Har tomonlama siquvga olindi. AQSh Huawei blokadasini kuchaytirmoqda

© Sputnik / Yevgeniya Novojenina / Mediabankka o‘tishSmartfon Huawei Mate 20 Pro
Smartfon Huawei Mate 20 Pro - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
AQSh Huawei'ga nisbatan bosimni sustlashtirmoqchi emas. Xitoy texnologik gigantiga qarshi sanksiyalar kengaytirildi va kompaniyalarga AQShdan litsenziya olmasdan, u uchun amerikalik ishlab chiqaruvchilardan butlovchi qismlar sotib olish taqiqlandi.

AQSh va Xitoy o‘rtasidagi savdo urushi xalqaro mehnat taqsimotini butunlay chalkashtirib yuborishi mumkin bo‘lgan texnologik urushga aylanayotganga o‘xshaydi. AQShning Huawei'ga qarshi sanksiyalaridan oldin, global mobil sanoat aniq tuzilmaga va kuchli aloqalarga ega edi. Ya’ni, Google Android'ni, Britaniyaning ARM kompaniyasi protsessor arxitekturasini rivojlantirgan, Huawei va boshqa ishlab chiqaruvchilar smartfonlar ishlab chiqargan va shu tariqa zanjir davom etgan.

Gosudarstvenniy sekretar SShA Mayk Pompeo - Sputnik O‘zbekiston
Pompeo Xitoyni Huawei orqali Britaniyaga bosim o‘tkazishda aybladi

Endi esa Xitoy kompaniyasi o‘zini Amerika sanksiyalaridan himoya qilish uchun mustaqil ravishda loyihalashtirish va ishlab chiqarish bilan shug‘ullanishga majbur bo‘ladi. Vashington Huawei'ga nisbatan nafaqat cheklovlarni kengaytirdi, balki xorijiy kompaniyalarga AQSh hukumatining maxsus litsenziyasiga ega bo‘lmay Xitoyning telekommunikatsion giganti uchun AQShda ishlab chiqarilgan komponentlar va butlovchi qismlarini sotib olishni taqiqladi.

Ya’ni, xitoyliklarga ma’lum bir chiplarni yetkazib berishi uchun, ta’minotchilar AQShda litsenziyasi olishlari kerak. Davlat kotibi Mayk Pompeoning so‘zlariga ko‘ra, "Tramp ma’muriyati Huawei aslida nima ekanligini - Xitoy Kommunistik partiyasining kuzatuv bo‘linmasi ekanligini ko‘rgani uchun munosib harakat qilmoqda".

Davlat departamenti rahbari ushbu choralar AQSh milliy xavfsizligini, amerikaliklarning shaxsiy hayoti maxfiyligini va 5G tarmog‘ining daxlsizligini Pekinning zararli ta’siridan himoya qilishga qaratilganligini qo‘shimcha qildi. Avvalroq, xuddi shu Pompeo Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonsonni xuddi shu maqtalgan milliy xavfsizlikni ro‘kach qilib, Huawei xizmatlaridan voz kechishga ko‘ndirgan edi. Bungacha esa hammaga shartnomalar endi Xitoy kompaniyasining cho‘ntagida deb ko‘ringan edi. Keyin, bunga javoban Huawei Britaniya hukumatini ushbu qarorni qayta ko‘rib chiqishga chaqirdi va London Vashingtonning bosimiga duch kelganini va bunda gap Buyuk Britaniyaning xavfsizligi haqida emas, balki AQShning savdo siyosati haqida ketayotgani ta’kidlandi, ammo London 5G ning ishga tushirilishini keyinga qoldirdi.

Bari gap shundaki, Huawei Amerika texnologiyalarisiz faoliyatini davom ettirishi mumkinmi? Axir, smartfonlarni ishlab chiqish va ishlab chiqarishning butun zanjiri qayta qurib chiqish  kerak bo‘ladi va bunga bir necha oydan ko‘proq vaqt ketadi. Biroq, rossiyalik mutaxassislar bu vaziyatga ijobiy qarashmoqda. Ularning fikriga ko‘ra, Huawei'ning bardoshlilik darajasi juda katta.

Amerikaliklar xitoyliklarni o‘z komponentlarisiz qoldirishni o‘tgan yildan beriyoq qo‘rqitib kelishgan va hattoki o‘sha paytning o‘zidan kompaniya o‘z mobil operatsion tizimini yaratishga tayyorlana boshladi. Ehtimol, bu ishlar endi yakunlanish bosqichidadir. Xitoyliklar doim oldinga intilib, ehtimoliy oqibatlarni hisoblab chiqadilar.

Sotrudniki eskadrili setevix operatsiy bazi VVS SShA Leklend vo vremya ucheniy po otrajeniyu kiberatak - Sputnik O‘zbekiston
"Doktrina tajovuzkorlikdan iborat": AQSh harbiylari Yer orbitasini bosib olish niyatida

Bundan tashqari, Donald Tramp yana AQSh uchun foydali savdo bitimi tuzish uchun Pekin bilan muzokaralar sharoitida stavkalar bilan o‘ynashga qaror qilgan bo‘lishi ehtimoldan holi emas. Yoki bu Baydenning hiyla-nayranglaridir ehtimol.

Amerika OAVlari yozishicha, agar AQShning sobiq vitse-prezidenti Jo Bayden, ehtimol, prezident saylovlarida g‘alaba qozonsa, smartfon ishlab chiqaruvchisining asosiy qutqaruvchisi bo‘lib qolishi mumkin. AQShda qancha Xitoy fuqarolari yashayotganini tasavvur qiling hamda xitoy diasporasi qanchalik kattaligini va Trampning raqibi qancha ovoz to‘plashi mumkinligini.

Asosiysi g‘alaba qozonishdir, undan keyin kompaniyaga nisbatan siyosat o‘zgaradi – deb singdirishadi AQSh fuqarolariga. Va komponentlarni Amerikalik ishlab chiqaruvchilari va ta’mintchilari xam erkin nafas olishadi. Aytgancha, ular ham ovoz berish huquqiga ega. Imkoniyatlar mana shunday ko‘p. Ammo o‘yin yutuqqa arziydi.

Muallif Olga Gavrilova, Sputnik radiosi

Yangiliklar lentasi
0