Moskva AQShni eng katta xatodan ogohlantirmoqda

© Sputnik / Pavel Lisisin / Mediabankka o‘tishRazvortivanie operativno-takticheskogo raketnogo kompleksa "Iskander-M"
Razvortivanie operativno-takticheskogo raketnogo kompleksa Iskander-M - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiya AQSh bilan tuzilgan Strategik hujumkor qurollanishni yanada qisqartirish va cheklash to‘g‘risidagi shartnomani uzaytirish tarafdori. Biroq Vashington yangi talab qo‘yib, vaqtni cho‘zmoqda.

TOShKENT, 24 sen — Sputnik. Galiya Ibragimova, Sofya Melnichuk. Rossiya Strategik hujumkor qurollanish to‘g‘risidagi shartnomani (DNSV-3 – keyingi o‘rinlarda) saqlab qolish tarafdori va AQShni buni uzaytirishga chaqirmoqda. Muzokaralar yoz oyidan beri davom etmoqda. Vashington hujjatni qayta ko‘rib chiqishni talab qilmoqda, Moskva biror bir narsani o‘zgartirishdan bosh tortmoqda. Muammo aslida nimada – RIA Novosti o‘rgandi.

Ispitatelniy zapusk raketi Trident II D5 s podvodnoy lodki Nebraska u poberejya Kalifornii - Sputnik O‘zbekiston
AQSh yadro qurolini Yevropadan olib chiqishni rad etdi

“Biz munosabatlarni ko‘rmayapmiz”

“Zudlik bilan hal qilish mumkin va zarur bo‘lgan birinchi navbatdagi masala, - bu, albatta, juda tez orada, 2021-yil fevral oyida muddati o‘z nihoyasiga yetayotgan Rossiya va AQShning Strategik hujumkor qurollanish to‘g‘risidagi shartnomasidir. Biz amerikalik hamkorlarimiz bilan muzokaralar olib bormoqdamiz”, - dedi Vladimir Putin BMT Bosh Assambleyasining 75-sessiyasi ochilish marosimida.

Rossiya prezidenti mamlakatlarni yangi raketa tizimlarini kengaytirishda ham vazminlikka chaqirdi. O‘tgan yili Qo‘shma Shtatlar O‘rta va qisqa masofaga uchuvchi raketalarni yo‘q qilish shartnomasidan (DRSMD) chiqdi, shundan so‘ng Moskva Yevropada ularning joylashtirilishiga moratoriy e’lon qildi. Putin ta’kidladi: “AQSh bunday choralardan o‘zini tiyib turmaganga qadar”.

“Biz, afsuski, taklifimizga oid munosabatni na amerikalik hamkorAQarimiz, na ularning ittifoqdoshlaridan eshitdik”, - deya qo‘shimcha qildi u.

SNV-3 muddatini uzaytirishni Antoniu Guterrish ham bir necha bor tavsiya qilgandi. AQShning shartnomaga Xitoyni ham jalb qilish talabiga esa BMT bosh kotibi salbiy munosabat bildirdi. Rossiya doimiy vakili Vasiliy Nebenzya ham amerikaliklarni “katta xatodan” ogohlantirgandi.

Strategik xavfsizlik tayanchlari

DSNV-3 – yadroviy texnologiyalar ustidagi nazorat sohasida eng muhim hujjat. Moskva va Vashington uni 20210-yilda imzolab, strategik qurol-aslahalarini qisqartirish majburiyatini zimmasiga olgan edi. Jarayon yetmishinchi yillar boshida boshlangandi. O‘shanda sovuq urish dushmanlari birinchi Strategik qurollanishni cheklash to‘g‘risida shartnoma (OSV-1) tuzgandi. O‘shandan buyon bu borada yettita ikki tomonlama bitim qabul qilingan.

Zapusk krilatix raket - Sputnik O‘zbekiston
G‘irrom o‘yini yoki qurolsizlanish bo‘yicha xalqaro shartnomalarni buzish kimga kerak

AQSh bularni hech qachon shubha ostiga qo‘ymagan edi, lekin Donald Tramp prezidentligi hammasini o‘zgartirdi. Oq uy rahbari kelishuvlarni zamonaviy reallikka moslashtirishga intilmoqda, yangi qurollanish poygasi istiqboli esa uni qo‘rqitmayapti.

2019 yil avgust oyida AQSh DRSMDdan chiqish qarorini Rossiyaga bo‘lgan e’tiroz bilan tushuntirdi. Asosiy e’tiroz – go‘yoki Moskva hujjat bilan taqiqlangan SSC-8 raketasini sinovdan o‘tkazgan (Rossiya tasnifida – 9M729).  Amerikaliklar aniq ravshan dalillar taqdim etishmadi.

Shunday bo‘lsa ham, norasmiy suhbatlarda ular tan olishgandi: muammo Moskva xatti-harakatlarida emas. Pentagon Xitoyni o‘rta va qisqa masofaga uchuvchi raketalar yasashda gumon qildi va Xitoy hukumatini strategik qurollanishga oid muzokaralarga qo‘shilishini talab qildi. Pekin bu xohishlarni e’tiborsiz qoldirdi.

Flag OON - Sputnik O‘zbekiston
AQSh BMTni yakson qilishga tayyor, Rossiya esa uni qutqarib qolmoqchi

2020 yil may oyida AQSh Ochiq osmon shartnomasidan chiqdi va yana Moskvani aybladi. Emishki, ruslar nazorat parvozlariga to‘sqinlik qilmoqda. Rossiya Mudofaa vazirligi buni rad etdi. Vazirlik amerikaliklar kosmosni faolroq o‘zlashtirish niyatida ekani va Ochiq osmon shartnomasi ularni qo‘llarini bog‘lab turganini taxmin qildi.

Yadroviy tenglik

“AQSh va NATOni Xitoyning yadroviy dasturi jadallik bilan rivojlanib borayotgani tashvishga solmoqda. Aftidan, xitoyliklar bu masala bo‘yicha Vashington va Moskva bilan baravarlikka erishish niyatida”, - deya tushuntirdi yoz oyida qurollanish ustidan nazorat bo‘yicha AQSh maxsus vakili Marshall Billingsli.

Andrey Koshkin - Sputnik O‘zbekiston
"Ikki yuzlamachi siyosat" - Xarbiy ekspert AQShda raketa sinovi haqida

DSNV-3 Rossiyaning taktik yadroviy salohiyati oshishini cheklamasligi ham Vashingtonni noroziligiga sabab bo‘lmoqda. Billingsli strategik qurollanish verifikatsiyasi joriy mexanizmini ham tanqid qildi.

Munozaralar boshlangan, lekin amerikaliklar navbatdagi shartlarni ilgari surishdi. “AQSh suhbatga eng yangi Rossiya qurollashini qo‘shishni talab qilmoqda, bu ko‘ra bila turib o‘zini bilmaslikka olishni anglatadi”, - dedi Rossiya vaziri.

“Yaxshi taklif”

Uchrashuvlarning ikkinchi bosqichi sentabr oyida yakunlandi – oldinga siljish yo‘q. AQShda yangi talab – qo‘shimcha bitim qabul qilish.

Amerikaliklar unga nafaqat strategik, balki taktik yadroviy qurol-yarog‘larni kiritishni taklif qilishmoqda. Yagona yon berish – Vashington muzokaralar jarayoniga Xitoyni qo‘shishni vaqtinchi keyinga surishga rozi bo‘ldi.

“Biz Rossiyaga yaxshi taklif bildirdik”, - dedi Billingsli.

Visotka na Kotelnicheskoy naberejnoy, Moskovskiy mejdunarodniy delovoy sentr Moskva-Siti i zdanie MID Rossii v Moskve - Sputnik O‘zbekiston
Rossiya AQShning ochiq osmon bo‘yicha shartnomasidan chiqish istagini qoraladi

Rossiya TIV Moskva shartnomani faqat hozirgi ko‘rinishida uzaytirishini ma’lum qildi. Uning amal qilish muddati bir necha oydan keyin tugaydi, va biror bir narsani o‘zgartirishga vaqt yo‘q. Vazirlik kelishib olish jarayonini amerikaliklarning o‘zi cho‘zib yuborganini ta’kidladi.

“AQSh manfaatlar muvozanati asosida biror bir yangilik ishlab chiqishga tayyor bo‘lsa, unda bitimni imzolash mumkin. Biroq vaqt talab etiladi”, - deya vaziyatni izohladi Rossiya TIV rahbari o‘rinbosari Sergey Rabkov.

“AQSh imtiyozlar ortidan quvmoqda”

“Muqobillar ko‘p emas: yoki DSNV-3 ni o‘zgarishsiz uzaytirish, yoki batamom undan voz kechish”, - deya hisoblaydi qurollanish ustidagi nazorat masalalari bo‘yicha mutaxassis Yevgeniy Masnikov.

U shartnomaning asosiy ahamiyatga ega jihatini strategik qurollanish verifikatsiyasi tizimda ko‘rada. “Avvallari bir-birini harakatlarini nazorat qilish qiyin edi. Tomonlar eng yomon ssenariydan kelib chiqishardi va bu keskinlikni kuchaytirardi. Agar tizim qulasa, o‘tmishning takrorlanishi xavfi o‘sadi”, - deya ogohlantiradi ekspert.

Strategicheskiy bombardirovshik VVS SShA B-1 Lancer  - Sputnik O‘zbekiston
Rossiya qiruvchilari AQSh bombardimonchisini chegaradan haydab yubordi

Rossiya siyosiy tadqiqotlar markazining (PIR-Sentr) yangi texnologiyalar va xalqaro xavfsizlik bo‘yicha dasturi direktori Vadim Kozulinning shubhasi yo‘q: shartnomani uzaytirishadi. AQSh talablarini u tikkan pulni oshirish o‘yini singari baholaydi.

“Tramp unga mos keladigan rolda: bitim tuzishdan oldin ko‘proq imtiyozlarga ega bo‘lmoqchi. Lekin vaqt deyarli qolmadi, amerikaliklar esa muddatni uzaytirishga rozi bo‘lishadi. Yangi shartlar – keyingi muhokamalar mavzusi. Buning ustiga Rossiyaning ham taktik yadroviy qurol-yarog‘ va Yevropada amerika quroliga doir takliflari bor”, - deya fikr yuritadi ekspert.

U DNSV-3ga uchuvchisiz uchadigan tizimlar kiritilmasligini aytadi, biroq ularni yadroviy qurol tashuvchilari sifatida ham ko‘rish mumkin.

“Uchuvchisiz uchadigan qurilmalar Rossiyaning ko‘plab savollariga sabab bo‘ladi. Bunday olib qaralsa, bu qanotli raketalar – ko‘p marta foydalanish tufayli jiddiy xavf tug‘diradi. Lekin DNSV-3 bo‘yicha uchrashuvlar doirasida Moskva bu mavzuni hozircha jadallashirmayapti”, - deydi Kozulin.

Uning so‘zlariga ko‘ra, nazorat tizimini saqlab qolish hozir asosan AQShga bog‘liq. Agar AQSh muloqotlarga rozi bo‘lsa, kelajakda unga Xitoy, Fransiya, Buyuk Britaniya, Hindiston, Pokiston – yadro quroliga ega bo‘lgan davlatlarni jalb qilish mumkin.

Yangiliklar lentasi
0