Xitoy O‘zbekistonga 2,7 milliard dollar kredit ajratadi

© AP Photo / Andy WongXitoy Xalq Respublikasi bayrog‘i.
Xitoy Xalq Respublikasi bayrog‘i. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
"Biz, shu jumladan Xitoy tomonidan O‘zbekistonga 2,7 mlrd dollar kredit ko‘rinishida ajratilishi haqidagi hujjatlarni imzoladik, umumiy hisobda esa 6,2 mlrd dollarlik obyektlar qurilishi ko‘zda tutilmoqda", deb aytgan o‘z nutqida Islom Karimov.

TOShKENT, 30-iyun — Sputnik. Xitoy O‘zbekistonga 2,7 mlrd dollarlik kredit taqdim qiladi. Bu haqda O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimov Xitoy raisining O‘zbekistonga tashrifi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zolari va Qonunchilik palatasi deputatlari oldida so‘zlagan nutqida ma’lum qilgan.

Xitoy manzarasi - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston–Xitoy: xalqlar farovonligi yo‘lidagi hamkorlik
Eslatib o‘tamiz, 2016-yil 22-iyun kuni Prezident Islom Karimov mamlakatimizga davlat tashrifi bilan kelgan Xitoy Xalq Respublikasining Raisi Si Szinpin bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisida bo‘lib, deputatlar va senatorlar oldida nutq so‘zlagan edilar.

"Bugun Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin janoblarining mamlakatimizga davlat tashrifi doirasida o‘zaro hamkorligimiz istiqbollari va ustuvor yo‘nalishlarini belgilab beradigan ko‘plab hujjatlar imzolandi. Ularning orasida Xitoy tomonidan O‘zbekistonga kredit sifatida 2,7 milliard dollar ajratilishi va umumiy qiymati 6,2 milliard dollarlik obektlar qurilishini nazarda tutadigan hujjatlar borligini alohida ta’kidlamoqchiman", — deb ta’kidlagan o‘z nutqida Islom Karimov.

O‘zbekiston prezidenti o‘z nutqida, shuningdek, O‘zbekiston va Xitoy muzokaralar natijalariga ko‘ra ko‘plab hujjatlar imzolangani, bu hujjatlar o‘zaro hamkorlikning istiqbollari va ustuvor yo‘nalishlarini belgilashini ta’kidlab o‘tgan.

Ekspert: O‘zbekiston Xitoy uchun — Markaziy Osiyodagi muhim ustun
"Men Si Szinpin janoblarining "Biz O‘zbekiston prezidenti bilan bir-birimizni yaxshi tushunamiz" degan so‘zlarini takrorlamoqchiman va bunday yuksak e’tirofni o‘zim uchun katta sharaf deb qabul qilaman. Bizning har birimiz, ayniqsa, xalqning ishonchli vakillari bo‘lgan siz, hurmatli deputatlar Xitoy bilan hamkorlikni qadrlashimiz va bu hamkorlik yuksak samara berishi uchun yangi yo‘llarni izlab topishimiz lozim.

So‘zimning yakunida bir fikrni alohida ta’kidlab aytmoqchiman: Xitoy xalqining farovonligi — bu O‘zbekiston xalqining farovonligi. O‘zbekiston xalqining farovonligi — bu Xitoy xalqining farovonligidir", — deya o‘z nutqiga yakun yasagan prezident.

Yangiliklar lentasi
0