘tkazilishi ana shunday asossiz vahimalar tarqalishiga nuqta qo‘ydi.

Yangiliklar lentasi
0