Slanesning qulashi yoki neft qazib olishda AQSh antirekordi

Obuna bo‘lish
2019 yilda amerikaliklar neft qazib olish bo‘yicha Rossiya va Saudiya Arabistonini ortda qoldirib 70-yil ichida birinchi marta qora oltin eksportchisiga aylangan edi.

TOShKENT, 18-iyun - Sputnik. AQShda slanes nefti qazib olish rekord darajadagi qulashi arafasida, deb yozadi RIA Novosti muallifi Natalya Dembinskaya.

Gaz va neft burg‘ulash uskunalari soni minimal darajaga tushdi, ishlab chiqarish barqaror pasaymoqda. Kompaniyalar ommaviy ravishda bankrotlikka ariza berib, ishini to‘xtatib qo‘yishmoqda. Iyun oyida yana bir yirik slanes ishlab chiqaruvchi Extraction Oil & Gas neft narxlari qulashi qurboni bo‘ldi. Prognozlarga ko‘ra, shu yilning o‘zida yuzdan ortiq firma bankrotlikka yuz tutadi. Tahlilchilar agar neft narxi inqirozdan oldingi darajaga qaytmasa, slanes sanoatining qulashini ham kutmoqdalar.

Qazib olishning pasayishi

2019 yilda amerikaliklar neft qazib olishda Rossiya va Saudiya Arabistonini ortda qoldirib yetakchi bo‘lishdi - slanes nefti yordam berdi. AQSh 70-yil ichida birinchi marta qora oltinni netto-eksportchisiga aylandi.

Dobicha nefti v SShA - Sputnik O‘zbekiston
OPEK va Rossiya Amerika slanes nefti oyog‘i ostiga "bomba qo‘ydi"

“Neft sanoati kutilmagan hodisalarni keltirishi mumkin - Slanes inqilobi neft narxlari, ishlab chiqarish va savdo oqimlarini boshdan oyoq to‘ntarib tashladi”, - degan o‘sha paytdagi prezident kichik Djorj Bushning energetika bo‘yicha sobiq maslahatchisi va Rapidan Energy konsalting kompaniyasining rahbari Bob MakNelli.

Muammolar 2021-yilda paydo bo‘ladi deb taxmin qilingan, ammo koronavirus pandemiyasi zarba berdi. Energiya tashuvchilarga talab pasayib, neft narxlari quladi. Birinchi navbatda qarzlarga botgan va invesitsiyalar tanqisligini boshdan kechirayotgan slanes ishlab chiqaruvchilari zarar ko‘rdi. Aynan ular Rossiya va Saudiya Arabistoni o‘rtasidagi narx urushining asosiy qurbonlari bo‘ldi. Vashingtonning fikricha, Amerika ishlab chiqaruvchilarini siqib chiqarish uchun bozorni qulatgan Moskvadir.

AQShda ishlab chiqarish bir necha oy davomida kuniga eng yuqori 13,1 dan 11,1 million barrelgacha tushib ketdi. AQShning Energetikaga oid ma’lumot ma’muriyati (EIA) iyun oyidagi hisobotida yanada pasayishni tahmin qilmoqda. EIA prognoziga ko‘ra, may oyida AQShdagi eng samarali yettita slanesli havzada - Perm, Igl-Ford, Bakken, Niobrom, Anadarks, Appalachi va Xaynesvillda neft qazib olish kuniga 7,632 million barrelgacha tushadi. Xususan, slanes ishlab chiqarishning yarmidan ko‘pini tashkil etadigan Perm havzasida 4,5 milliongacha, Igl-Fordda 1,3 milliongacha.

Yil oxiriga kelib, global neft yetkazishni qisqarishiga eng katta hissa qo‘shadigani AQSh bo‘ladi, deyiladi EIA hisobotida.

Bankrotliklar to‘lqini

Haynes & Boone ma’lumotlariga ko‘ra, yanvar boshidan jami qarzdorligi 25,2 milliard dollarni tashkil etuvchi 36 neft va gaz kompaniyalari bankrotlik bo‘yicha harakatlarini boshladilar. Ular orasida eng yirik slanes ishlab chiqaruvchilardan biri Whiting Petroleum, shuningdek California Resources va slanes sanoatining birinchilaridan Chesapeake Energy.

Burovaya ustanovka v mestorojdenii slansevogo gaza v shtate Pensilvaniya - Sputnik O‘zbekiston
"Ulkan azob-uqubatlar": Slanes sanoati erkin qulashda

“Ishlab chiqarishining eng cho‘qqisida Chesapeake Exxon-dan tashqari hammadan ko‘proq Amerika gazini tortib chiqargan va uning bozor qiymati 38 milliard dollarga yetgan. Shesapeake slanes ishlab chiqarishning o‘ziga xos modelini yaratdi”, - deya ta’kidlaydi Bloomberg.

Iyun oyida yana bir yirik slanes ishlab chiqaruvchisi Extraction Oil & Gas, qarz bo‘yicha foizlarni o‘z vaqtida to‘lay olmaganligi sababli, bankrotlik harakatini boshlash uchun sudga murojaat qildi.

“Barcha mumkin bo‘lgan variantlarni o‘rganib chiqqach, biz 11-moddaga muvofiq asosiy kreditorlarimiz ko‘magida ixtiyoriy bankrotlik e’lon qilishimiz vaziyatdan chiqishning eng yaxshi usuli degan xulosaga keldik”, - dedi Mett Ouens, bosh direktor.

Financial Times ta’kildashicha, Extraction vaziyati pul oqimi pasayib, banklar kredit liniyalarini qisqartirganda yanada yomonlashdi. May oyida investorlar faoliyat to‘xtatilishi mumkinligi haqida ogohlantirildi.

Rystad Energy tahlilchilarining fikriga ko‘ra, AQShning 140 ga yaqin neft va gaz kompaniyalari shu yilning o‘zida bankrotlikka ariza berishadi. AQShda slanes qazib olinishi kuniga besh million barreldan pastga tushib ketishi mumkin. ShaleProfile Analytics bashorati bo‘yicha, natijada AQSh slanes sanoati uchdan bir qismi yo‘q bo‘lib ketishi mumkin.

Pandemiya sabab talab pasayishi sharoitida avvalgi ishlab chiqarish hajmiga qaytishning iloji yo‘q. “Ehtimol, slanes sanoati yana shu darajaga ko‘tarilishiga yana yillar talab etilar, agar bu qachondir ro‘y bersa albatta”, - ta’kidlaydi The Wall Street Journal.

OPEK slanes nefti qazib olishning “oltin davri” tugashini taxmin qilmoqda - Bloomberg

Dallas Federal zaxira banki (FRB) tadqiqotiga ko‘ra, hatto G‘arbiy Texasdagi nisbatan arzon Permian slanes havzasida rentabellik chiqishi uchun neftning narxi bir barrel uchun o‘rtacha 49 dollar bo‘lishi kerak. Federal zaxira bankining ma’lumotlariga ko‘ra, yil davomida narx 40 dollarda tursa ishlab chiqaruvchilarning atigi 15 foizi omon qolishi mumkin.

Ammo slanesni saqlab qolishiga qodir narxning ko‘tarilishi kutilmayapti. EIA prognoziga ko‘ra, 2020-yilda Brent-ning o‘rtacha narxi 34,13 va 2021-yilda 45,62 dollarni tashkil etadi, G‘arbiy Texasning WTI navi - bu yil 30,10 dollar bo‘lishi, keyingi yilda esa 43,31 dollarda kutilmoqda.

Agar neft narxi COVID-19 pandemiyasigacha bo‘lgan darajaga ko‘tarilmasa, AQSh slanes sanoati qulashi muqarrar, deb ogohlantiradi Avstraliyaning “Iqtisodiyot va jahon instituti” tahlil markazi.

Yangiliklar lentasi
0