https://oz.sputniknews.uz/20201020/Erdoan-Makronni-marifatli-islom-oyasi-uchun-oraladi-15222242.html
Erdog‘an Makronni “ma’rifatli islom” g‘oyasi uchun qoraladi
Erdog‘an Makronni “ma’rifatli islom” g‘oyasi uchun qoraladi
Sputnik O‘zbekiston
Turkiya prezidentining so‘zlariga ko‘ra, so‘nggi paytlarda “fransuz islomi”, “Yevropa islomi”, “Avstriya islomi” kabi tushunchalar paydo bo‘lmoqda. 20.10.2020, Sputnik O‘zbekiston
2020-10-20T17:59+0500
2020-10-20T17:59+0500
2021-04-01T17:19+0500
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1358/82/13588248_0:64:3072:1792_1920x0_80_0_0_0c5dd0e0ff9fa0d91470cd6d5b662f19.jpg
turkiya
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2020
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1358/82/13588248_341:0:3072:2048_1920x0_80_0_0_8b1610e9e261c523c08c458c1cd090c4.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
dunyoda, turkiya, rejep tayyip erdog‘an, emmanuel makron
dunyoda, turkiya, rejep tayyip erdog‘an, emmanuel makron
Erdog‘an Makronni “ma’rifatli islom” g‘oyasi uchun qoraladi
17:59 20.10.2020 (yangilandi: 17:19 01.04.2021) Turkiya prezidentining so‘zlariga ko‘ra, so‘nggi paytlarda “fransuz islomi”, “Yevropa islomi”, “Avstriya islomi” kabi tushunchalar paydo bo‘lmoqda.
TOShKENT, 20 okt — Sputnik. Turkiya prezidenti Rajab Tayyib Erdog‘an fransiyalik hamkasbi Emmanuel Makronni uning “ma’rifatli islom” g‘oyasi uchun tanqid qildi.
Avvalroq Makron Fransiyada separatizmga qarshi kurashish mavzusida chiqish qilgan edi. U respublika qadriyatlarini mustahkamlashga qaratilgan tegishli qonun loyihasi 9 dekbr kuni taqdim etilishi ma’lum qildi. Islom separatizmiga qarshi kurash doirasida Fransiya hukumati bolalarga ta’lim berishga alohida e’tibor qaratmoqchi.
Shuningdek, Makron Fransiya Musulmonlari kengashi bilan birgalikda mamlakatda “ma’rifatli islomni” barpo etishga imkon beruvchi tashkilot tashkil etish zarurligi to‘g‘risidagi g‘oyani o‘rtaga tashlagan edi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Fransiyada islomni xorijiy ta’sirdan xoli etish va masjidlarni moliyalashtirish ustidan nazoratni kuchaytirish lozim.
“So‘nggi paytlarda “fransuz islomi”, “Yevropa islomi”, “Avstriya islomi” kabi tushunchalar paydo bo‘lmoqda. Fransiya prezidenti Makron boshchiligidagi bunday tashabbuslarning asosiy maqsadi Islom va musulmonlar bilan hisob-kitob qilishdir. Ular diniy marosimlarni faqat uyda o‘tkazish mumkin bo‘ladigan, diniy ramzlar taqiqlanadigan islomga qarshi tizim yaratishmoqchi. Dinni shakllantirishga intilayotgan ushbu tizimning nomi demokratiya emas, balki totalitarizmdir”, - dedi Erdog‘an Islom hamkorligi tashkiloti videokonferensiyasidagi chiqishida.