Ramzan Qodirov Makron bo‘yicha pozitsiyasi tufayli lavozimdan ketishga tayyorligini aytdi

O‘zining yangi postida Qodirov Makronga siyosatchi tariqasida emas, e’tiqodli musulmon sifatida murojaat qilganini va shunday qilishga haqliman, deb o‘ylashini bildirgan.
Sputnik

TOShKENT, 29 okt — Sputnik. Checheniston respublikasi rahbari Ramzan Qodirov Telegram kanali orqali Fransiya prezidenti Emmanuel Makronga qilgan murojaatiga izoh berdi va ushbu masalada pozitsiyasi tufayli egallab turgan lavozimini tark etishga tayyorligini bildirdi.

Checheniston muftiysi Makronni barcha musulmonlarni dushmaniga chiqardi — gap nimada o‘zi?

Seshanba kuni Qodirov Fransiya yetakchisining Parij Muhammad payg‘ambarga chizilgan karikaturalar chop etilishini qo‘llab-quvvatlashda davom etishi haqida aytilgan so‘zlarini qoralagan edi. Qodirovni fikricha, Makron fitnalarni qo‘llab-quvvatlamoqda va bu bilan "musulmonlarni jinoyatlar sodir etishga" gij-gijlamoqda. Checheniston rahbari Fransiya prezidentini "kech bo‘lmasidan, e’tiqodga nisbatan fitna va hujumlarni to‘xtatishga" chaqirdi. Ertasi kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putinning matbuot-kotibi Qodirovning ushbu so‘zlariga izoh berdi.

Peskovning ta’kidiga ko‘ra, regionlar rahbarlari tashqi siyosat bilan shug‘ullanishmaydi va ushbu masalalarda davlat rahbari liniyasiga qarab ish tutish lozim.

O‘zining yangi postida Qodirov Makronga siyosatchi tariqasida emas, e’tiqodli musulmon sifatida murojaat qilganini "va shunday qilishga haqliman", deb o‘ylashini bildirgan.

Erdog‘an Makronni “ma’rifatli islom” g‘oyasi uchun qoraladi

"Hozir esa, yana musulmon sifatida Makronga nisbatan oldinroq aytilgan so‘zlarimni takrorlayman va bu narsani yana ming marta amalga oshirishga tayyorman. <…> Bu pozitsiya uchun, agar kerak bo‘lsa, men lavozimni tark etishga, jabrlanishga yoki jon fido qilishga tayyorman! Ammo dahriylar qay tarzda dinni mazax qilishayotganini jim turib kuzata olmayman, men bunday qilolmayman va qilmoqchi ham emasman!" — deb ta’kidlagan Checheniston rahbari.

Makronning chiqishi

Oktabr oyida Makron mamlakatdagi diniy separatizmga qarshi kurash mavzusida chiqish qila turib, respublika qadriyatlarini mustahkamlashga qaratilgan qonun loyihasi 9-dekabrda taqdim etilishi va uni qabul qilishga tayyorgarlik ko‘rilayotgani haqida xabar bergan edi. Davlat rahbari "Fransiyadagi islomni chet el ta’siridan ozod qilish" hamda masjidlarning moliyalashtirilishi ustidan nazoratni kuchaytirish zarurligi haqida aytgandi. Makronning bunday chiqishiga o‘z darslarida Muhammad payg‘ambarga chizilgan karikaturalarni namoyish qilgan tarix o‘qituvchisi - Semuel Patining vahshiylarcha o‘ldirilib ketilishi sabab bo‘ldi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi ijtimoiy tarmoqlardagi bahs yuzasidan munosabat bildirdi

Sal oldin, Fransiya prezidenti, Charlie Hebdo satira jurnalida sentabr boshida Muhammad payg‘ambarga chizilgan karikaturalarga izoh berar ekan, mamlakatda shakkoklik qilish erkinligi mavjudligini alohida ta’kidlagan edi. Tarix muallimi Samuel Pati qotilligidan so‘ng Makron Fransiyada karikaturalar chop etilishidan voz kechilmasligini ma’lum qildi.

Dushanba kuni Checheniston muftiysi Saloh-Xoji Majiyev Fransiya rahbari Emmanuel Makronning harakatlarini islomga nisbatan aniqlilik bilan rejalashtirilgan hujum deya atab, bu yana insoniy qurbonlarga olib kelishi mumkinligini qo‘shimcha qilgan edi. Din arbobi fransiya yetakchisini barcha musulmonlar dushmani, deb atab, uni millatlararo va dinlararo nifoqni avj oldirishda aybsitgan edi.

Parij musulmon davlatlaridan fransuz tovarlari boykotini to‘xtatishni talab qildi

Rossiya Musulmonlar diniy boshqarmasi raisining birinchi o‘rinbosari Damir Muxetdinov rasmiy Parijni tuturiqsizlikda aybladi. Uning aytishicha, fransuz jamiyati "qoralar, ayollar huquqi, LGBT-jamiyati holati va boshqa ozchilik" huquqlari uchun kurashib turib, milliardlab odamlarga tegadigan karikaturalarni haqorat, deya tan olmayapti. Uning taxminicha, Makron islom va musulmonlar bahonasida fransuz jamiyati e’tiborini "sariq nimchalar" protestlaridan chalg‘itishga urinmoqda.

Rossiya musulmonlar diniy yig‘ini raisi muftiy Albir Krganov Makronning Muhammad payg‘ambarga chizilgan karikaturalardan voz kechmasligi qarorini ushbu harakatdan g‘azabi qaynayotgan "butun islom dunyosiga nisbatan fitna", deb atadi. Din arbobi payg‘ambarga bo‘lgan muhabbat musulmon dini asosi ekanligini ta’kidlab o‘tdi. Bundan tashqari, Krganov musulmonlar o‘qituvchi qotilini qoralashayotgani, nega deganda insonni majburan hayotdan mahrum etish islomga zidligini qayd etdi.