Checheniston muftiysi Makronni barcha musulmonlarni dushmaniga chiqardi — gap nimada o‘zi?

© Sputnik / Aleksey Vitviskiy / Mediabankka o‘tishPrezident Fransii Emmanuel Makron
Prezident Fransii Emmanuel Makron - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Muftiyning fikricha, Makron aqldan ozgan professorni milliy qahramonga aylantirib, musulmonlarni ataydan provokatsion harakatlarga gijgijlamoqda.

TOShKENT, 27 okt — Sputnik. Checheniston muftiysi Saloh-Xoji Majiyev Fransiya rahbari Emmanuel Makronning harakatlarini islomga nisbatan aniqlilik bilan rejalashtirilgan hujum, deya atab, bu holat yana insoniy qurbonlarga olib kelishi mumkinligini qo‘shimcha qildi.

Fransuzskie pravooxraniteli v Lille - Sputnik O‘zbekiston
Charlie Hebdo karikaturalari uchun qasos: Parijda o‘qituvchi boshidan judo qilindi

Muftiy bayonoti Instagramda e’lon qilingan.

"Fransiya prezidenti Emmanuel Makron insonlarning eng buyugi Muhammad payg‘ambarga chizilgan karikaturalarni... mamlakatning barcha hukumat binolariga ilib chiqish buyrug‘ini berdi… Bu shunchaki barcha axloq va odob doiralaridan chiqadigan maas’uliyatsiz ish emas, balki islom va barcha musulmon hamjamiyatga uyushtirilgan xujumdir, u yangi insoniy qurbonlarni keltirishi mumkin", - deyiladi bayonotda.

Majiyevning ta’kidiga ko‘ra, "aslida insonlarning eng buyugini tahqirlayotib, nima ishga qo‘l urayotganini yaxshi bilgan va shu tufayli halok bo‘lgan professorning -alamisona xatti-harakatlarini qoralash o‘rniga, Fransiya prezidenti "islomga qarshi mag‘lubiyatga mahkumligi oldindan ayon bo‘lgan yurishni boshlagan".

Ramzan Qodirov - Sputnik O‘zbekiston
Qodirov: Charlie Hebdo karikaturalarining matbuot erkinligiga dahli yo‘q

"Makron, sen dunyodagi birinchi raqamli terrorchisan. Payg‘ambarimizni tahqirlay turib... sen barcha payg‘ambarlarni va barcha dinlarni tahqirlamoqdasan. Sen hech qanday axloqiy prinsiplar va qadriyatlarga ega emassan va insoniyat hamda barcha musulmonlarning dushmanisan... Sizlar o‘z qo‘llaringiz bilan millatlararo va dinlararo nifoqni avj oldirmoqdasiz", - deya fikr bildirgan muftiy.

Unga kshra, Makron aqldan ozgan professorni milliy qahramonga aylantirib, musulmonlarni ataydan provokatsion harakatlarga gijgijlamoqda.

"Sizga o‘limlar soni kamlik qilayaptimi? Siz o‘zingizning o‘ysiz harakatlaringiz bilan yana va yana qayg‘uli tajribaga qaytmoqdasiz", - deya qayd Mejiyev.

Eyfeleva bashnya v Parije - Sputnik O‘zbekiston
Parij musulmon davlatlaridan fransuz tovarlari boykotini to‘xtatishni talab qildi

Uning so‘zlariga ko‘ra, 2 milliardga yaqin musulmonlar Makronning ashaddiy dushmanlariga aylangan.

Sal oldin Makron Fransiyada separatizmga qarshi kurash borasida katta nutq bilan chiqish qildi va respublika qadriyatlarini mustahkamlashga qaratilgan qonunchilik loyihasi 9-dekabrda taqdim etilishini aytdi, deya xabar beradi RIA Novosti.

Makron Fransiya musulmonlar kengashi bilan birgalikda, mamlakatda "ma’rifiy islomni" qurishga yordam beradigan tashkilotni yaratish zaruriyati g‘oyasini ilgari surdi. Bunday harakatlarga Muhammad payg‘ambarga chizilgan karikaturalarni namoyish qilgan va keyinchalik bu harakati uchun o‘ldirilgan o‘qituvchi hodisasi sabab bo‘lgan edi.

Yangiliklar lentasi
0