O‘zbekiston musulmonlari idorasi ijtimoiy tarmoqlardagi bahs yuzasidan munosabat bildirdi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovOdin iz kupolov mecheti Sheyxa Muxammada Sadika Muxammada Yusufa
Odin iz kupolov mecheti Sheyxa Muxammada Sadika Muxammada Yusufa - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Idora mo‘min-musulmonlarning hissiyotini qo‘zg‘ash, fitna chiqarish va diniy qadriyatlar, muqaddasotlarga nisbatan haqoratni ifodalovchi har qanday holatni jiddiy qoralashini ma’lum qildi.

TOShKENT, 28 okt — Sputnik. O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fransiyada Payg‘ambar alayhissalomga nisbatan hurmatsizlik ko‘rsatilishi ortidan ijtimoiy tarmoqlarda boshlangan bahs-munozaralar va ixtilofli holat yuzasidan munosabat bildirdi.

“O‘z navbatida, O‘zbekiston musulmonlari idorasi mo‘min-musulmonlarning hissiyotini qo‘zg‘ash, fitna chiqarish va diniy qadriyatlar, muqaddasotlarga nisbatan haqoratni ifodalovchi har qanday holatni jiddiy qoralashini hamda Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning sha’nlari mo‘min-musulmonlar uchun eng oliy qadriyat ekanini qat’iy ta’kidlaydi”, - deyilgan bayonotda.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi bu kabi munosabatlarni xalqlar o‘rtasidagi o‘zaro totuvlikni buzishga qaratilgan fitna hamda odamlarning diniy e’tiqodi bilan bog‘liq his-tuyg‘ularini haqoratlash, diniy qadriyatlarni oyoq osti qilish, millatlararo va dinlararo adovat uyg‘otish, deb baholaydi.

Qodirov Makronni “e’tiqodga malomat yog‘dirishni bas qilishga” chaqirdi

Ta’kidlanishicha, ushbu holatga nisbatan o‘zbekistonliklarning turli munosabat bildirayotgani kuzatilmoqda.

Idora bunday holatda hissiyotga berilmasdan, haqoratlardan tiyilishga, keng fikr qilib, chuqur mushohada yuritish lozimligini qayd etgan.

“Biz ham mo‘min-musulmonlarni hissiyot bilan emas, tafakkur ila ish tutishga chaqiramiz. Din dushmanlari fitnasiga zamin yaratib, vaziyat yanada keskin tus olishiga sababchi bo‘lib qolmaylik. Bu bo‘layotgan ishlar hammasi fitna, g‘animlar tomonidan rejali amalga oshirilmoqda, bunday vaziyatda o‘ylab ish tutish kerak”, - deyiladi bayonotda.

Checheniston muftiysi Makronni barcha musulmonlarni dushmaniga chiqardi — gap nimada o‘zi?

Munosabatda musulmon kishi hadislarda keltirilganidek, doimo hushor, ziyrak bo‘lishi, atrofda sodir bo‘layotgan har xil fitna va qaltis jarayonlarga teran nazar bilan boqishi lozimligiga urg‘u berilgan.

 

Yangiliklar lentasi
0