Amerika “AQSh - Rossiya – Xitoy” konfiguratsiyasida kuchlar muvozanatini o‘zgartirish umidida, asosiy geosiyosiy uchburchakni buzish bo‘yicha harakatlarni kuchaytirmoqdalar, deb yozadi RIA Novosti muallifi Potr Akopov.
Gap Amerika-Xitoy munosabatlaridagi koronavirus tufayli qo‘zg‘algan ehtiroslar haqida emas, balki SNV-3 shartnomasini uzaytirish atrofidagi o‘yinlar haqida. Ushbu o‘yinlar faqatgina yadro qurollariga doir emas balkim AQShning asl maqsadi Rossiya-Xitoy munosabatlaridir.
Rossiya-Amerika strategik hujum qurollari to‘g‘risidagi shartnomaning amal qilish muddati tugashiga sakkiz oydan ko‘proq vaqt qoldi. Agar u uzaytirilmasa, jahon yarim asr ichida birinchi marta ikki yadro superderjava o‘rtasida strategik yadroviy kuchlarni cheklash to‘g‘risida hech qanday kelishuvsiz qoladi. Ya’ni, qurollanish poygasidagi har qanday cheklov olib tashlanadi.
Rossiya anchadan buyon shartnomani uzaytirishni (yoki yangisini tuzishni) taklif qilmoqda - ammo muzokaralar hanuz boshlanmadi, vaqt esa qisqarib bormoqda, koronavirus tufayli karantin uni yanada pasaytirganini gapirmasa ham bo‘ladi.
O‘tgan hafta Donald Tramp Vladimir Putin bilan telefon orqali suhbatda muzokaralarni qayta boshlashga chaqirib, u "kelajakdagi muhokamalarni intizorlik bilan kutmoqda" deb aytdi - chunki "o‘ta qimmat qurollar poygasidan" chekinish kerak. G‘isht qolipdan ko‘chdimi? Hech qanaqasiga - chunki "Qo‘shma Shtatlar nafaqat Rossiyani, balki Xitoyni ham o‘z ichiga olgan qurol-yarog‘larni samarali boshqarish majburiyati tarafdori".
Aynan mana shu iborada, SNV-3ni uzaytirishning asosiy to‘sig‘i - amerikaliklar yangi shartnomani ikki tomonlama emas, balki uch tomonlama asosda tuzmoqchi. Bunga mutlaqo qarshi bo‘lgan Xitoyni qo‘shish orqali. Pekin aslida haqdir - Xitoy yadro quroliga AQSh va SSSRdan ancha keyin ega bo‘ldi, faqat 1964-yilda, Sovet-Amerika qurollar poygasi davom etayotgan va uni kamaytirish va nazorat qilish to‘g‘risida shartnomalar tuzilayotgan paytda, Xitoy notinch "madaniy inqilob"ga sho‘mg‘igan edi. XHR haqiqatan ham yadro raketalari dasturlari bilan faqat 70-yillarning oxiridan shug‘ullana boshlangan va uning AQSh va Rossiya tomonidan qabul qilingan cheklovlarni qabul qilishni istamasligini tushunsa bo‘ladi. Xitoyning jangovar yadroviy kallachalari soni bo‘yicha aniq ma’lumotlar yo‘q, ammo har holda, XHRning yadroviy salohiyati (shuningdek, uni yetkazib berish vositalari) AQSh va Rossiyadan bir necha baravar kichikdir.
Shu bilan birga, Xitoy ochiqchasiga Amerika tomonidan dushmanlarcha o‘rab olingan sharoitda - AQShning harbiy bazalari, shu jumladan yadroviy qurolga ega bazalar, sharq va janubdan Xitoy chegaralari bo‘ylab joylashtirilgan, AQSh Xitoydan ajralib chiqqan Tayvanni harbiy jihatdan qo‘llab-quvvatlamoqda, Amerika floti esa Xitoy qirg‘oqlari bo‘ylab yurmoqda. Bunday sharoitda faqatgina Xitoy ustidan ustunligini saqlab qolish va qay sohada bo‘lmasin Xitoyni bosib turish siyosatini olib borishdan manfaatdor bo‘lganlar Xitoyni o‘z qurollarini kuchaytirish dasturini (raketa qurollaridan to harbiy-dengiz qurollarigacha) tajovuzkor deb hisoblashlari mumkin. Amerika Xitoyga nisbatan harbiy ustunlikni saqlab qolish istagini yashirmaydi ham, shu jumladan yadroviy raketa sohasida ham.
Hammasi oddiymi? Ha, lekin aynan shu yerda Amerikaning Rossiya bilan o‘yinlari boshlanadi. Rossiya va Xitoyning strategik yaqinlashuvi, o‘tgan yili Vladimir Putin biz Pekinga SPRN (raketa hujumlari haqida ogohlantirish tizimi)ni yaratishda yordam berayotganimizni e’lon qilganiga olib keldi, ya’ni biz faqatgina amerikaliklar bilan oramizdagi mavjud bo‘lgan narsalar bilan baham ko‘rmoqdamiz. Bu harbiy ittifoq emas, lekin unga juda yaqin munosabatlar. Rossiya va Xitoy bir-birini, hatto o‘rta muddatli istiqbolda ham raqib sifatida ko‘rmasliklari aniq, ammo ikkalasining Amerikaga bo‘lgan munosabati mutlaqo teskari. Birinchidan, chunki Shtatlarning o‘zlari rasman Rossiya va Xitoyni o‘z milliy xavfsizligiga tahdid deb atashadi, garchi intiqomi yaqinlashayotgan amerikacha dunyosi tuzumiga tahdid deyish to‘g‘riroq bo‘ladi.
Ammo Rossiya ham, Xitoy ham "Amerika uslubidagi dunyo"ni harbiy usullar bilan yo‘q qilishni tezlashtirish haqida o‘ylamaydilar, bu AQShning o‘zining harakatlari va raqiblarining, birinchi navbatda, Rossiya-Xitoy bog‘lamidagi tobora muvofiqlashtirilgan sa’y-harakatlari tufayli ko‘z o‘ngimizda yo‘q bo‘lmoqda. Albatta, bir tomondan AQSh va ikkinchi tomondan Xitoy bilan Rossiya o‘rtasida qurollar poygasi, har qanday shartnomalarga qaramay, davom etmoqda, ammo ularning mavjudligi bu poygani hech bo‘lmaganda qandaydir ma’noda chegaralashga imkon beradi.
Rossiya uchun ham, Shtatlar uchun ham foydali bo‘lgan narsa - ikkala mamlakat ham ancha ko‘lamli yadro triadasidan iborat, va asosiy masala - bu yangi, xususan, yuqori tovush tezligida yetkazib beradigan vositalarni ixtiro qilish. Xitoyni ikki tomonlama shartnomalarga qo‘shishdan ma’no yo‘q - birinchidan, u miqdoriy va sifat jihatidan orqada qolishi, ikkinchidan, uning o‘zi buni mutlaqo istamasligi. Ammo amerikaliklar bu narsani tobora qo‘polroq talab qilishmoqda. Nima uchun?
Shu kunlarda The Washington Times gazetasida prezidentning maxsus vakili va davlat kotibining qurol nazorati va xalqaro xavfsizlik masalalari bo‘yicha bo‘lajak o‘rinbosari (u hali Senat tomonidan tasdiqlanishi kerak) Marshall Billingsli bilan "Xitoyning ishtiroki – Rossiya bilan yangi SNV shartnomasi imzolanishining asosiy omili" sarlavhali intervyusi chop etildi.
"Yangi SNV shartnomasining asosiy kamchiliklaridan biri, boshqa muammolar bilan bir qatorda, Xitoy unga qo‘shilmagani. <...> Yangi SNV shartnomasi ruslar tomonidan maxkam ushlab olingan masala. Bu Qo‘shma Shtatlarga Xitoy borasida bizning tashvishlarimiz bo‘yicha hech narsa bermaydi, Qo‘shma Shtatlarga Rossiyaning ushbu shartnoma doirasidan tashqarida amalga oshirayotgan bir qator beqarorlashtiruvchi harakatlaridan tashvishlanishimizga hech qanday ta’sir o‘tkazmaydi".
Billingsli ochiqchasiga gapirib o‘tdi - Moskva shartnomani uzaytirish haqida o‘ylashni boshlashdan oldin, u "Xitoyni muzokaralar stoliga taklif qilishi" kerak. Ya’ni, Xitoysiz Rossiya bilan hech qanday kelishuv bo‘lmaydi - bu shartnomani rad etish bilan tengdir. Ammo AQSh nima uchun mutlaqo imkonsiz ssenariy bo‘yicha turib oldi? Shunchakimi? Rossiyaga bosim o‘tkazish uchunmi? Xitoyga yana tanbeh berish uchunmi? Yoki Rossiyani Xitoydan ajratishga urinish uchunmi?
Trampning maxsus vakili so‘zlariga ko‘ra, Xitoyning yangi yadro tizimlari, shu jumladan qisqa masofali raketalari Rossiyani bezovta qilishi kerak:
"Shubhasiz, Xitoy amalga oshirayotgan ishlar, ehtimol, biz tomonga yo‘naltirilgani kabi ularga ham yo‘naltirilgani ehtimoldan holi emas va ruslar buni tan olishga majbur".
Shunaqa - hammasi oddiygina. Moskvaga o‘z tashqi siyosat strategiyasini o‘zgartirish - Xitoyni Rossiyaga tahdid sifatida tan olish va uni amerikaliklar bilan uch tomonlama muzokaralarga tortish taklif etilmoqda. Va bu jiddiy ravishda AQSh prezidentining maxsus vakili tomonidan aytilmoqda. Lekin bunda ajablanarli joyi yo‘q - axir AQShda Amerika geosiyosati uchun o‘z joniga qasd qilishga teng nazariya hanuz mashhurdir, bu nazariyaga asosan uzoq muddatli Rossiya-Xitoy yaqinlashishi mumkin emas, chunki ikki mamlakat o‘rtasida juda katta va tuzatib bo‘lmaydigan qarama-qarshiliklar mavjud. Buning ustiga, axir Billingsli butun dunyodan ajratilgan "iqtisodiyot chil-parchin etilgan" "mintaqaviy qudratga ega derjava" bilan gaplashmoqda. Rossiyaning bu iborada nomlanishi nafaqat Barak Obamaga taadduqli va nafaqat besh yil oldin aytildi - bu Amerika elitasi aksariyat qsimining bunga ko‘r-ko‘rona ishonishidir.
Amerikaning Xitoy va Rossiyadan ustunligiga ishonch shunchalik katta-ki, u har qanday o‘yinni, shu jumladan "Kissindjer uchburchagi"da shafqatsiz bosim orqali kuchlar muvozanatini taqsimlashga imkon beradi (muallifning ko‘rsatmalariga ko‘ra AQShning har ikki mamlakat bilan munosabatlari ikkalisining orasidagi munosabatdan ko‘ra yahshiroq bo‘lishi kerak). Shu bilan birga, sobiq davlat kotibining o‘zi ham 2014-yildan keyin Rossiyaga haddan tashqari bosimga qarshi bo‘lgan, bu faqatgina Moskva va Pekinning yaqinlashishiga hissa qo‘shishiga ishora qilgan. Kissindjer faqat qisman haq bo‘lib chiqdi – chunki Rossiya-Xitoy yaqinlashuvi Qrimgacha va Rossiya va G‘arb o‘rtasida ochiqcha qarama-qarshilik boshlanishidan ham oldin boshlandi. Demak, Amerikaning Rossiyaga bosimi shunchaki Kremlning strategik yo‘nalishi to‘g‘riligini tasdiqladi. Joriy Amerika o‘yinlari va SNV-3 atrofidagi hiylalari Amerikaning yana bir xizmati bo‘lib qoladi - ular Vladimir Putin va Si Szinpin o‘rtasida kelishmovchiliklarni keltirib chiqarmoqchi bo‘lishadi, pirovardida esa Rossiya-Xitoy ittifoqini mustahkamlashga yordam beradilar.