Rossiyada WhatsApp, Viber va Telegram foydalanuvchilarining shaxsi aniqlanadi

CC BY 2.0 / Microsiervos / iOS 8 iconsWhatsapp, Facebook Messenger, Telegram, Messages
Whatsapp, Facebook Messenger, Telegram, Messages - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yangi qonun Rossiyada internet orqari turli ekstremistik materiallar tarqatishga qarshi ko‘rilayotgan choralarning bir qismidir. O‘tgan yili davlat xizmatchilariga Google, WhatsApp va boshqa bir qator dasturlardan foydalanish qat’iyan ta’qiqlangan edi.

TOShKENT, 25 yanv — Sputnik. Rossiyaning Aloqa nazorat qo‘mitasi va IIV messenjerlar yaratuvchilarini foydalanuvchilar haqidagi ma’lumotlarni oshkor qilishga majburlovchi qonun qabul qilmoqda, RIA Novosti xabariga asosan.  

“Aloqa to‘g‘risida”gi qonunga o‘zgarishlar kiritilganidan keyin dastur ishlab chiqaruvchilari va uyali aloqa operatorlari, huquqni saqlash organlari uchun messenjerlar shaxsini aniqlovchi dastur yaratishi kerak bo‘ladi, — deyilgan xabarda.  

Ushbu qonun loyihachi Rossiya Aloqa nazorati qo‘mitasi tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lib, uni tayyorlashda uyali aloqa operatorlari vakillari ham ishtirok etgan.

Kompyuterda ishlash - Sputnik O‘zbekiston
Davlat xizmatchilariga Google, Yahoo va WhatsApp dasturlaridan foydalanish ta’qiqlanadi

Yangi qonun Rossiyada internet orqari turli ekstremistik materiallar tarqatishga qarshi ko‘rilayotgan choralarning bir qismidir. O‘tgan yili davlat xizmatchilariga Google, WhatsApp va boshqa bir qator dasturlardan foydalanish qat’iyan ta’qiqlangan edi.

Eslatib o‘tamiz, ayni damda Rossiyada sim kartalarni rasmiylashtirmasdan sotayotgan sotuvchilar uchu qattiq jazo choralari belgilangan. Ko‘chada sim karta sotayotgan migrantlar esa — jarima solinib deportatsiya qilinadi.

Yangiliklar lentasi
0