Telefonga WhatsApp o‘rnatganda qanday shartga rozi bo‘lish kerak

Yaqinda, WhatsApp kompaniyasi tomonidan e’lon qilingan xavfsizlik siyosatini o‘zgartirish haqidagi xabar butun dunyoda katta shov-shuvga sabab bo‘ldi. Foydalanuvchilar messenjerdan voz kechib boshqa xizmatlarga o‘ta boshladi.
Sputnik
TOShKENT, 19 yanv — Sputnik. Ma’lumki bugun millionlab foydalanuvchilarga ega bo‘lgan IT-bozorining yirik ishtirokchilari faoliyatining ishonchli davom etishi ko‘pchillikni qiziqtiradi. Ularning stabil ishlashidan nafaqat oddiy foydalanuvchilar, balkim yirik tijoriy kompaniyalar, jamoat tashkilotlari davlat organlari faoliyati manfaatdor bo‘lishi mumkin.
WhatsApp yangi funksiyani ishga tushirdi
O‘tgan yilning oxirida WhatsApp messendjeri dasturdan foydalanishning yangi shartlarini e’lon qilingan edi. Yangi qoidalar 2021-yilning 8-fevralida kuchga kirishi va ulardan voz kechgan holda  foydalanuvchi akkaunti avtomatik ravishda bloklanishi kerak edi.
Bunday talab messenjer foydalanuvchilariga ma’qul kelmadi. Ko‘pchillik undan voz kechishga qaror qildi va boshqa platformalarga o‘tishni boshladi. Muqobil messenjerlar orasida eng ommaviysi – Telegram bo‘ldi. Shu vaqtga qadar AQShda unchalik ommaviy bo‘lmagan Telegram, qisqa vaqt ichida yuklab olish bo‘yicha eng ommaviy dasturlardan biriga aylandi. Dastur App Store va Google Playda yuklab olish bo‘yicha ikkinchi o‘ringa chiqib oldi. Faqatgina 6-10 yanvar kunlari Telegram dasturni 5,6 million kishi yuklab oldi, umumiy auditoriya soni 500 milliondan oshib ketdi.

Mutlaq ochiq

Xo‘sh nega WhatsAppning taklifi butun dunyo foydalanuvchilarning g‘azabini qaynatdi va undan voz kechishga sabab bo‘ldi?
Yangi xavfsizlik qoidalarida aytilishiga ko‘ra, fiydalanuvchilarning shaxsiy ma’lumotlari Facebookning barcha dasturlari uchun ochiq bo‘ladi. Eslatib o‘tamiz, Facebook WhatsAppni 2014-yilda 19 milliard dollarga sotib olgan edi. Ushbu ma’lumotlar ro‘yxatiga foydalanuvchi telefon raqami, uning ismi sharifi, smartfon va uyali aloqa operatori haqidagi ma’lumotlar, IP-adresi, moliyaviy operatsiyalar haqidagi ma’lumotlar va boshqalar.
WhatsApp ichida yashiringan shpion dastur topildi
Xo‘sh, bu ma’lumotlarni uchinchi shaxsga berish nima uchun kerak?
WhatsApp ta’kidlashiga ko‘ra, “ayrim” ma’lumotlar Facebookka berilishidan hech kim zarar ko‘rmaydi, foydalanuvchilarning xabarlari shifrlangan holda qoladi.
Rossiya elektron kommunikatsiyalar Assotsiatsiyasi bosh tahlilchisi Karen Kazaran aytishiga qaraganda WhatsApp “bo‘lishayotgan” ma’lumotlar reklamani target qilish uchun ham foydalanilishi mumkin.  
“Foydalanuvchi yozishmalari va suhbatlari hech qayerga uzatilmaydi va shifrlangan ko‘rinishda qoladi, lekin ularning o‘g‘irlanishi ehtimoli har doim bor. Shu sababli kompaniyaga ishonish yoki ishonmaslik – foydalanuvchining ishidir. Lekin himoya darajasi baribir yuqori, - deydi Kazaran.
Bauman nomidagi MGTU raqamli kriminalistika fakulteti professori Vitaliy Vexov aytishiga qaraganda WhatsApp yuklab olish jarayonida foydalanuvchidan smartfonning barcha muhim funksiyalaridan foydalanish uchun bir talay ruxsatnomalar berishni talab qiladi.
WhatsApp dasturi ayrim telefonlarda ishlashni to‘xtatadi
“Messenjer foydalanuvchining barcha shaxsiy ma’lumotlari, adreslar ro‘yxati, smartfon kamerasi va mikrofonidan masofadan turib foydalanish imkoniyati va boshqa funksiyalar. Foydalanuvchi bunga rozi bo‘lgan zahotiyoq uning shaxsiy hayoti ushbu dasturni yaratgan shaxslar uchun sir bo‘lmay qoladi. Yana bir bor eslatib o‘taman, WhatsApp - bu ANB (AQSh milliy xavfsizlik agentligi) dasturidir.
Biz bundan siyosiy maqsadlarda qanday foydalanish mumkinligini yaqinda AQShda bo‘lib o‘tgan hukumat almashish jarayonida juda yaxshi kuzatdik, - deydi Vexov.
Ekspert xulosasiga ko‘ra, yangi shartlar qabul qilinmasdan oldin ham foydalanuvchi dasturni o‘rnatgan zahotiyoq o‘z shaxsiy ma’lumotlaridan foydalanishga imkoniyat ochib beradi.

Sabr kosasi to‘ldi

Butun dunyo foydalanuvchilari Edvarda Snouden ochiqlagan va WikiLeaks sayti orqali e’lon qilingan faktlarni juda yaxshi eslashadi. Shundan so‘ng ko‘pchillik axborot maxfiyligi – bu shunchaki chiroyli va’da ekanini tushunib yetdi. Shu sababli ham odamlar shaxsiy axborotning har qanday tarqalishidan qo‘rqib qolishgan.
Davlat xizmatchilariga Google, Yahoo va WhatsApp dasturlaridan foydalanish ta’qiqlanadi
So‘nggi kunlarda kuzatilgan, ijtimoiy tarmoqlarda AQSh prezidenti Donalld Tramp va uning tarafdorlarining ta’qib qilinishi, Parler xizmatining bloklanishi oqibatida - ko‘pchillik amerikaliklar Telegramga qiziqa boshlagan edi. Raqobat nafasini his qilgan Facebook esa Telegram xavfsizligini shubha ostiga oluvchi va uning Rossiya bilan bog‘liqligini ta’kidlovchi xabarlar tarqata boshladi.
Birozdan so‘ng esa amerikaning Coalition for a Safer Web (Xavfsiz internet koalitsiyasi) nomli nodavlat notijorat tashkiloti Telegramni App Store va Android marketdan o‘chirishni talab qila boshladi. Ularning fikriga ko‘ra, u yerda rasist va neonatsist mazmunli materiallar ko‘p tarqatilar ekan.
Telegram asoschisi Pavel Durov, albatta ushbu ayblovlarga javob berdi. Uning fikriga  ko‘ra amerikaliklar, faqat siyosiylashgan texnologik gigantlar va monopolistlarning qo‘liga qarab turishni istamaydi. Foydalanuvchilar ma’lum vaqtga qadar chidab kelishgan bo‘lsa-da, endi ularning sabr kosasi to‘lgan.
Telegram o‘z navbatida, ijtimoiy tarmoqda zo‘ravonlikni cheklashga harakat qilmoqda. Xususan, o‘tgan hafta davomida administratorlar AQSh hududida zo‘ravonlikka chaqiruvchi yuzlab xabarlarni o‘chirib tashlashgan.
WhatsApp xabarlarni to‘liq shifrlaydigan bo‘ldi
Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov ham o‘zining yillik katta intervyusi davomida Telegram borasida tarqalayotgan xabarlarga izoh berdi. Vazir xulosasiga ko‘ra, AQSh bir qator xalqaro shartnomalarga a’zo ekanini va ular har bir davlatga inson huquqlari va erkinliklarini saqlash borasida qator majburiyatlar yuklashini eslatib o‘tdi.  
“AQSh hali ham Inson huquqlari va asosiiy erkinliklarini himoya qilish konvensiyasi, Fuqarolik va siyosiy huquqlar xalqaro pakti a’zosi. Shuningdek, Xelsinki yakuniy akti, YeHXTning bir qator hujjatlari, Parij xartiyasi va 1999-yilda imzolangan Yevropa xavfsizlik xartiyasi a’zosidir” – dedi Lavrov.

O‘zbekiston nima deydi?

AQSh va G‘arb bir vaqtlar inson huquqlari buzilshida, so‘z erkinligi cheklanishida ayblagan, O‘zbekiston ham bugun AQShni o‘ziga kelishga chaqirmoqda. Mass-media fondi vasiylik kengashi raisi Komil Allamjonov o‘z Telegram-kanalida bu borada o‘z fikrlarini bildirgan.
Allamjonov aytishiga qaraganda, agar App Store va Google Play o‘z maydonchalaridan Telegramni o‘chirsa, bu ushbu platformalarga ishongan, aksariyatni tashkil qiluvchi namunali foydalanuvchilarga nisbatan nohaqlik bo‘ladi.
“Salbiy kontent istalgan messendjer yoki ijtimoiy tarmoqda tarqalishi mumkin, o‘sha Facebook va Twitterda ham, keling, unda ularni ham yopamiz!”, - deydi  Mass-media fondi raisi.  
Telegram, terrorizm, ekstremizm, antisemitizm, pornografiya va boshqa ta’qiqlangan kontentga qarshi eng ko‘p kurashuvchi messenjerlardan biridir. Ushbu tarmoq orqali pandemiya davrida millionlab odamlar kerakli ma’lumotlarni tezkorlik bilan olish imkoniga ega bo‘ldi, deydi Allamjonov.
“Ma’no" tadqiqotchilik tashabbuslari markazi direktori Baxtiyor Ergashev aytishga qaraganda O‘zbekistonda WhatsAppga qaraganda Telegram bir necha barobar ommaviydir shu sabab ham O‘zbekiston tomonidan Telegramning qo‘llab-quvvatlanishi bu ta’biiy holdir.
Rossiyada WhatsApp, Viber va Telegram foydalanuvchilarining shaxsi aniqlanadi
Amerika messendjerdan asosan ish yuzasidan foydalanishga majbur bo‘lgan fuqarolar foydalanishi mumkin. Telegram – esa eng ommaviy messenjer hisoblanadi.Bugungi kunda aksariyat davlat muassaslarining va hatto prezidentning ham ushbu tarmoqda rasmiy sahifasi bor.
AQShdagi siyosiy kurash vaqtida ijtimoiy tarmoq va turli platformalar unga qanday ta’sir o‘tkazganini ko‘pchilik yaxshilab kuzatish  imkoniga ega bo‘ldi. Shu orada Signal kabi yangi messenjerlar ham paydo bo‘ldi. Lekin elektron gadjetlardan foydalanayotgan har bir fuqaro bir narsani yaxshi bilishi kerak: har qanday gadjetning “kaliti” bor.
Vitaliy Vexov aytishiga ko‘ra, zamonaviy gadjetlariga ishlab chiqarish jarayonidayoq masofadan turib boshqarish kodlari kiritiladi. Foydalanuvchi ma’lum dasturni yuklab olganidan so‘ng, boshqarish kodlariga ega bo‘lgan tuzilmalar uning smartfoniga “kirishi” mumkin. Bunda shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilishning iloji qolmaydi.