Tramp TikTok’ga qarshi urush boshladi

© AFP 2023 / -Sotsialnaya set TikTok
Sotsialnaya set TikTok - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
AQSh prezidenti Donald Tramp TikTok va WeChat ilovalarining “tahdidi”ga qarshi kurash bo‘yicha farmonni imzoladi.

TOShKENT, 7 avg — Sputnik. AQSh prezidenti Donald Tramp “TikTok va WeChat ilovalari tahdidi”ga qarshi kurash to‘g‘risida farmonni imzoladi.

Soprovojdenie samoletov razvedchikov VVS i VMS SShA - Sputnik O‘zbekiston
Rossiya harbiylari AQSh razvedka-samolyotlarini o‘z vaqtida payqab qolishdi

Yangi hujjat 45 kundan so‘ng kuchga kiradi. Ular ByteDance va Tencent ilova ishlab chiqaruvchi kompaniyalar bilan har qanday shartnomalarni tuzishga cheklov kiritadi.

Hujjatda TikTok va WeChat AQSh milliy xavfsizligi, iqtisodiyoti va siyosatiga tahdid sifatida ko‘rsatilgan. Ta’kidlanishicha, bu ilovalar foydalanuvchi, shu jumladan u joylashgan joyi va qidirgan narsalar haqidagi ma’lumotlarni yig‘adi.

"Bu Xitoyga federal xizmatchi va shartnoma ishchilari ishlaydigan joylarni kuzatib borish, shantaj qilish uchun shaxsiy ma’lumotlar asosida hujjatlar to‘plamini yig‘ish va sanoat josusliklarini amalga oshirishga imkonini beradi", - deyilgan hujjatda.

Ilgariroq, AQSh prezidenti Microsoft yoki Amerikaning boshqa kompaniyasi 15-sentabrgacha TikTok’ni sotib olishi zarurligi, aks holda, ilova mamlakat hududida taqiqlanishi haqida aytgandi.

Microsoft ilovani sotib olish bo‘yicha muzokaralar davom ettirishini tasdiqlagandi. Hozircha shartnoma narxi aniqlanmadi, ammo OAVlar taxminiga ko‘ra, 10-30 milliard dollarni tashkil qilishi mumkin.

TikTok – Xitoyning ByteDance kompaniya tomonidan qisqa videolarni yaratish va ko‘rish uchun mo‘ljallangan ilova.

Yangiliklar lentasi
0