Amerika "ko‘rinmasi"ning yangi fojiasi: F-35 havoda o‘z zapravkachisini taran qildi

Amerikaning ko‘pnishonli F-35 bombardimonchi-qiruvchisi yaxshi ishlanmagan mashina sifatida shuhratini tobora mustahkamlashda davom etmoqda, u mutaxassislarni ajabtovur "xatolar" va yuqori avariyligi bilan hayratga solmoqda
Sputnik

AQSh HDK harbiy-dengiz instituti 30-sentabr kuni El-Sentro harbiy bazasi (Kaliforniya shtati) yaqinida qo‘shimcha zapravka davomida havoda AQSh Dengiz piyodalari korpusiga qarashli KC-130J zapravkachi-samolyot va F-35B Lightning II (Chaqmoq) to‘qnashib ketgani haqida xabar berdi.

Rossiya "Pansiri" amerika dronlari bo‘ylab qaqshatkich zarba bermoqda

Qo‘shimcha zapravka texnologiyasi qiruvchi yoqilg‘i zapravkachisining orqa qismini taran qilganidan dalolat bermoqda. Shundan so‘ng F-35 qulagan va parchalangan. Uchuvchi katapulta qilgan va gospitalda sog‘lig‘ini tiklamoqda. KC-130J tankerining sakkiz harbiy xizmatchidan iborat ekipajlaridan hech kim shikastlanmagan va samolyotni qo‘ndirishga muvaffaq bo‘lishgan.

Amerika tomonidan ishlab chiqarilgan qiruvchilarda avariyaviylik ko‘rsatkichlari nisbatan past bo‘ladi, degan fikr keng tarqalgan bo‘lishiga qaramasdan, 2020-yilning bahor oylari oxiri va yoz mavsumida AQSh HHK va HDKga qarashli yettita qiruvchi halokatga uchragan: F-35A - 19-may va 9-iyun kunlari, F-22 Raptor - 15-may kuni, F-15C Eagle - 15-iyun kuni, F-18F Super Hornet - 18-iyun kuni, va sal keyin - F-16C, u Shou aviabazasida katta yong‘inni yuzaga keltirgan edi (Shaw Air Force Base). Gap yangi mashinalar haqida borar ekan, bu uning ekspluatatsiyasi va jangovar qobiliyatida mavjud muammolardan darak beradi.

F-35 modernizatsiyasi - to‘kilgan obro‘ oqibati

"Beshinchi avlod" qiruvchilari bo‘lmish F-35 uchta modifikatsiyada ishlab chiqilgan: F-35A HHK uchun (standart uchish va qo‘nish funksiyasiga ega), F-35B Dengiz pexotalari korpusi uchun (qisqartirilgan uchish va vertikal qo‘nishni amalga oshiradi), F-35C HDK uchun (uchish aviatashuvchi katapultasi orqali amalga oshiriladi va aerofinisher vositasida qo‘nadi). Va bu "ko‘rinmaslar oilasi" qisqa vaqt ichida falokatlarda uchta samolyotni yo‘qotdi. Eslatib o‘tamiz, 2019-yilda yapon HHK F-35A samolyoti halokatga uchragan, 2018-yilda esa F-35B Lightning II qiruvchisi amerikaning Dengiz piyodalari korpusi aviabazasi - Bofort (Janubiy Karolina shtati) yaqinida halokatga uchradi va sal oldin yong‘in tufayli shikastlangan F-35B ham hisobdan chiqarilgan edi.

Narx va sifat paradokslari

Negizida F-35 Lightening II qiruvchisi yaratilgan Joint Strike Fighter (JSF) dasturi o‘tgan yilning oktabr oyida o‘zining loyihaviy quvvatiga chiqdi.

G‘alati “ko‘rinmas”: nima sababdan F-35 dumi tovush tezligidan yuqori tezlikda uzilib tushadi

Shu munosabat bilan Lockheed Martin kompaniyasi va AQSh Mudofaa vazirligi o‘rta istiqbolda 478ta F-35 samolyotlarini xarid qilish rejasini e’lon qilishdi, ular orasida 291 qiruvchi AQSh HK, 127 mashina - JSF dasturi xalqaro sheriklari va yana 60 qiruvchi - xalqaro xaridorlar uchun mo‘ljallangandi. 478 samolyotning umumiy bahosi - 34 milliard $ni tashkil qildi. Taxminlarga ko‘ra, seriyalar ortib borishi bilan F-35A qiruvchisining narxi ham (hozirda - 100 million $ atrofida) sekin-asta tushib boradi va 13-partiyadan boshlab 80 million $dan past bo‘ladi. Biroq, "chaqmoq"ning arzonlashuvi sifatning bunga qadar e’lon qilingan beshinchi avlod texnologik darajasiga ko‘tarilishini kafolatlamaydi.

Ilgariroq, Pentagonga yaqin Defense News nashri F-35 Lightning II ga o‘ta sovuqqonlik bilan berilgan baholarni e’lon qilgandi. Agar juda qisqa qilib aytadigan bo‘lsak, F-35 – tovush tezligiga qadar bo‘lgan qiruvchi, forsajda tezlikni bir daqiqadan ortiq oshira olmaydi, 1 Maxdan ortiq tezlikda esa korpusi qizib, halokatga uchrashi xavfi yuzaga keladi. 1,6 Maxdan keyin samolyotning shunchaki dumi uzilib tushishi mumkin. Beshinchi avlod qiruvchisining kreyser tezligi 1,4 Maxdan past bo‘lolmasligi tufayli, F-35 Lightening II to‘rtinchi avlodda "qotib qoldi". Mashinadagi beshta ushbu o‘ta xavfli nuqsonlar texnologik jihatdan bartaraf etilmaydigan sanaladi va tabiiyki, umumiy qiymati 1,7 trillion dollardan oshadigan ishlab chiqarish dasturini og‘ir ahvolga solmoqda.

G‘alati “ko‘rinmas”: nima sababdan F-35 dumi tovush tezligidan yuqori tezlikda uzilib tushadi

2020 yilning sentabrida F-35 parvozlar uchun o‘ta qimmat deya tan olindi: ushbu dastur keyingi besh yil davomida moliyalashtirilishda 10 milliard dollar tanqislikni boshdan kechiradi. Majburiy "modernizatsiyalash", qurollantirish liniyasi bo‘yicha qo‘shimcha tadqiqotlar va ishlanmalar, yoqilg‘i, ehtiyot qismlarining yetkazilishi va texnik xizmat ko‘rsatishni tashkil etish tufayli F-35 haddan ziyod qimmatbaho texnikaga aylandi. Garchi foydalanishda ikki motorli F-22 Raptor dan arzonroq bo‘lsa-da.

Bu yerda shuni nazardan qochirmaslik kerakki, F-22 atigi 187 dona yaratilgan, F-35 ni esa 3000 dan ziyod seriyada ishlab chiqish mo‘ljallangan. Bunday miqdordagi "chaqmoqlar" Qo‘shma Shtatlarga do‘st bo‘lgan o‘nlab davlatlarning, qolaversa, Pentagonni o‘zining budjetini ham tinchlik mahalida bombardimon qilib tashlashga qodir. Ushbu xatar haqiqatda mavjud, axir F-35 dasturining 75% narxi ekspluatatsiya harajatlariga to‘g‘ri keladi va bu chiqimlar kutilgandan ko‘ra ko‘proqni tashkil qilmoqda - buning boisi esa texnik xizmat ko‘rsatish va yoqilg‘i sarfiga bo‘lgan o‘ta yuqori talablarda.

Ya’ni, texnologik jihatdan "xom" F-35larning doimiy jangovar hozirligini qo‘llab-quvvatlab turish F-16 yoki F-18 qiruvchilariga nisbatan ancha murakkab va qimmatdir. Qolaversa, nimani qo‘llab-quvvatlayotganingiz ham hali noma’lum, chunki yuqori texnologiyali dushman bilan to‘qnashuvda jangovar foydalanish tarixi hali deyarli nolga teng.

Parvoz vaqtida F-35ning dumi tushib qolsa, termoyadro bombalari taqdiri ne kechadi

Harbiy qudrat imitatsiyasi

Amerika armiyasi F-35 Lightening II qiruvchilari uchun taxminan 15 ming dona talablarga mos kelmagan ehtiyot qismlarni qabul qildi. Yuzaga kelayotgan muammolarni hal etish uchun "chaqmoqqa" yaqin orada 70 million dollardan ortiq mablag‘ sarflanadi. F-35 ekspluatatsiya xarajatlarining doimiy oshishi, "iste’molchining" ishlab-chiqaruvchi-firma dasturiy ta’minoti (yangilanishlarga) tobeligi kuchayishi, ehtiyot qismlarni yetkazib berishdagi turbulentlik - potensial dahshatli samolyotni deyarli jangovar yaroqsizga aylantirmoqda.

Ishlab chiqaruvchi Su-57 qiruvchining sirlarini oshkor qildi

"Chaqmoqlar" nazariy jihatdan faqatgina radarlarni aylanib o‘tish va dushman mudofaasi o‘rtasida zarba yetkazishga qodir.

Haqiqatda, barcha modifikatsiyadagi F-35 qiruvchilari ochiq balandlik va tezlikda, istalgan komplektdagi aslahalar bilan ham - potensial dushmanning radarlari ekranida maksimal masofada ham yarqirab ko‘rinib turadi. Ya’ni, o‘zining konseptual-texnologik vazifalarini bajarishga qodirmas va oldindan jangovar harakatlar zonasida sekin yurar zaif nishonga aylanadi.

Shu narsa ma’lumki, Eron Rossiyada ishlab chiqarilgan radar yordamida amerika "ko‘rinmaslari" joylashuvini a’lo darajada ko‘radi - bu Fors qo‘ltig‘idagi ikkita F-35A eskadrilyasi va hatto Qatardagi F-22 Raptor eskadrilyalari. Tehronning eng samarali xaridi katta masofaga ega bo‘lgan - S-300PMU-2 havodan hujumga qarshi mudofaa tizimidir. U o‘ta kuchli radarlar va raketa uchirish qurilmalarini o‘z ichiga oladi. Eron tomonidan o‘rnatilgan "Rezonans-NE" havodan hujumga qarshi tizimi ham o‘ta samarali, u mamlakat chegaralari yaqinidagi F-35 qiruvchilarini muvaffaqiyatli aniqlab, kuzatmoqda.

Eng yangi qiruvchilar va vertolotlar - MAKS-2019

Radiolokatsiya sohasida erishilgan so‘nggi yutuqlar asosida rossiyalik mutaxassislar tomonidan yaratilgan "Rezonans" 600 metrgacha masofada va 100 kilometr balanlikda aerodinamik havo obyektlarni (xususan, "ko‘rinmas-qiruvchilar" va gipertovushli raketalarni ham) aniqlash va nishonni to‘g‘ri olish bo‘yicha ko‘rsatmalarni berishga qodir . Shu bilan birga, ballistik nishonlar 1 100 kilometrda "Rezonansa-NE"ning ko‘rinish zonasiga tushadi. To‘g‘risini aytganda, Eron Islom Respublikasining butun boshli havo hujumidan mudofaa tizimi - taxminan 2017-yildan buyon Pentagon uchun katta bosh og‘rig‘iga aylangan va shu sababli ham isonkor Tehronni bombardimon qilishmayapti.