TOShKENT, 30 avg – Sputnik. Moskva va Anqara Su-57 qiruvchilarini yetkazib berish bo‘yicha muzokara olib bormoqda, bu haqda Turkiya prezidenti Rajab Tayyip Erdo‘g‘on ma’lum qildi.
“Muzokaralar olib borilmoqda, ular davom etadi. Vazirlik vakillari MAKS-2019 dan keyin Rossiyada qolib ishlashmoqda. Biz muzokaralar stoliga kredit va birgalikda ishlab chiqarish bo‘yicha shartlarni qo‘ygan holda harakat qilamiz”, - dedi Turkiya prezidenti.
Agar Vashington F-35 qiruvchilarni Turkiyaga yetkazib berish bo‘yicha pozitsiyasini o‘zgartirmasa, Anqara “bu vaziyatdan chiqish yo‘linii qidiradi” deb qo‘shimcha qildi Erdo‘g‘on.
O‘tgan seshanba kuni Rossiya va Turkiya prezidentlari MAKS-2019 xalqaro aviasalonga tashrif buyurdi. Erdo‘g‘onda Su-35 va Su-57 samolyotlari katta qiziqish uyg‘otdi.
Erdo‘g‘on Vladimir Putindan “bu samolyot uchadimi, uni sotib olish mumkinmi?” deb so‘radi. Rossiya prezidenti esa “Ha, sotib olishingiz mumkin” deb javob qaytardi.
Anqaraning Rossiyaning S-400 zenit-raketa tizimini sotib olishi Turkiya va AQSh o‘rtasida janjalni keltirib chiqardi. Vashington kelishuvdan voz kechishni va evaziga Patriot komplekslarini sotib olishni talab qildi. Aks holda, Qo‘shma Shtatlar Anqaraning so‘nggi F-35 qiruvchi samolyotlarini sotishni kechiktirish yoki hatto bekor qilish mumkinligini istisno qilmadi.
Iyul oyi oxirida Donald Tramp Anqara Rossiyaning havo mudofaa tizimini sotib olishda ayblamasligi, ammo unga mo‘ljallangan F-35 qiruvchi samolyotlari boshqa mamlakatlarga sotilishi mumkinligini aytdi.
Turkiyaning F-35 dasturidagi ishtirokini to‘xtatdi.