Sergey Kondratyev Sputnik O‘zbekistonga bergan izohida “yadroviy chiqindilar” tushunchasi har doim ham to‘g‘ri qo‘llanilmasligini tushuntirdi. Atom elektr stansiyasi (AES) ishi natijasida ishlatilgan yadroviy yoqilg‘i hosil bo‘ladi va bu juda qimmatbaho mahsulot sanaladi. Uni qayta ishlashga yuborib, qimmatbaho komponentlarni olish mumkin.
O‘zbekistondagi AES Rossiya loyihasi asosida ishlab chiqilgan. Shuning uchun Rossiya majburiyatlaridan biri o‘z vaqtida ishlatilgan yoqilg‘ini qayta ishlash uchun olib ketish hisoblanadi. Ushbu amaliyot yadroviy qurolni tarqatmaslik to‘g‘risidagi shartnomaga to‘liq mos keladi.
O‘zbekiston vaqtinchalik saqlanadigan joyni tashkil etsa kifoya, deya hisoblaydi Kondratyev.
"O‘zatom" bosh direktori AES yaqinida cho‘milsa nima bo‘lishini aytdi
Rossiyaning "Rosatom" davlat korporatsiyasi O‘zbekistonda 1 200 MVt quvvatga ega “3+” avlodidagi 1200-suv energetik reaktorli ikkita energoblok qurishni rejalashtirilgan. Ushbu loyiha 2028-yilgacha hayotga tatbiq etilishi lozim.