XVJ: Ishsizlikka qarshi kurash – O‘zbekiston uchun eng asosiy vazifa

© Novosti UzbekistanaV Bolgariyu pribila pervaya ofitsialnaya gruppa trudovix migrantov iz Uzbekistana
V Bolgariyu pribila pervaya ofitsialnaya gruppa trudovix migrantov iz Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston hukumati migratsiya - mehnat bozorida mavjud muammolarni hal qilishning bir uslubi ekanini tan oldi, deydi XVJ.

TOShKENT, 6 mar — Sputnik. Yangi ish o‘rinlari yaratish – O‘zbekiston uchun birinchi o‘rindagi vazifa hisoblanadi, deyilgan Xalqaro valyuta jamg‘armasining hisobotida.

XVJ mutaxasisslari 19-fevraldan 5-martga qadar O‘zbekistonda olib borgan izlanishlari davomida respublika mehnat bozorida talab va taklif orasida mavjud bo‘lgan nomutanosiblik hamda malakali mutahassislarning yetishmasligini aniqlashgan.

Mejdunarodniy valyutniy fond - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev Nyu-Yorkda XVJ direktori bilan hamkorlik masalalarini muhokama qildi

O‘zbekiston rasmiy hukumati fuqarolarning xorijda mehnat qilishi - mavjud bo‘lgan qiyinchiliklarni yengib o‘tishning bir uslubi ekanini tan olgan va ushbu yo‘nalishda mehnat migrantlariga yordam bermoqda, deyilgan hisobotda. Xususan, Xorijyi mehnat migratsiyasi agentligi tashkil qilingan va xususiy agentliklarga ham ushbu sohada ishlashiga ruxsat berilgan.

2019 yilgi davlat budjetida mehnat bozoridagi loyiha va dasturlarni qo‘llab-quvvatlashni moliyalashtirish uchun ajratilgan mablag‘lar hajmi keskin oshirildi. Ushbu pullar o‘qitish, jamoatchilik ishlari va maoshlarni subsidiya  qilishga yo‘naltiriladi.

"O‘zbekiston ayni damda boshlangan islohotlarni oxiriga yetkazish hamda eskirgan mehnat kondeksini va bandlik haqidagi qonunlarni yangilashi maqsadga muvofiq bo‘lar edi", - deb hisoblaydi Jamg‘arma mutaxassislari.

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, bugungi kunda O‘zbekistondan tashqarida mehnat qilayotgan migrantlar soni 2,6 million kishini tashkil qiladi. Bu mehnatga layoqatli bo‘lgan aholining 20 %ni tashkil qiladi. Rossiya IIV xabariga ko‘ra Rossiyada 1 millionga yaqin o‘zbekistonlik mehnat migrantlari ishlaydi.

Yangiliklar lentasi
0