Davlat xizmatchilariga Google, Yahoo va WhatsApp dasturlaridan foydalanish ta’qiqlanadi

Kompyuterda ishlash
Kompyuterda ishlash - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ushbu chet el dasturlaridan foydalangan xizmatchilar lavozimidan bo‘shatilishi mumkin.

TOShKENT, 6 okt – Sputnik. Yaqin kunlar ichida davlat xizmatchilari uchun Google, Yahoo internet xizmatlari va WhatsApp dasturlaridan foydalanishni ta’qiqlash haqidagi qonun loyhasi davlat Dumasi muhokamasiga kiritildi, RIA Novosti "Izvestiya" xabari asosida.

Ushbu taklif bilan “Rossiyani himoya qilamiz” ijtimoy tashkilot rahbari Mixail Marchenko chiqdi. KPRF yuridik xizmati rahbari deputat Vadim Solovyev ham ushbu taklifni qo‘llab-quvvatladi.

Biroz oldin, Rossiya Xavfsizlik Kengashi kotibi Sergey Patrushev ham davlat xizmatchilariga  shunday qilishni maslahat bergan edi, chunki ushbu ommaviy dasturlar tarkibida chet el razvedka xizmatlarining ma’lumot yig‘ish vositalari topilgan.

Solovyevning gaplariga qaraganda, yuqori lavozimda ishlaydigan davlat xizmatchilari ixtiyorida bo‘lgan har qanday ma’lumot, chet el maxsus xizmatlari uchun katta qiziqish tug‘dirishi aniq. Hozirgi xalqaro notinchlik vaziyatida, davlat xizmatchilari faoliyati jiddiy diqqat ostida bo‘lishi yanada dolzarb masalaga aylangan.   

Marchenkoning so‘zlariga qaraganda, qo‘shimchalar “Davlat fuqarolik xizmati haqida”gi qonuniga o‘zgarishlar kiritish taklif qilingan. Ushbu qonunning “Davlat xizmati bilan bog‘liq ta’qiqlar” bo‘limini quo‘dagi so‘zlar bilan to‘ldirish kerak: “Davlat fuqarolik xizmati munosobati bilan Google, Yahoo va WhatsApp xizmatlaridan foydalanish ta’qiqlansin”.

Undan tashqari Marchenko administrativ huquqbuzarliklar haqidagi qonunga, yuqoridagi bandlarni buzganlik uchun jarimadan xizmat  vazifasidan bo‘shatishgacha choralar belgilashni taklif qildi.

Xavfsizlik Kengashi ushbu taklifni qo‘llab-quvvatladi, senator Yelena Afanaseva esa ushbu tashabbusni parlament muhokamasiga qo‘yishga tayor ekanligini aytdi.

 

Yangiliklar lentasi
0