Su-57 qiruvchisiga AQSh mutaxassislarining doimiy e’tibori ularning “Suxoy”ning barcha sirlarini ochishga intilishlarini anglatadi. Amerikaning harbiy mavzularga ixtisoslashgan nashrlari Su-57 qiruvchisiga bir qator da’volari bo‘lib, ularning asosiysi jangovar ustunligidir.
Albatta, AQSh Rossiya mashinasining radiolokatsion ko‘rinmasligi borasida (go‘yo "F-22 Raptor"ga nisbatan "ko‘rinmaslik" darajasi past) va yangi avlod dvigatellari haqida ma’lumot yo‘qligi bilan bog‘liq ba’zi shubhalari bor, ammo oydan-oyga chiqib kelayotgan nashrlar asosan "hamkorlar"ni haqiqatda tashvishga solayotgan narsalarga bog‘liq.
Amerikaning The Drive nashri ma’lum qilishicha Su-57ning tayyorlanish sifati yaxshilanyapti, shu jumladan "qoplamasining panellari bardoshliligi". Va “Suxoy” korporatsiyasi tomonidan nashr etilgan seriyali qiruvchi suratlarining har bir kvadrat millimetrini tahlil qilmoqda. Alohida e’tibor burun qismi ichidagi infraqizil nishonga olish tizimiga (101KS-V), ikkilangan vertikal stabilizatorlarning old tomonidagi qirralari asosidagi takomillashtirilgan assimetrik havo yig‘uvchilariga va kompozitlardan tayyorlangan havoda yoqilg‘i quyish moslamasiga qaratilgan. Amerikaliklarning eng dahshatli qo‘rquvlari tasdig‘ini topdi: Su-57 doimiy ravishda takomillashtirilmoqda, garchi, The Drive mualliflari fikriga ko‘ra, u shundoq ham anchadan beri "havo hujumining yanada jiddiyroq va tarmoqqa kamroq bog‘liq bo‘lgan doktrinasiga moslashtirilgan imkoniyatlarning uyg‘un mujassamligidir". U "eng yuqori texnologiyali dushmanni zararsizlantirishga" qodir.
Su-57 bu uzoq va yaqin janglarda barcha turdagi havo nishonlarini yo‘q qilish, dushmanning havo mudofaasi tizimlarini yengish bilan dushmanning yer va suv sirtidagi nishonlarini yo‘q qilish, joylashtirilish bazasidan uzoq masofadagi havo maydonlarini kuzatish, dushmanning aviatsiyasini boshqarish tizimini yo‘q qilishga mo‘ljallangan beshinchi avlod ko‘p qirrali qiruvchisidir. U o‘n beshga yaqin “havo-havo” va “havo-yer sirti” eng so‘ngi aviatsion zarba berish vositalarini, shu jumladan 250 km gacha masofada zarba beradigan kemalarga qarshi raketalari va gipertovush “Kinjal” raketalarini o‘z ichiga olgan qudratli jangovar kompleksdir. Shu bilan birga, Su-57 jangovar yukining massasiga nisbati to‘rtinchi avlod mashinalariga qaraganda ancha yuqori.
Eng so‘ngi qiruvchi yuqori texnologik ustunlikka erishdi, Suriyada jangovar sharoitlarda sinovdan o‘tdi va RF Mudofaa vazirligi birinchi partiyada ikkita yoki uchta emas, balki birdaniga 76ta seriyali Su-57ga buyurtma bergani bejiz emas.
Mukammallikning cheki yo‘q
Avvalroq, The Drive Su-57 ning bir nechta texnologik xususiyatlarini, shu jumladan Amerikaning beshinchi avlod F-22 qiruvchi samolyotlari uchun dahlsiz bo‘lgan xususiyatlarni tahlil qildi.
Avvalambor, bu samolyot qanoti va korpusiga mujassamlashtirilgan X-diapazondagi N036 "Belka" faol fazali antenna panjarasi, u yanada kengroq kuzatish maydonini ta’minlaydi, uchuvchining vaziyatni anglashini oshiradi va unga taktik usullarni boshqa qiruvchi samolyotlarga qaraganda yaxshiroq bajarishga imkon beradi.
"Doppler effekti" tafsilotlarini ko‘rib o‘tirmasdan, ta’kidlab o‘tishimiz kerakki "yonbosh radiolokatsion stansiyalari" bortdagi o‘z (shuningdek o‘z ergashuvidagi samolyotlar yoki dronlar arsenalidagi) raketalari uchun maqsadli belgilash samaradorligini yo‘qotmasdan, Su-57ga nishonlarni izlashda yuqori avtonomiyaga erishishni ta’minlaydi.
Su-57 qiruvchisi uch o‘lchovli tortish vektoriga ega, u havoda aql bovar qilmaydigan manevralarni amalga oshirish imkonini beradi va bu hususiyat boshqa hech qaysi beshinchi avlod samolyotlarida yo‘q. Agar uzoq yoki yaqin janglarda qurol aslaha to‘liq tugab qolsa, “Suxoy”ning tezligi va manevrliligi jangda omon qolishning ishonchli kafolati bo‘lib qoladi.
Su-57 ning mustahkamlangan shassisi, katta shinalari va loy to‘siqlariga ega bo‘lgan "yo‘l tanlamaslik" xususiyatlari ham hurmatga sazovor. Beshinchi avloddagi bunday qiruvchi "supuruvchilar armiyasi"ni talab qilmasdan keng operativ (qoplamasiz) aerodrom tarmog‘idan foydalanishga qodir. Su-57ning yordamchi kuchlanish uskunasi joylashuvning yuqori avtonomligini, yer sirtidagi ishlov berish paytida yoqilg‘ining kam sarflanishini, asosiy dvigatellarning resursini tejalishini ta’minlaydi.
Amerikaning yanada zaifroq va injiqroq F-22 va F-35 samolyotlaridan foydalanish uchun Ruminiya, Polsha va Boltiqbo‘yi davlatlarida (juda qimmat) “zamonaviy” aerodromlar qurilishi kerak (qoplamasiz sirt ular uchun o‘lim kabi).
Qoyilmaqom “Gimalai” radioelektron kurash majmuasi ham "hamkorlar" uchun texnologik tahqirlashdir, u ehtimoliy dushmanning beshinchi avlod qiruvchilarini to‘rtinchi avlod samolyotlariga aylantirish mumkin, ya’ni F-35 va F-22larni ko‘rinadigan qilib, so‘ngra ularni "qurolsizlantirish" qobiliyatiga ega.
Mujassamlashtirilgan radioelektron kurash tizimi Su-57 fuzelyaji va qanotlariga shunday taqsimlanganki, u har qanday burchak va proyeksiyadan elektron to‘siqlar qo‘yib samolyotni kallachasi o‘zi nishonga oluvchi raketalardan himoya qilish imkonini beradi.
"Gimalai" amal qilishi masofasi ehtimoliy dushmanning “havo-havo” raketalarini ishlatish radiusidan oshadi. Ehtimol, xuddi shu radioelektron kurash tizimi, Rossiyaning Su-57 samolyoti boshqaruvchi sifatida tayinlangan eng so‘ngi rusumdagi "Oxotnik" pilotsiz uchuvchi apparatga ham o‘rnatiladi.
Evolyutsiya va revolyutsiya
Amerikaning Military Watch Magazinenashri 18-avgust kuni: "Rossiya Su-57ning yangi texnologiyalaridan Tu-22M3M taktik bombardimonchilarini takomillashtirish uchun foydalanmoqda".
Ta’kidlanishicha, Su-57 platformasi "turli xil datchiklar to‘plamidan tortib, radioelektron kurash va lazer himoyasi tizimlarigacha ko‘plab yangi texnologiyalarni birlashtiradi", ular boshqa jangovar samolyotlarning sinflariga mujassamlashtirilishi mumkin va, hususan Tu-22M3M raketa tashuvchi-bombardimonchisini imkoniyatlarning yangi darajasiga olib chiqadi. Rossiya Havo-kosmik kuchlari tarkibida ushbu turdagi 70ga yaqin mashina mavjud bo‘lib, ularning modernizatsiyasi va 1000 kmgacha masofaga uchadigan yangi X-32 qanotli raketalari bilan jihozlash ishlari davom etmoqda.
Integratsiya nutqning shakli emas. Tu-22M3M modernizatsiyasida allaqachon Su-57ning ma’lumotlarni uzatishning tezligi va energiya samaradorligi yuqori bo‘lgan aloqa platformasidan foydalanilmoqda. Tizimning ochiq konfiguratsiyasi texnik funksionalni, shu jumladan dasturiy ta’minotni yangilash orqali tezkor ravishda kengaytirishga imkon beradi. Parvoz sinovlari yuqori ekspluatatsion xususiyatlarni namoyish etdi va endi yangi tizim T-160M2 strategik bombardimonchiga ham integratsiyalanadi.
Shunday qilib, boshqaruvning yuqori darajadagi avtomatizatsiyasiga va ekipajni intellektual qo‘llab-quvvatlashiga ega, chuqur integratsiyalashgan avionikaning yangi majmuasi bilan jihozlangan Su-57 o‘zining katta "aka"larining texnologik o‘sishiga zamin yaratadi.
Avvalroq, Military Watch saytida 2020-yil iyun oyida Su-57ni 4++ avlodidagi Su-35 qiruvchilarining (Rossiya Havo-kosmik kuchlari tarkibida 2014-yildan xizmatda) boshqaruv markazi sifatida sinovlari haqida ma’lumot paydo bo‘ldi.
Tajriba "haqiqiy jangovar sharoitda" amalga oshirildi va Su-57 Su-35 bilan sinergetik jangovar samaradorlikni sezilarli darajada oshirib, yaxlit axborot makonida ishlashga qodirligini isbotladi. Ta’kidlash joizki, Pentagon va NATOning "tarmoqlarida" bunday aloqa mavjud emas.
Havoda ustunlik xalqaro qurol bozorida ham dividendlar berishi juda yaxshi. Military Watch qayd etishicha: "Su-57 va Su-35 ning birgalikda harakat qilish imkoniyatlarining kengayishi nafaqat ularning jangovar salohiyatini oshiradi, balki yangi qiruvchini Su-35 va Su-30SM eksportchilari uchun yanada jozibador qiladi".
Amerikaliklar hozircha beshinchi avlod Su-57 qiruvchisining asosiy va strategik ustunligini muhokama qilishmayapti, ammo xitoylik mutaxassislar allaqachon jangovar boshqaruv tizimiga mujassamlashtirilgan istiqbolli sun’iy intellektni payqashdi. O‘ylashimcha, bu harbiy jabhada haqiqiy inqilobdir: Rossiyaning Su-57si vazifalarning 90 foizini avtomatik rejimda bajarishga qodir va hatto oldindan tayyorlangan dastur bo‘yicha to‘liq avtomatik ravishda ishlashga ham. Agar uchuvchi jangda yaralansa yoki halok bo‘lsa, boshqaruv tizimi mustaqil ravishda asosiy va ikkilamchi maqsadlarni aniqlab, yo‘nalishni belgilab, zarbani beradi va samolyotni bazaga qaytaradi.
Biz Su-35 qiruvchilari bilan birgalikda harakat qilish imkoniyatini yuqorida aytib o‘tgan edik, ammo Su-57ning sun’iy intellekti, o‘z "aqli" va olti tonnadan ortiq bomba va raketalarni 5000 kilometrgacha masofaga tashish qobiliyatiga ega bo‘lgan S-70 "Oxotnik" og‘ir hujum droni bilan birgalikda ishlashi ham mumkin. Gipotetik jang maydonida bunday qudratli va dushman uchun texnologik jihatdan oldindan aytib bo‘lmaydigan mashinalar, F-22 Raptor kabi "qariya"larga hech qanday imkoniyat qoldirmaydi.
Ayni paytda, Rossiyaning “MiG” va “Suxoy” firmalari (integratsiyada) oltinchi avlod qiruvchi samolyotlarini ishlab chiqmoqdalar.