TOSHKENT, 5 avg - Sputnik. Rossiyaning 5-chi avlod Su-57 qiruvchi samolyoti barcha turdagi havo, yer va suv ustidagi nishonlarni yoʻq qilishga moʻljallangan boʻlib, soʻnggi rusumdagi oynalar bilan jihozlangan. Bu haqda RIA Novosti'ga "ONPP Texnologiya" ishlab chiqaruvchi kompaniyaning bosh direktori Andrey Silkin.
"Ekipaj elektromagnit, ultrabinafsha va infraqizil nurlanish taʼsiridan, shuningdek yadroviy portlashdan kelib chiqadigan nurlanishdan himoyasi taʼminlangan", - deb tushuntirdi mutaxassis.
Bundan tashqari, Silkinning soʻzlariga koʻra, yangi materiallar tufayli kabinaning radiolokatsion koʻrinmasligiga erishildi. Mashinaning ogʻirligi ikki baravar kamaytirilgan boʻlganiga qaramay, oyna sirtining zarbaga chidamliligi ham ortdi.
Agentlikning aniqlashicha, "Rossiya-2019" forumida Rossiya Havo-kosmik kuchlariga 76 dona Su-57 qiruvchi samolyotlarini yetkazib berish boʻyicha shartnoma imzolangan. Hozirda ushbu samolyot sinovlari oʻtkazilmoqda, uning davomida tizimlarning ishlashi, shuningdek, ikkinchi bosqich dvigatelining ish rejimlari sinovdan oʻtkazilmoqda.
Iyul oxirida Sputnik radiosi Su-27 AQShning razvedka samolyotini Qora dengiz ustida toʻxtatib qolganini maʼlum qildi.