Dollar qirolligi yakunida XVJ barchani yangi "yashil qirolga" bo‘ysundirmoqchi

G‘arb mamlakatlari badavlat hayotni davom ettiraveradi, qolgan dunyo esa – “iqlim himoyasi” bahonasida bir umr qashshoqlikka mahkum qilinadi.
Sputnik

Dunyoning eng yirik moliyaviy boshqaruvchisi - XVJ o‘zining so‘nggi bayonotida “dunyo iqtisodini sog‘lomlashtirish” dasturini taklif qildi.

XVJ Covid-19 pandemiyasi oqibatlari, ijtimoiy  va iqtisodiy inqirozni yengib o‘tish kabi oliy maqsadlar bahonasida,  dunyo mamlakatlarini qarzdor qilishning yangcha tartibini “Bretton –Vuds 2.0” global shartnoma loyihasini taklif qildi.

Bretton–Vuds 2.0 

Bugun ko‘pchillik XVJning ushbu “oliy maqsadlari” zaminida aslida nimalar yotganini  yaxshi tushunadi. Bunga  qarzini to‘lash uchun ijtimoiy dasturlarini qisqartirgan va qimmatbaho resurslarini arzimagan pulga sotishga majbur bo‘lgan rivojlanayotgan davlatlar juda yaxshi misol bo‘ladi.

Boshlandi: Argentina XVJ kreditlarini to‘lashdan bosh tortdi

XVJ bosh direktori Kristalina Georgiyeva aytishiga qaraganda,  koronavirus pandemiyasi dunyo iqtisodiyotiga shunchalik kuchli zarba berganki - 1944-yilda tashkil qilingan Bretton-Vuds konvensiyasi mutlaq “murdaga aylangan” va yangi shartnoma tuzish vaqti kelgan.

“Biz Andorrani o‘zimizning 190-a’zo sifatida qabul qilayotgan bir vaqtda, XVJ doirasidagi hamkorlik - insoniyat aka-ukachilik munosabatlarining yaqqol misoli bo‘lib qolmoqda. Bugun biz yangi “Bretton-Vuds lahzasi” oldida turibmiz.

Bir milliondan ortiq insonlar hayotini olib ketgan pandemiya dunyo iqtisodiyotini 2020-yilda 4,4 %ga qisqartirishi va 2021-yilda 11 trillion dollarga qisqarishiga olib kelishi  kutilmoqda. Insoniyat so‘nggi vaqtlarning eng ulkan inqirozi oldida turibdi. Biz unga qarshi kurashishimiz va “yaxshiroq erta” qurishimiz  kerak”, - dedi XVJ direktori.    

Dunyoning bosh “Sheyloki” (Sudxo‘r-yahudiy – Shekspir qahramoni) bu safar ham o‘ziga sodiq qoldi va faqatgina eski qarzlar shaffofligi ta’minlangan hamda davlat suveren qarzlarini boshqarishni yangi tizimi yordamida “porloq kelajak” qurish mumkinligini ta’kidladi.

Bosh Sheylokning so‘zlarini Vashington amaldorlari tilidan oddiy odam tiliga tarjima qilganda quyidagi ma’no kelib chiqadi:

“Biz qarzlarning yanada shaffofligi hamda kreditorlarni yanada yaqinroq muvofiqlashtirish tomon harakat qilishimiz kerak. Bizni ayni damda “Katta yigirmatalikda” muhokama qilinayotgan “Suveren qarzlarni boshqarishning umumiy asoslari” mavzusi ham juda ilhomlantirmoqda.  Shuningdek, biz suveren qarzlarni xususiy mablag‘lar yordamida qoplash masalasini ham qo‘llab-quvvatlaymiz.”  

Aytish joizki, XVJ so‘nggi yillarda faqat G7 –guruhiga kiruvchi davlatlar tomonidan boshqarib kelinmoqda. Ushbu “neo-kolonial” davlatlar klubiga kirmaydigan birorta ham davlat, moliyaviy jihatdan qanchalik kuchli bo‘lmasin, XVJ boshqaruviga yaqin yo‘latilmadi. Masalan Xitoy yoki Rossiya.

Ya’ni, planetaning “bosh Sheyloki” hali hanuz faqat ma’lum guruhlar manfaati uchun xizmat qiladigan “globalizatsiya modeli”ni qo‘llab-quvvatlamoqda. “Breton-Vuds 2.0” shartnomasi 1944-yilda 44ta davlat tomonidan imzolangan birinchi shartnomadan deyarli farq qilmaydi.

XVJ: Ishsizlikka qarshi kurash – O‘zbekiston uchun eng asosiy vazifa

O‘shanda Sovet Ittifoqi delegatsiyasi Bretton-Vuds shartnomasi bilan tanishib chiqqanidan so‘ng, nafaqat unga imzo chekish, balkim uni muhokama qilishdan bosh tortib darhol konferensiyani tark etgan edi. Ularning fikriga ko‘ra bu shartnoma dunyoni “Uoll-Strit filialiga” aylantiradi. Aslida – undan ham badtar bo‘ldi.

Ivan Danilovaning fikriga ko‘ra, Kristaliga Georgiyevaning “qoidalarga asoslangan dunyo tartibini saqlab qolish” degan so‘zlarini Rossiya Qrimni qaytarishi kerak deb, “qarzlar shaffofligi” degan so‘zlarini esa – Xitoy rivojlanayotgan davlatlarga o‘zi xoxlagandek qarz beravermasligi kerak deb tushunish kerak.

Xitoyni “jilovlash” kerak

Xususan so‘nggi vaqtlarda XVJ va Jahon Banki Xitoyning Afrida davlatlarida tasiri keskin oshib borayotganidan jiddiy xavotirda ekani va bunga qarshi choralar ko‘rayotgani haqida xabarlar paydo bo‘lmoqda. Xususan, Xitoy ushbu mamlakatlarga qulay va arzon kreditlar berib, muhim infratuzilma loyihalari qurmoqda. Bu esa albatta Afrikada Xitoy rolini misli ko‘rilmagan darajada kuchayishiga olib kelmoqda.

Xitoy O‘zbekistonga 2,7 milliard dollar kredit ajratadi

Jahon banki direktori Devid Malpass ushbu vaziyatni shunday izohlagan edi:

“Xitoy ushbu davlatlarda moliyalashtirishni ko‘paytirmoqda. Bu yaxshi, lekin shartnomalarda kelishuv shartlarini tarqatmaslik haqidagi punkt bor. Shu sababli Jahon banki ularni ko‘ra olmaydi”, degan edi.

Xulosa qilib aytganda, XVJ va Jahon banki Xitoy o‘zi qarz bergan davlatlarida, qarz muammolarini bir o‘zi emas “bosh Sheyloklar” bilan maslahatlashgan holda hal qilishini istaydi.

Bu esa dunyoda yangi “moliyaviy aka-ukachilik” tashkil qilishni emas, ko‘proq nima qilib bo‘lsa ham eski – rivojlanayotgan davlatlarni kreditlashning neokolonial tizimni saqlab qolishga urinishni eslatadi. Pekin o‘zining arzon va qulay kreditlari bilan bunga juda xalal bermoqda.

Rossiya - “albatta aybdor”

Shu o‘rinda, XVJ Rossiyani ham turli “qoidabuzarliklarda” ayblab o‘z qarashlarini bajarishga bosim o‘tkazishga harakat qilmoqchi bo‘ldi. Masalan, Ukrainaning yevrobondlar bo‘yicha 3 milliard qarzini. Agar bajarmasa yangi ayblovlar tayyor: Moskva shaffof emas, rivojlanayotgan davlatlarga yordam berishni istamaydi va ho kazolar.

Iqlim o‘zgarishi oqibatida 2050-yilga kelib insoniyat nobud bo‘lishi mumkin

XVJ insoniyat “porloq kelajagi” uchun e’lon qilgan uchinchi global tashabbusi – Rossiya iqtisodiy xavfsizligi uchun jiddiy tahdid solmoqda.  

“Pandemiya shuni ko‘rsatdiki, bundan buyon biz sog‘liqni saqlash va iqlim o‘zgarishi borasidagi chaqiriqlarni inkor eta olmaymiz – Bu bizning uchinchi tashabbusimiz”, - dedi XVJ direktori.  

Biz iqlim o‘zgarishi haqidagi xabarlarga alohida e’tibor bermoqdamiz. Bu insoniyat gullab-yashnashiga to‘siq bo‘layotgan jiddiy tahdidlar yaratmoqda.

Bizning izlanishlar shuni ko‘rsatdiki, yashil investitsiyalar va uglevodorodlar narxini oshirish bilan biz 2050-yilda millionlab yangi ish o‘rinlarini yaratishimiz mumkin. Biz yanada ekologik toza, yanada gullab-yashnayotgan va yanada ish o‘rinlariga boy dunyo qurishimiz mumkin.

Bugungi past foiz stavkalari va to‘g‘ri investitsiyalar  ertaga 4 karrali dividendlar, barcha uchun iqtisodiy o‘sish va ijtimoiy yutuqlar olib kelishi mumkin va ho kazo...”  

Amalda esa, buning ma’nosi shunday: Uglevodorodlarlar ommaviy foydalanish natijasida  150-yildan ortiq vaqt davomida texnologik progressdan bahramand bo‘lgan G‘arb mamlakatlari badavlat hayotni davom ettiraveradi, qolgan dunyo esa – “iqlim himoyasi” bahonasida bir umr qashshoqlikka mahkum qilinadi. Yangi tashabbus  rivojlanayotgan davlatlarni arzon yonilg‘i va hatto arzon va uzuluksiz elektr energiyasidan mahrum qiladi.

Neft qachon tugashi ma’lum bo‘ldi

Yashil energetika esa faqat xalqaro amaldorlar, eko-faollar hamda Yevropa va Amerika “yashil” kompaniyalarida ish o‘rinlari yaratadi.

XVJ rahbari aytgan “Uglerodlar uchun qimmat narxlar” – bu Yevropa Ittifoqi Rossiyaga bir necha bor po‘pisa qilgan - “Uglevodorod soliqlari”dan boshqa narsa emas. Rossiya, “albatta aybdor”, chunki unda arzon gaz va arzon neft bor.

Aga ana shunday soliqlar joriy etilsa, Rossiya davlat budjeti milliardlab daromadini yo‘qotadi. Greta Tunberg tarafdorlari  esa – baxtli bo‘lishadi. XVJ tomonidan taklif qilinayotgan “Porloq kelajak” – bu aslida antiutopiya. Chiroyli “Ekologiya uchun” shiori ostida – kambag‘allikni tan olish, XVJ va Vashingtonga yangidan bo‘y so‘nishni boshlash taklif qilinmoqda.

Lekin XVJ bir narsa borasida haq – biz hozir darhaqiqat, tarixiy lahza oldida turibmiz – faqat "Bretton-Vuds 2.0"ni qabul qilish uchun emas, balkim 1944-yilda AQShda yaratilgan globalizatsiya monstrini butunlay yo‘q qilish uchun.