AQSh "slansevik"larini neft gigantlari qutqarmoqda. Gigantlarni o‘zi cho‘kib ketmasaydi

AQShda neft qazib olishning hozirgi holati va prognozlar - kuzatuvlar uchun dolzarb mavzudir. Axir uning kattagina qismi, jahon neft bozorining qayishqoq posangisi sanaladi
Sputnik

Aleksandr Sobko

AQSh Energetika vazirligining haftalik hisobotlarida e’lon qilingan umumiy kartina tushunarli: uch oy ichida juda keskin tushish yuz berdi - mart oyining eng yuqori cho‘qqisi - kuniga 13 million barreldan sutkasiga 10,5 million (ya’ni 20 foizga)cha. Keyinchalik, ushbu qiymat atrofida shu jumladan, bo‘ronli mavsum bilan bog‘liq bo‘lgan (plyus-minus yarim million barrelga teng) sezilarli tebranishlar yuz bera boshladi, - axir, bu nafaqat slanes yoki quruqlikdagi boshqa qazib olish, balki Meksika ko‘rfazidagi dengizdagi qazib olishni hisobga olgan umumiy statistikadir. 

Pulsiz qolishdi: slanes neftiga investitsiyalar minimumgacha quladi

So‘nggi raqamlarga ko‘ra, AQShda ishlab chiqarishning umumiy hajmi sutkasiga o‘n million barreldan ham pastlagan, ammo takrorlab o‘tish joizki - haftalik ma’lumotlar ko‘pincha tuzatiladi, shu bois, ular umumiy tendensiyani ko‘rsatayotgani ehtimolga yaqin.

Endichi, nima bo‘ladi? Ishlab chiqarishning an’anaviy yetakchi ko‘rsatkichi - bu ishlaydigan burg‘ilash dastgohlari soni hisoblanadi. Bu yerda ham mart voqealaridan so‘ng tez pasayishni ko‘rdik, mart oyida mahalliy hududlarda o‘z avj nuqtasida 682 dastgoh ishlagan bo‘lsa, avgustda ular soni o‘zining eng minimum ko‘rsatkichi - 172 taga yetgan, shundan so‘ng garchi sust bo‘lsada, o‘zini tiklash yuz bergan va dastgohlar soni ayni vaqtda 205tani tashkil etmoqda. Burg‘ilash uskunalari uch karra qisqardi, qazib olish esa 20 %ga pastladi - raqamlarda ziddiyat yo‘q: birinchidan, qazib olinayotgan neftning hammasi ham slanes emas, ikkinchidan esa, inersiya (harakatsizlik) mavjud.

Neft qachon tugashi ma’lum bo‘ldi

Qazib olish ishlariga ta’sir ko‘rsatadigan muhim omil - bu allaqachon burg‘ilangan, ammo ularda qatlam gidroyoriq o‘tkazilmagan tugallanmagan deb atalmish quduqlardir. Ularning soni 7,7 mingtaga yetgan - bu o‘ta jiddiy hajm (ishlayotgan 200 dona burg‘ulash moslamalari bilan taqqoslaganda), agar ularda gidroyoriq amalga oshirilsa, hatto yangi burg‘ulashlarning o‘ta past ko‘rsatkichida ham qazib olish ishlarini uzoq vaqt ushlab turishi mumkin.

So‘nggi bir yil davomida tugallanmagan quduqlar hajmi sezilarli darajada o‘zgarmadi, ya’ni bunday quduqlarning ishga tushirilishi avvalroq burg‘ilash qurilmalari sonining qisqa muddatga bir necha karra pasayishi fonida ishlab chiqarishni ushlab turdi, deya aytib bo‘lmaydi. Endi tugallanmagan quduqlar soni bir oz ozayishni boshladi va eng muhimi, Amerika Energetika vazirligi o‘zining so‘nggi prognozida to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishora qilmoqda: endi ular oz sonli ishlaydigan burg‘ilash qurilmalari fonida ishlab chiqarishni qo‘llab-quvvatlash uchun zaxira hosil qiladi. Aytgancha, noyabr oyi uchun ushbu sharh AQShda slanesli neft qazib olishning yangi pasayishini nazarda tutadi.

Jahon neft bozorida vaziyat qanday?

Bir so‘z bilan aytganda, odatdagidek, slanes masalalarida bo‘lgani singari, juda ko‘p noaniqliklar mavjud, buning natijasida esa, obro‘li tashkilotlar ulkan miqdordagi prognozlarning tarqoqligini namoyon etmoqda: 2021-yil o‘rtalariga kelib umumiy ishlab chiqarish hajmining 11,5-12 milliongacha ortishidan tortib, kuniga o‘n million barrelgacha (haftalik statistik ma’lumotlarga ko‘ra, u allaqachon sodir bo‘lgan) tushishigacha.

Shu bilan birga, bu prognozlar ustidan slanes kompaniyalarining ma’lum moliyaviy muammolari osilib turmoqda. Ha, pulni tejash maqsadida burg‘ulash hajmlari qisqartirilmoqda, ammo bu ishlab chiqarish pasayishi anglatadi, demakki qarzga xizmat ko‘rsatish uchun pul oqimi pasayadi. Kichik kompaniyalar bankrotliklari allaqachon boshlangan - va davom etmoqda.

“Neft asri tugayapti”: ekspertlar neft bozorini yana shokka tushirmoqda

Inqirozgacha bo‘lgan davrda Amerikaning ikkita eng yirik neft-gaz gigantlari - ExxonMobil va Chevron slanes ishlab chiqarishga sarmoya kiritgan va hatto, mazmunan olganda, o‘zaro maxfiy raqobatni uyushtirishgan edi. Natijada, agar biror narsa yuz bergudek bo‘lsa, slanes qazib oluvchilar qarzlari yoki hatto bankrotligini yirik kompaniyalar sotib oladi, degan fikr shakllandi.

Qisman shunday bo‘lmoqda ham. Shu kunlarda ConocoPhillips slanes qazib oluvchi Concho Resources'ni 9,7 milliardga xarid qilishini ma’lum qildi. Shu tariqa, amerika neft gigantlarining yana biri bir vaqtning o‘zida yirik slanes ishlab chiqaruvchisiga aylanmoqda.

Ammo, bu yerda qizig‘i, xarid pul shaklida emas, balki aksiyalar bilan o‘zaro almashuv tarzida amalga oshirildi.

Xuddi shunga o‘xshash voqea oktabr oyi boshida ham yuz bergan edi, bunda Chevron kompaniyasi Noble Energyni sotib olgan (bu esa, nafaqat slanes, balki hozirda o‘ta faol muhokamada bo‘lgan Sharqiy O‘rtayer dengizi hududidagi dengizda gaz qazib olish hamdir).

Qudratli neft davlati ustida qora bulutlar quyuqlashmoqda

O‘z navbatida o‘rta hajmdagi Devon Energy kompaniyasi WPX Energyni xarid qildi, Pioneer Natural Resources esa Parsley Energyni yutib yuborishni muhokama qilmoqda. Yana bir nechta slanes ishlab chiqaruvchilari muvaffaqiyatli raqiblar yoki ularga nisbatan ancha yirik kompaniyalar tomonidan xarid qilishga yoki yutib yuborilishga nomzod sifatida ko‘rib chiqilmoqda.

Ya’ni ushbu sektorda birlashuv yoki yutib yuborilish holatlari ancha ochiq tus oldi. Kompaniyalar ko‘lamlar, qazib olish ishlarida yaqin joylashgan hududlarning birlashuvi va hokazolarda iqtisod qilish orqali yutishni umid qilishmoqda. Ayniqsa, yirik "meyjorlar" tomonidan amalga oshiriladigan bu singari yutib yuborishlar, tabiiyki qarz yuki muammosini ikkinchi planga surishga imkon beradi. Boz ustiga, yirik kompaniyalar mavjud qarzni bozor shartlari asosida yangi qarz majburiyatiga o‘tishda sezilarli darajada arzon kreditlanishi mumkin.

Bir so‘z bilan aytganda, hammasi yil boshida taxmin qilingani singari ro‘y bermoqda - Transmilliy kompaniyalar tomonidan yutib yuborilishi natijasida sohani saqlab qolishmoqchi, pandemiya esa bu jarayonlarning barchasini tezlashtirdi, xolos. Biroq, neft sohasidagi inqiroz yana bir natijaga olib keldi: slanes ishlab chiqaruvchilarni yutayotgan kompaniyalarning moliyaviy barqarorligi ancha pasaydi, demak, muammoli kompaniyalarni oqibatlarsiz "hazm qilish" qiyinroq bo‘ladi.

Rossiya, Eron va Turkiya Suriya neftining noqonuniy bosib olinishini ma’qullamaydi

Buning yorqin misoli tariqasida ExxonMobilni keltirish mumkin. Yil boshida kompaniyaning aksiyalar kotirovkalari hozirgi vaqtga nisbatan ikki baravar yuqori edi, shu bilan birga u aksariyat yevropalik hamkasblardan farqli o‘laroq, choraklik dividendlarni pasaytirmadi.

Hozirda choraklik dividendlar amaldagi kotirovkalarga (yillik qiymatlarga o‘girilganda) nisbatan ulkan - yillik o‘n foiz stavkalarni tashkil qilmoqda, yil boshida u mos ravishda ikki baravar past edi. Shunisi aniq-ki, bir xil miqdordagi dividendlar sharoitida kotirovkalarning ikki baravar pasayishi bir narsani anglatadi - oshgan xatarlar va kelajakda kompaniya to‘lovlarni va umuman moliyaviy barqarorlikni bir xil darajada ushlab tura olmaslik bo‘yicha xavflar mavjudligini. Xuddi shunday holat boshqa yirik kompaniyalar uchun ham kuzatilmoqda.

Slanesning qulashi yoki neft qazib olishda AQSh antirekordi

Shunisi, qiziqki, inqiroz boshida aynan ExxonMobil ishlab chiqarishni birlashtirgan holda qisqartirilishiga qarshi bo‘lgan edi (shu paytda u AQSh uchun ham muhokama etilgan), bu ayrim kuzatuvchilar tomonidan neft narxlarining tushishi to‘lqinida arzonlashib ketgan slanes ishlab chiqaruvchilarini tannarxidan past baholarda sotib olish istagi sifatida talqin qilingan edi. Ammo natijada, kompaniya juda og‘ir va qo‘shimcha xaridlarsiz sharoitda. Umuman olganda, uni rad etib ham bo‘lmaydi, axir eng yaqin raqiblari inqiroz davrida slanesli neft segmentini sezilarli darajada kuchaytirib olishdi. Chevron "Noble Energy"ni yutib yuborgach, AQShda slanes neftini ishlab chiqarish hajmi bo‘yicha ikkinchi o‘ringa chiqdi.

Mazmunan olganda, yirik transmilliy kompaniyalar o‘z ko‘lami va moliyaviy barqarorligidan foydalanib, slanes neftini ishlab-chiqarish segmentini tortib ketishni istagan edi — bu masala kun tartibidan tushgan ham emas, ammo tobora murakkablashib bormoqda. Demakki, moliyaviy intizom masalalari yana old planga chiqmoqda, va bunda biz yaqinda slanes sektorida ko‘rganimiz singari - o‘sish uchun o‘sishni kutish yaramaydi.

OPEK va Rossiya Amerika slanes nefti oyog‘i ostiga "bomba qo‘ydi"

Qo‘shimcha qilish lozimki, "Yashil kun tartibi" ham barcha neft-gaz kompaniyalariga, shu jumladan, eng yiriklariga ham, bosimni yaratdi. Banklar neft qazib oluvchilarni hech qanday stavka evaziga ham qarz bermasliklari (bu sal avval ba’zi banklar tomonidan ko‘mir sektori sohasiga nisbatan kuzatilgandi), haqida gapirishga hali ancha erta, ammo "iqlimga doir kun tartibi" slanes qazib oluvchilarini xarid qilinishi holati bilan birgalikda sohadagi eng yirik kompaniyalar uchun ham yangi qarzlar narxini oshirsa ajablanmasa ham bo‘ladi.

Xulosa. Slanes nefti sanoati "kollapsi", ya’ni qulashi kutish kerak emas, ammo slanes konlarining yangi egalari moliyaviy intizomga qat’iy rioya qilishlari va sarmoyalar rentabelligiga yanada mas’uliyatli munosabatda bo‘lishadi, deya taxmin qilish mumkin. Sektordagi birlashuv ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirishga va shu bilan hech bo‘lmaganda ishlab chiqarish hajmini hozirgi darajada ushlab turishga yordam beradimi yoki yo‘q, vaqt ko‘rsatadi.