Beshinchi avlod qiruvchisi - Su-57, o‘zining takrorlanmas taktik-texnik xususiyatlari va qo‘llanilayotgan oltinchi avlod texnologik yechimlari bilan barchani hayratga solmoqda va xalqaro hamjamiyat orasida tez obro‘ qozonmoqda.
Seriyali ravishda ishlab chiqilgan dastlabki Su-57 samolyoti Rossiya Havo-kosmik kuchlariga (HKK) ushbu oyda foydalanishga topshiriladi.
Ikkinchi bosqich dvigateliga ega bo‘lgan 5-avlod samolyoti 2022-yilda tayyor bo‘ladi. 2024-yil oxiriga kelib Rossiya HKK tarkibida 22ta Su-57 qiruvchisi paydo bo‘ladi. 2028-yilga kelib ularning soni – 76taga yetadi. Ushbu samolyotning kema palubasidan uchiriladigan turi kelgusi yil oxirida ishlab chiqarish rejalashtirilgan.
Su-57ni xarid qilish uchun 8ta mamlakat navbatda turibdi.
Rossiya Harbiy-sanoati majmuasi boshqarmasining boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Andrey Yelchaninov aytishiga qaraganda samolyot xorijiy xaridorlarga alohida samolyot ko‘rinishida, to‘liq qurollangan samolyot ko‘rinishida va sotuvdan keyingi servis-paketi bilan yetkazib berilishi mumkin.
Aljir Su-57ning birinchi xorijiy buyurtmachisi bo‘ldi. Ushbu Afrika davlati 14ta Su-57E qiruvchilariga buyurta joylashtirdi.
Hindiston esa Su-57ning eng yirik buyurtmachisi bo‘lishi kutilmoqda. U ham samolyotlar sotib olish ham o‘z hududida Su-57ni litsenziya asosida ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishga tayyor. Hindiston oldin ham MiG-21, MiG-27 va Su-30 samolyotlarini ishlab chiqargan edi. Hindiston Rossiyada ishlab 2 o‘rinli samolyotlarni ustun qo‘ygani sababli, Rossiya muhim xorijiy hamkorining talabini bajarishga tayyor.
Xitoy, Myanma, Vyetnam, Malayziya, Eron va Turkiya ham Su-57 samolyotlariga jiddiy qiziqish bildirmoqda.
To‘rtinchi avlod samolyotlari eskirib borayotgani tufayli, hamda jahon bozorida Su-57ga munosib raqib yaqin atrofda mavjud emasligi tufayli – uning xaridorlari soni tobora ortib borishi muqarrar.
Su-57ning yagona raqibi Rossiyada ishlab chiqilgan yirikrok tutuvchi-qiruvchi MiG-41 bo‘lishi mumkin. Yangi MiG 2018-yildan boshlab ishlab chiqilmoqda, lekin hozircha tayyor emas.
Fantastik istiqbollar
Amerikaning Military Watch Magazine jurnali yozishiga ko‘ra, Rossiya ushbu samolyotga yangi Saturn-30 dvigatellari o‘rnatib, gipertorvush raketlar o‘rnatib uning imkoniyatlarni 6 avlod samolyotiga yaqinlashtirganidan so‘ng, Su-57ning ommaviyligi yanada oshadi.
Lekin, Su-57 bugun ham qiruvchi-tutuvchi va zarba beruvchi samolyot vazifasini bajarishi mumkin. Uning jangovar yuk/samolyot massasi nisbati 4-avlod qiruvchilariga qaraganda ancha yuqori. Sun’iy ong esa Su-57ga og‘ir uchuvchisiz apparat S-70 bilan muvaffaqiyatli ishlash imkonini beradi. S-70 "Oxotnik" – sun’iy ongi va 6-tonnali bomba va raketalar arsenaliga ega bo‘lib 5000 km jangovar radiusda harakat qilishi mumkin.
Su-57 – bu harbiy samolyotlar kelakjagi tomon qo‘yilgan qadam bo‘lib, u bir vaqtning o‘zida ham samarali jangovar birlik va 6 avlod texnologiyalari uchun ilmiy laboratoriya bo‘lib qolmoqda.
Uchuvchi tomonidan boshqariladigan Su-57, 90% vazifalarni avtomatik ravishda bajarishi mumkin. U oldindan tayyorlangan dastur asosida to‘liq avtomatik ravishda harakat qilishi mumkin.
Su-57 va S-70 uchuvchisiz apparatini birgalikda qo‘llash – bu oltinchi avlod samolyotlariga xos bo‘lgan yangi jangovar taktika va amaliyotlarni qo‘llashga olib kelmoqda. Bu fantastika emas.
Rossiya bosh vaziri o‘rinbosari Yuriy Borisov 21-dekabrda aytishiga ko‘ra, oltinchi avlod samolyotlari uchuvchisiz bo‘ladi va u nafaqat alohida jangovar birliklardan balkim yagona aviatsiya majmuasidan iborat bo‘ladi.
Bunday samolyotlarni yerdan yoki yonida uchib ketayotgan apparatdan turib boshqarish ham mumkin bo‘ladi. Ayni damda Rossiya Mudofaa vazirligi turli boshqaruv uslublarining samaradorligini aniqlash bilan shug‘ullanmoqda.
Ma’lumki, bunday ishlar tajriba-konstruktorlik loyihalaridan boshlab tayyor mahsulotga yetib kelganicha 5-7 yil vaqt kerak bo‘ladi. Oltinchi avlod qiruvchisini yaratish 2016-yilning bahorida boshlangan edi. O‘shanda Birlashgan aviatsiya qurilish korporatsiyasida harbiy aviatsiya bo‘limi boshlig‘i Vladimir Mixaylov dastlabki parvoz 2025ga qadar alaga oshiriladi degan edi.
Hozircha esa, uchuvchi yordamida boshqariladigan Su-57 bor. Uning eksport potensiali ulkan bo‘lsa-da, beshinchi avlod qiruvchilari dastlab Rossiya HKKga yetkazib beriladi.
“O‘z armiyamiz ehtiyojini qondirmagunimizcha, xorijga hech narsa sotmaymiz. Mudofaa vazirligidan 76ta samolyotga buyurtma olganmiz- zavodlar ishlamoqda”, - degan edi Yuriy Borisov.
Ustuvorlik sirlari
Su-57ning xususiyatlari zavod tomonidan hozircha sir saqlanmoqda. Ochiq manbaalardan ma’lum bo‘lishicha, Su-57 jangovar birligi 15ta “havo-havo”oki “havo-yer” turidagi eng yangi zarba berish vositalaridan iborat. Jumladan kemalarga zarba beruvchi "Kinjal" gipertovush raketasi ham bor.
G‘arbiy mutaxassislar xulosasiga ko‘ra, Su-57 beshinchi avlod samolyotlarining munosib vakilidir. Unda qo‘llanilgan texnologiyalar dunyodagi faqat 2-3ta davlatlarda bor. Samolyot 6-avlodga juda yaqin kelgan.
Uch vektorli tortish kuchiga ega bo‘lgan dvigatellar havoda boshqa qiruvchilar uchun imkoni bo‘lmagan manyovrlarni bajarish imkonini beradi.
Samolyot yon tomonidan joylashgan radiolokatsion stansiyalari esa nishon qidirishda yuqori avtonomlik va aniqlik beradi hamda raqib radarlari uchun ko‘rinmas bo‘lish imkonini yaratadi.
Radioelektron kurash majmuasi (REB) esa turli ko‘rinishdagi “to‘siq” yaratish, samolyotni o‘zini o‘zi yo‘naltiruvchi raketalardan himoya qilish imkonini beradi. “Gimalai” nomli REB F-22 va F-35 qiruvchilarini uzoq masofadan turib “ko‘ra” olishi va “zararsizlantirishi” mumkin.
Cu-57 havoda F-22 va F-35ga nisbatan katta ustuvorlikka ega bo‘lib, texnologik jihatdan, qurollar kuchi, uchish uzoqligi, tezligi va manyovliligi borasida F-22 va F-35 samolyotlaridan yetib bo‘lmas darajada oldinda.
Bugungi kunda ommaviy OAVlarda keltirilgan solishtiruvlar ko‘p jihatdan noto‘g‘ri. Chunki F-22 boshidan faqat “havo-havo” turkumidagi (kichik) raketalarni joylashtirish uchun qurilgan. Keyin esa uning bo‘linmalariga “havo-yer” turkumidagi raketalarni joylashtirimoqchi bo‘lishdi. Ikkinchi turkum raketalar o‘chami ancha katta bo‘lgani tufayli ularni samolyotga o‘rnatishda muammolar paydo bo‘ldi.
Natijada amerikaliklar undan ko‘ra arzonroq bo‘lgan ko‘rinmas bomba tashuvchi F-35 ni yaratishga kirishdi. Eslatib o‘tamiz, F-35 – bu tovush tezligigacha bo‘lgan tezliklarda harakatlanuvchi, “ko‘rinmas” texnologiyalari ko‘p maqsadli bombardimonchi-qiruvchi samolyotdir. Uning vazifasi raqib hududiga yashirin kirib olib, yerdagi nishonlarga zarba berish va boshqa samolyotlar harakatini koordinatsiya qilishdir.
Su-57, F-22 va F-35 samolyotlari tuzilishi turlicha bo‘lgani tufayli ularning ustuvorlik xususiyatlari ham turlichadir.
Ko‘p maqsadli Su-57 yaqin va uzoq masofali janglarda barcha, havo, yer va suvdagi nishonlarni yo‘q qilish, dushman havo himoyasini yengib o‘tish, aviatsiyani boshqarish tizimini izdan chiqarishga qaratilgan.
Yangi mashina yuqori darajali texnologik samaradorlik darajasiga ko‘tarilgan, Suriya osmonida jangovar sharoitlarda sinovdan o‘tgan. Rossiya Mudofaa vazirligi bekorga 76ta qiruvchiga buyurtma bermagan.
Shuningdek Su-57 chuqur integratsiya qilingan, yuqori dajada avtomatlashtirilgan avionika majmuasiga ega. Ya’ni ekipaj boshqaruvni to‘liq “avtopilot”ga topshirib, taktik vazifalar bilan shug‘ullanishi mumkin.
Samolyot real vaqtda yerda joylashgan boshqaruv tizimlari va aviatsiya guruhi ichida axborot almashish imkoniga ega bo‘lib, qo‘yilgan vazifani avtomatik ravishda bajarishi mumkin.
Su-57 amerikalik raqiblari F-22 va F-35ga nisbatan nishonni yoki xavfni ancha uzoq masofalarda aniqlashi va yo‘q qilishi mumkin. Bu yerda biz jangovar harakatlar olib borishda texnologiyalar va yondashuvlarning majmuaviy kurashini ko‘rmoqdamiz.