Xitoy AQSh davlat qarzlarini sotib yuborishga tayyor

Xitoy va AQSh qarama-qarshiligi yangi kuch bilan avj oldi: savdo urushi texnologiya urushiga aylanib ketdi.
Sputnik

TOShKENT, 26 okt — Sputnik. Natalya Dembinskaya. Xitoy va AQSh qarama-qarshiligi yangi kuch bilan avj oldi: savdo urushi texnologiya urushiga aylanib ketdi. Vashington Xitoy ishlanmalarini milliy xavfsizlik tahdidi sifatida bloklayotgan bir paytda Xitoy o‘zining asosiy quroli haqida eslatdi: trillionli Amerika davlat obligatsiyalarini sotib yuborish ham dollar kursi, ham qimmatli qog‘ozlar bozorini qulatishga qodir. Bu barcha jahon iqtisodiyoti uchun o‘ta xavfli ssenariy. Pekin bu ishda qanchalik jiddiylashishi mumkinligi – RIA Novosti materialida.

Tramp TikTok’ga qarshi urush boshladi

Texnologiya urushi

Yanvar oyida dunyoning eng yirik ikkita iqtisodiyoti savdo urushini yakunlash sari muhim qadamni tashladi. Ular asta-sekin savdo-sotiqni tiklash borasida bitim imzolashdi. Biroq koronavirus pandemiyasi barchasini barbod qildi.  Vashington Pekinni koronavirusni tarqatishda ayblab, tovon talab qildi. Ustiga ustak amerikaliklar Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotini (JSST) Xitoyga erk berishda ta’na qilib, undan chiqishlarini e’lon qilishdi.

AQShda prezident saylovlari yaqinlashgani sari keskinlik oshmoqda. Tramp yana go‘yoki Xitoy kompaniyalari Amerika iqtisodiga yetkazgan iqtisodiy zararni yodga oldi. Ular ishlab chiqarishni “o‘zlariga og‘dirib”, texnologiya sirlarini o‘g‘irlashgan emish.

Avgustda Vashington Pekinni internet va ijtimoiy tarmoqlar orqali saylovoldi kurashiga aralashishda aybladi. Xitoy dasturi TikTok nishonga olindi. Oq uy uni taqiqlash kerakligini ma’lum qildi, bo‘lmasa Xitoy Amerika fuqarolari haqidagi ma’lumotlarini qo‘lga kiritadi.

Har tomonlama siquvga olindi. AQSh Huawei blokadasini kuchaytirmoqda

TikTok egasi “ByteDance” kompaniyasini biznesini Amerika kompaniyalariga sotishga majburlashmoqda. Buni 12-noyabrga qadar qilish kerak. Aks holda Tramp uni bloklash bilan tahdid qildi.

Pekin qay tarzda javob qaytarishi hozircha ma’lum emas. Ekspertlar Xitoy hukumati TikTok tarafini olish uchun muhim bir sababi yo‘q deb hisoblashmoqda, chunki uni “zararli” deb bilishadi. “Sotsializm qadriyatlariga” to‘g‘ri kelmaydi va Xitoy yoshlarini buzadi.

Biroq Vashington Xitoyning eng yirik texnologiya kompaniyalaridan biri “Huawei”ga ham bosim o‘tkazmoqda. Pekin “milliy xavfsizlikka tahdid” tug‘diruvchi strategik materillar va texnologiyalar eksportini taqiqlash bilan tahdid qildi.

Jiddiy suhbat

Pekin parallel ravishda eslatdiki, Xitoyning jiddiyroq ta’sir ko‘rsatish dastaklari bor. Gap trillion dollarlik AQSh davlat obligatsiyalari haqida bormoqda.

Kelishildi: Xitoyni o‘nta bo‘lib bo‘g‘ishadi. Rossiya ham taklif etiladimi?

AQSh bilan savdo urushi tufayli Xitoy shundoq ham bu qog‘ozlardan qutulib kelayotgandi. 2014-yil noyabrdagi Amerika davlat qarziga investitsiyalar 1,32 trillion dollarlik eng yuqori ko‘rsatgichdan 200 milliarddan ko‘proqqa kamaydi. Natijada 2019-yil iyuniga kelib xorijlik trejeris egalari o‘rtasidagi yetakchilik Yaponiyaga o‘tdi: Tokioda ular 1,12 trillionlik.

Amerika Moliya vazirligining oxirgi hisoboti sentabr o‘rtasiga kelib Xitoy portfeli 1,08 trilliongacha qisqarganini ko‘rsatdi. Yilning birinchi yarmida Xitoy 106 milliardlik trejerisdan xalos bo‘ldi. Bu 2015-yildan buyon eng tez sur’atlarda sotish ko‘rsatgichi.

Ammo gap faqat iqtisodiy qarama-qarshilikda emas. Xitoy Amerika davlat qarzidan qutulishining sabablaridan biri bu “pechat” dastgohining uzluksiz ishlashi natijasida dollarning qadrsizlanish xavfidir.

Tramp AQSh va Xitoy iqtisodiyotini "ajratib yuborish"ni istisno qilmadi

Qarz ham o‘sib bormoqda. Sakkiz oy ichida Qo‘shma Shtatlar 7,7 trillionlik obligatsiya chiqardi – bu rekord.

Pekin Vashington iqtisodiy muammolarini “pechat” dastgohisiz hal qila olmasligini ko‘rmoqda. Shuning uchun Amerika davlat qarziga sarmoya kiritish juda xatarli, deya yozadi Xitoyning “Global Times” nashri.

Sotib bitiriladimi?

AQSh va Xitoy mojarosining kuchayishi xavfsirashni oshiradi, xolos: to‘satdan amerika iqtisodiyotining ikkinchi eng yirik xorijlik kreditori bardosh bermaydi va ko‘ng ko‘lamli trejeris sotishini uyushtiradi. Bunday qarorning oqibatlari falokatli bo‘ladi. Bu qog‘ozlarning ko‘pligi bozorda vahimani keltirib chiqaradi.

Buning ustiga dollar qulaydi. Amerika valyutasining qadrsizlanishi Xitoy eksportini qimmatroq qiladi.

Bundan tashqari, AQSh g‘aznachilik majburiyatlridan xalos bo‘lish Pekinning yuanni nazorat qilish imkonini jidiy cheklaydi – agarda savdo urushi batamom nazoratdan chiqib ketsa. Pirovardida, trejeris savdosidan tushgan dollarni biror bir narsaga kiritishga zarur. Bu ham oddiy ish emas.

Yuzsizlik jazolanishi kerak: Xitoy AQShga qarshi sanksiyalar haqida o‘ylamoqda

Birgina Xitoyning o‘zi muammolar girdobida qolmaydi va bu hali holva bo‘ladi.

“Amerika obligatsiyalari piramidasini qulatish – demak butun dunyoni moliyaviy xaos giriftor aylash. Shuning uchun shunga o‘xshash narsa yaqin kelajakda ro‘y berishi dargumon”,  - deydi “Chatex” kriptovalyuta banki rahbari Maykl Ross-Jonson.

Hoynahoy, dollar va trejerisdan voz kechish bosqichma-bosqish amalga oshiriladi. So‘nggi yillar mobaynida bu ro‘y bermoqda. Yetakchi Xitoy iqtisodchilaridan biri, Shanxay moliya va iqtisodiyot universiteti professori Si Szunyanning fikriga ko‘ra, Pekin AQSh g‘aznachilik obligatsiyalari portfelini “voqealar normal ravishda rivojida” taxminan 800 mlrd dollargacha “bosqichma-bosqich” qisqartiradi. Ammo oxirgi variant baribir istisno qilinmaydi – masalan, harbiy mojaro yuzaga kelgan taqdirda.