“Surpriz” ham avvaldan hozirlangan, ham kutilmagan bo‘lishi mumkin – nomzodning yorqin ishi, yangi kompromat, tabiiy ofatga munosabat, tashqi siyosiy odim.
Hozir bunday “surpriz” har ikkala nomzodga darkor, lekin kompromat shunchalik ko‘pki, “xavfli aqldan ozgan Tramp” yoki “uyqu bosgan Bayden va uning poraxo‘r oilasi bilan” kabilarga yangi biror bir narsani ilova qilishning hojati qolmagan. Tashqi siyosatga esa, amerikaliklar prezidentga ovoz berishda unchalik e’tibor berishmaydi, reytingni qo‘shish mumkin.
Prezident boshqa mamlakat rahbarlari bilan biror bir narsa haqida kelishib olishi mumkin. Masalan, tinchlik o‘rnatuvchi shaxs bo‘lish. Tramp so‘nggi oy ichida ikki marta buni bajardi: avvaliga arab-isroil sulhi, keyin Serbiya va Kosovo bitimi. Biroq bu amerikalik saylovchiga hech qanday to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir o‘tkazmaydi. Unga na Balkan va Yaqin Sharqning qizig‘i bor.
Lekin Tramp Afg‘onistondan qo‘shinlarni olib chiqishni ham tezlashtirmoqda. Rojdestvo bayramiga kelib barcha askarlarni u yerdan olib chiqishga va’da bermoqda. Buni bajarish qo‘ldan kelmaydi, Rojdestvo ham 3-noyabrdan keyin o‘tgan keladi. Lekin barcha amerikaliklarga taalluqli bo‘lgan bir narsa bor – qurollanish poygasi, jumladan, yadroviy.
Aynan bu yerda musaffo osmon to‘g‘risida o‘z g‘amxo‘rligini ko‘rsatish mumkin. Buni Trampni ham yaxshi ko‘radi, axir u bir necha marta uning Kim Chen In bilan uchrashuvlari sababli AQSh yadroviy qurolga ega KXDR bilan urushmayotganini eslatib o‘tgandi, Klinton prezident bo‘lganida esa falokat bo‘lgan bo‘lardi. Lekin o‘ylab chiqarilgan “koreys tahdidi” allaqachon biroz yoddan ko‘tarildi va “oktabr surprizi” uchun boshqa biror bir narsani izlash lozim.
Aftidan ko‘rinishicha, Tramp buni topgan: u Putin bilan bitim tuzmoqchi. Ha, o‘sha uni to‘rt yildan beri u bilan aloqasi borlikda ayblab kelishayotgan Putin bilan, ustiga ustak so‘nggi haftalarda “rus izi” bilan bog‘liq voqealar Oq uydagi demokratchilar va Klinton shtabining maxsus operatsiyasi ekani haqidagi ko‘plab tasdiqlar paydo bo‘lmoqda.
Shunday ekan endi Tramp demokratchilar va “vashington botqog‘ini” ularning o‘zlarining “rus mavzusi” bilan kaltaklamoqda – aynan siz haqiqiy fitnachisizlar, uydirma Tramp – Putin birligi emas! Tramp real Putin bilan u zo‘r bo‘lgani va Putin uni hurmat qilgani uchun bitim tuzapti – taxminan shunday Tramp amerikaliklarga o‘zining ruslar bilan shartnomasini sotmoqchi.
Gap nima haqida? Ko‘p jafo chekkan va amal qilish muddati o‘z nihoyasiga 4 oydan kamroq qolgan SNV-3 (Strategik hujumkor qurollanish to‘g‘risidagi shartnoma) haqida, shu bilan birga uni allaqachon deyarli ko‘mib bo‘lishdi. Biroq aynan Trampning o‘zi ko‘mdiku? Ha, Rossiya hamisha uni uzaytish tarafdori bo‘lgan – ko‘zda tutilgan 5-yilgan. Vashington esa unga shartnomaning nafi yo‘qligini aytib, uni qaytadan yozish, ilova qilish va umuman uch tomonlama qilish kerakligini ta’kidladi.
Ya’ni unga Xitoyni ham qo‘shish kerak. Xitoy esa ushbu shartnomaga qo‘shishilishga hech qanday xohish bildirmadi va unda Rossiya va AQShga qaraganda bunday qurollanish bir necha baravar kamligini ta’kidladi. Moskva Pekinning ushbu pozitsiyasini to‘liq qo‘llab-quvvatladi va AQShning Xitoy borasidagi e’tirozlariga uni muzokaralarga majburlash bilan shug‘ullanmasligini aytdi.
Buning ustiga ular o‘zlarini shartnoma ularga qaraganda Rossiyaga ko‘proq kerakday tutishdi va umuman agar Moskva Amerika talablarini 3-oktabrgacha qabul qilishga shoshilmasa, keyin uzaytirish shartlarni yanada qat’iylashadi.
Rossiya bunday arzon usullarga xotirjamlik bilan munosabat bildirdi. Pirovardida shartnoma har ikki tomonga kerak. Kreml Trampni bitimni imzolashga rag‘batlantirishga urinmoqchi bo‘lmagan, lekin o‘tgan hafta Vladimir Putin eslatdiki, Jo Bayden SNV-3 ni uzaytirish yoki yangi shartnomani tuzishga va’da bergan – va “bu kelajakdagi ehtimoliy o‘zaro hamkorlikning juda jiddiy elementi”.
Shundan so‘ng bir necha Amerika nashrlarida Oq uy va kongressdan axborot sizishi paydo bo‘ldi: “Prezident Donald Tramp saylovlargacha SNV bo‘yicha shartnoma tuzishga Rossiya tomonining roziligini olishga umid qilmoqda”.
“Tramp ma’muriyati Qo‘shma Shtatlar va Rossiya o‘rtasida yangi yadroviy bitim tuzish uchun prezident Vladimir Putin va Rossiya xavfsizlik kengashi rahbari Nikolay Patrushevning roziligi oldi deb hisoblaydi. Bitim ustidagi ish bir hafta ichida yakunlanishi mumkin.
Prezident ma’muriyatidagi amaldorlardan biri qaror eng yuqorida darajada Milliy xavfsizlik kengashi va Davlat departamentida qabul qilinganini ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Senatning xalqaro munosabatlar qo‘mitasi va milliy xavfsizlik bo‘yicha ishchi guruhning ayrim a’zolari bu muhokamalarning yakuniy materiallarini olishgan”. Nashrning ta’kidlashicha, saylovoldi yadroviy bitim ustidagi yangi ish jadvali “yuqori mansabdor respublikachilar va ayrim Oq uy vakillari uchun surpriz bo‘ldi”.
Kreml, tabiiyki, bosiqlik bilan munosabat bildirdi: “Manbalar xabariga munosabat bildirmaymiz, juda ko‘p feyk bor. Bu mavzu dolzarb, u biz uchun aloqadagi amerikaliklar uchun ustuvor sanaladi. Ekspertlar darajasida muloqotlar davom etmoqda”. Tramp ochiq-oydin surpriz hozirlamoqda: Putin bilan kelishuv.
Barchasi ikki prezidentning qo‘shma bayonoti bilan cheklanadi. Yoki bu hadli bitim bo‘ladi va unda bo‘lajak yangi shartnomaning chiziqlari belgilanadi va SNV-3 muayan bir muddatga uzaytirilishi e’lon qilinadi (kamida 5-yilga, balki, ikki yoki uch yilga).
Nahotki Vashington haqiqatdan ham bunday qadam tashlashga tayyor? Axir AQSh maxsus vakili Marshall Billingsli tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Sergey Rabkov bilan 5-oktabr kuni Xelsinkidagi muzokaralarda “muhim rivojlanish”ga erishilgani va tomonlar bitim sari yaqinlashganlarini ma’lum qilgan edi, Rabkov amerika optimizmidan hayron bo‘ldi.
“Muzokaralar yondashuvlarda katta turli saqlanishlar borligini ko‘rsatdi. Biz umuman muayan asosiy yo‘nalishlar va keyingi ish parametrlari haqida gapirishga imkon berishi mumkin bo‘lgan hadli kelishuvga o‘tishimiz mumkin deb bilamiz. Lekin faqat bundan variantni bo‘lishi mumkin deb hisoblaymiz.
Biz yaqinlashmadik, men buni ta’kidlayman va biz AQSh bilan so‘nggi paytda bunday kelishuvga erishishga yaqinlashmaganmiz. Amerikaliklarning ishni go‘yoki biz bunday kelishuv ostonasida turganimiz va ozgina qolgani va bunga erishiladi deb ko‘rsatishi tushunarsiz, asossiz.
Shunday bo‘lsa ham Billingsli va Rabkov uchrashuvi 2-oktabrda Jenevada bo‘lib o‘tgan Rossiya xavfsizlik kengashi kotibi Nikolay Patrushev va AQSh prezidentining Milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Robert O’Brayen muzokaralaring o‘ziga xos davomi bo‘ldi. Bu ularning ilk shaxsiy uchrashuvi edi (bunga qadar Trampning maslahatchisi Jon Bolton edi) va aynan ularning natijalari amerika optimizmini keltirib chiqargan.
Dalil taxmin qilish mumkinki, u Rossiyaning biror bir yon berishi bilan bog‘liq emas, balki SNV-3 ni uzaytirish to‘g‘risidagi hadli hujjatni imzolash to‘g‘risidagi siyosiy, muhim kelishuvga erishilgani bilan bog‘liq.
Shundan so‘ng Billingsli va Rabkovning Xelsinkidagi muzokaralarida, amerikaliklar (odatdagi kabi) bosim taktikasini davom ettirishdi: balki ruslardan biror bir yon berish va siljishni talab qilish olishga muvaffaq bo‘lish mumkin?
Muvaffaq bo‘linmaydi – biz tarafdan siyosiy rozilik allaqachon bor, lekin u aniq shartlarda berilgan: hech qanday Xitoy, shartnomani muddatga uzaytirish, yangisini ishlab chiqishga vaqt. Agar Tramp rozi bo‘lsa, unga “oktabr sovg‘asi”da yordam berishga tayyormiz.
Yaqin kunlarda biz Trampning fikrini bilamiz, nimadir menga shipshitaptiki, u uning qayta saylanishiga yordam beruvchi Putin bilan qo‘shma hujjatni imzolash imkoniyatini qo‘ldan boy bermaydi. Va uning faoliyatidagi so‘ngisi emas.
Manba: RIA Novosti.