WhatsApp xabarlarni to‘liq shifrlaydigan bo‘ldi

© Sputnik / Natalya Seliverstova / Mediabankka o‘tishInformatsionnie texnologii
Informatsionnie texnologii - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bundan buyon WhatsApp messenjeri orqali yuborilgan har qanday xabar: matn, ovoz, rasm, video va boshqalar bir abonentdan ikkinchi abobnentga yetib kelganga qadar to‘liq shifrlanadigan bo‘ldi.

TOShKENT, 6 apr — Sputnik. Messenjer blogida xabar berilishicha, bundan buyon WhatsApp orqali tarqatilgan barcha turdagi xabarlar shifrlanadigan bo‘ldi. Bu haqda dastur blogida xabar berilgan. 

"Ciz yuborgan xabarni faqat yo‘llangan kishigina o‘qiy oladi. Undan boshqa hech kim o‘qiy olmaydi. Kiberjinoyatchilar, xakerlar, turli mustabid tuzumlar va hattoki biz ham", — deyilgan kompaniya rasmiylari tarqatgan xabarda.

Kompyuterda ishlash - Sputnik O‘zbekiston
Davlat xizmatchilariga Google, Yahoo va WhatsApp dasturlaridan foydalanish ta’qiqlanadi

Xabarda aytilishicha, bugungi kunda dunyo bo‘ylab bir milliarddan ziyod odam WhatsApp dan foydalanadi. Bundan buyon ularning hammasi o‘z do‘stlari va oila a’zolari bilan bemalol va xavfsiz suhbatlashishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili Rossiya Davlat Dumasiga davlat lavozimlarida ishlaydigan shaxslarga WhatsApp, Google, Yahoo va yana bir necha dasturlardan foydalanishni ta’qiqlash haqida taklif kiritilgan edi. Rossiya Xavfsizlik Kengashi kotibi Sergey Patrushev aytishiga ko‘ra, ushbu dasturlar tarkibida chet el razvedka xizmatlarining ma’lumot yig‘ish vositalari topilgan.

Yangiliklar lentasi
0