Bugungi kunda Amerikaning maqtalgan “Chaqmogʻi”ning texnologik jihatdan tuzatib boʻlmaydigan beshta muhim kamchiligi bor.
AQSH aviatsiyaning yuqori texnologiyalarida yetakchilik qilishdan koʻra reklama qilish va sotishni yaxshiroq eplaydilar. Pentagon mutaxassislarining fikriga koʻra, beshinchi avlod talablariga javob bermaydigan, Amerikaning F-35 koʻp qirrali qiruvchi-bombardimonchi samolyotining yaratilishi va ilgari surilishining uzoq tarixi bunga dalildir.
Lockheed Martin dushanba kuni boʻlib oʻtgan matbuot anjumanida Amerikaning F-35 samolyotini oltinchi avlod qiruvchi samolyotiga aylantirish niyatini bildirdi. Shuni aytish joizki F-35 Lightning II loyihasida beshinchi avlod parametrlariga erishib boʻlmadi va yuqori texnologik qadam ham roʻy bermadi. Qizigʻi shundaki, Yevropaliklar oʻzining oltinchi avlod qiruvchilarining ikkita (AQShdan mustaqil) loyihasini faol ilgari surmoqda, Lockheed Martin esa ittifoqchilar tashabbusini oʻchirishga intilmoqda - ular “sinahta” boʻlgan F-35 variantiga taqqoslashib, uni ilgari surishmoqda, goʻyo u 2020-2030 yillardagi modernizatsiyadan keyin oltinchi avlodga javob beradi.
Amerikaliklarning F-35 Lightning II ni Yevropa va boshqa ittifoqdoshlariga faol ravishda sotishga (birlik oʻrtacha narxi 100 million dollar) urinishini tushunsa boʻladi. Koʻp qirrali qiruvchi-bombardimonchini yaratish dasturining qiymati taxminan 1,3 trillion dollarni tashkil etdi, investitsiyalar esa foyda keltirishi kerak.
Lockheed korporatsiyasi dunyoning toʻqqiz mamlakatiga 500 dan ortiq F-35 samolyotlarini yetkazib berdi. Har yili 100 dan ortiq “Chaqmoq” ishlab chiqarilmoqda. F-35ning turli xil modifikatsiyalari 2011 yildan beri seriyali ishlab chiqarilmoqda, lekin samolyotlar foydalanishda aviatsiya mutaxassislarining hafsalasini pir qilmoqda. Soʻnggi ikki oy ichida Amerikaning yettita qiruvchisi haloqatga uchradi, ular orasidagi uchta "beshinchi avlod" samolyotlaridan ikkitasi F-35A.
Bugungi kunda “Chaqmoq” texnologik jihatdan tuzatib boʻlmaydigan beshta muhim kamchiliklarga ega. Masalan, bortdagi inert gaz ishlab chiqarish tizimining (OBIGGS) konstruktiv xususiyatlari u uchayotgan paytda yoqilgʻi baklarining portlashiga olib kelishi mumkin - atmosferadagi elektrenergiya zaryadi sababli. Faktlar shuni koʻrsatadiki, F-35 Lightning II - bu 4-chi avloddagi tovush tezligigacha tezlasha oladigan qiruvchi, va u forsajda 1 daqiqadan koʻp boʻlmagan vaqt ichida tezlashishga qodir holos.
Bundan tashqari, “koʻrinmas” F-35 zamonaviy radarlarda juda yaxshi koʻrinadi, ayniqsa 1 Max tezlikda roʻy beradigan korpus qizib ketishida. Tezlik 1,6 Maxdan oshganda samolyotning dumi shunchaki uzilib ketishi mumkin. Pentagon operatsion hususiyatlarni oʻzgartirishga majbur boʻldi - endi F-35 qisqa tezlashishga qodir tovush tezligidan past uchuvchi samolyot deb hisoblanadi.
F-35 Lightning II ning obroʻsi anchagina toʻkildi va samolyotni oltinchi avlodga “teleportatsiya qilinishi”ni eʼlon qilish vaqti keldi. Unda bir nechta tashqi qurol tizimlari va uchuvchisiz havo vositalarini (tarmoq markazli jangovar operatsiyalar) boshqarish uchun rivojlangan tarmoqli imkoniyatlariga ega boʻlishi talab qilinadi. Albatta, ittifoqchilarning oʻzlarining global axborot tarmoqlari yoʻq, Pentagon tarmogʻiga ulanish esa F-35 narxlari va samaradorligiga taʼsir qiladi.
Amerikaliklarning biznes-rejasi koʻrinishidan benuqson, lekin baribir jiddiy voqelikka zid keladi. “Chaqmoq”ning toʻrtinchi (de-fakto) avloddan oltinchi avlodga evolyutsion aylanishi juda imkonsiz koʻrinadi.
Lockheed Martin vaʼdalari
Mutaxassislarning fikriga koʻra, bugungi kunga kelib “havo kuchlarining markazdan uchirilgan qoʻmondonlik va boshqaruv tizimi barcha yoʻnalishlarda keng koʻlamli hujumlarni tashkil qilish uchun F-35 samolyotlarining hisoblash quvvatidan, sensorlari va aloqa uskunalari maʼlumotlaridan foydalanmoqda”. Bu yerda men aniqlik kiritmoqchiman: bu hujumlar qayerda va qachon amalga oshirilgan, natijasi qanday boʻlgan? Ammo taqdimotlar voqelikni inkor qiladi.
Lockheed vitse-prezidenti Greg Ulmerning taʼkidlashicha, Tech Refresh 3 yangilanishlar paketi tarkibiga hisoblash qobiliyati kuchaytirilgan yangi integratsiyalangan protsessor, kabina uchun panoramali displey va kengaytirilgan xotira bloki kiradi. Ushbu seriyadagi samolyotlar 2023 yildan konveyerdan chiqa boshlashi kerak. Shu vaqtning oʻzida, yangi dasturiy taʼminot yordamida samolyotning imkoniyatlarini operativ tarzda kengaytirishga imkon beradigan ochiq arxitekturaga ega platforma paydo boʻladi.
Shu oʻrinda eslatib oʻtish joyiz, F-35 qoʻshma dasturiy taʼminot idorasi (JPO) birinchi 66 ta apparat va dasturiy taʼminot yangilanishlarini (2019 yilgi AQSH Kongressiga hisobotda taqdim etgan) belgiladi, ulardan sakkiztasini oʻtgan yili amalga oshirilishi vaʼda qilingan. Bugungi kunga kelib, faqat sirt bilan toʻqnashuvining oldini olishning avtomatik tizimi tayyor holos. Bajarishning bunday tezligi havotirga soladi, albatta. Biroq, Lockheed Martin sezilarli texnologik qadamni vaʼda qilmaydi ham, istiqbolda faqat “evolyutsion jarayon”.
Kelajak qiruvchi samolyoti uchun parvoz radiusini 40% ga kengaytirishga imkon beruvchi tashqi yonilgʻi baklari bilan jihozlanishi loyihalashtirilmoqda (havoda yoqilgʻi quyish ancha oson). 2030 yilga kelib F-35 qiruvchilari goʻyoki oltita zamonaviy, “havo-havo” tipidagi oʻrta masofali AIM-260 yoki Raytheon AIM-120 raketalarini tashishi va uzoq masofaga moʻljallangan raketalar bilan dengizdagi nishonlarni urishga qodir boʻladilar. Ehtimol, oʻn yildan keyin bu bilan hech kimni ajablantirib boʻlmaydi – AQShning ehtimoliy dushmanlarining barcha kemalari kuchli havo mudofaa tizimlari va gipertovush qurollarga ega boʻladi.
AQSH Harbiy-havo kuchlari F-35-ni sunʼiy intellekt (jangovar dronlar toʻdasi) bilan jihozlangan arzon dronlar bilan birlashtirish istagini bildirdi. Huddi oʻsha Ulmerning soʻzlariga koʻra, yangilash paketiga dronlar tarmoqlarini boshqarish texnologiyasini kiritish hali rejalashtirilmagan, ammo bunga erishish mumkin. “Chaqmoq”ning rivojlanishining yana bir potentsial yoʻnalishi – bu raketalarga qarshi mudofaa. Lockheed Martin soʻzlariga koʻra, barcha ehtimoliy oʻzgarishlar, F-35-ni “beshinchi va oltinchi avlod qiruvchisi oʻrtasidagi chegarani oʻchiradigan” holatga olib keladi.
Ittifoqchilar va ehtimoliy dushmanlar ham joyida qotib turmasligi ravshan va oʻn yildan soʻng Pentagonga yaqin boʻlgan Defense News nashri F-35 qiruvchilarini “yomonlashni” muntazam davom etadi. Qanday boʻlmasin, keng miqyosli modernizatsiya – deyarli hal boʻlgan ish. AQSH Kongressiga “Chaqmoqning” yangilanishlari roʻyxati taqdim etilib boʻldi va mudofaa sanoatining tarafdorlari bu bilan toʻhtab qolmaydi.
Oʻn yillik istiqbollar
“Beshinchi avlod” F-35 Lightning II-ning bir qator qimmat nosozliklaridan soʻng, AQSH Kongressi oltinchi avlod qiruvchi samolyotlarini yaratish dasturini moliyalashtirishni 2021 moliya yilida 85 foizga qisqartirish niyatini bildirdi. Bunday sharoitda “oʻn yillik modernizatsiya” - korporatsiyaning muvaffaqiyatli qadami.
F-35 modelini modernizatsiya qilishning optimistik stsenariysi global mudofaa xarajatlarining oshirilishini va F-35 samolyotlari sotuvini 4000 tagacha koʻpaytirishni nazarda tutadi. Neytral stsenariysi - mudofaa xarajatlari 2040 yilgacha bir xil darajada qolishini nazarda tutadi, bu esa modernizatsiya dasturini sekinlashtiradi, lekin sotuvga taʼsir qilmaydi. Salbiy stsenariy harbiy xarajatlarni uzoq muddatli qisqartirilishi bilan bogʻliq va modernizatsiya jarayonini sekinlashishi va 2020-2030 yillarda yetkazib berishni qisqartirishi bilan bogʻliq.
Ushbu sxemalar yetarlicha shartli va koʻplab tashqi omillarni, shu jumladan sayyoradagi qoʻshnilarning texnologik rivojlanishi va qayta qurollantirilishini hisobga olmaydi. F-35 dasturining tajribasi shuni koʻrsatadiki, katta moliyaviy qoʻyilmalar har doim ham texnologik mukammallik bilan bogʻliq emas. Barcha davlatlar aviatsiya sohasi mutaxassislari amerikaliklar “Chaqmoq”ni oltinchi avlodgacha modernizatsiya qilinishidan nima chiqishini qiziqish bilan kuzatishadi.
Bu yerda oltinchi avlod kontseptsiyasi, umumiy jihatlarda, AQShda hali shakllanmagan tizim doirasida “markazlashgan tarmoq” samolyotini nazarda tutishini tushunish muhimdir (yevropalik ittifoqchilarda ham bunaqasi yoʻq). Hatto mavjud (aslida toʻrtinchi avlod) F-35 modifikatsiyalarining dasturlari ham mukammal emas. Ochiq arxitektura va gipertovush qurol – hali beri loyihada. Dvigateli zaif. Koʻrinmaslik – afsona sohasidan. F-22 va F-35 qiruvchilarining jangovar samaradorligi yuqori texnologiyali dushman bilan toʻqnashishi orqali sinovdan oʻtkazilmagan. Suzuvchi koordinatalar tizimida koʻr-koʻrona “modernizatsiya”ning keyingi yoʻli muvaffaqiyat qozonishni kafolatlamagan.
Ehtimol, Amerika “Chaqmoq”larining maqsadi texnologik muvaffaqiyat emas, ahir yaqqol “ishkal”lari va yuqori narxiga qaramay, toʻqqiz mamlakatga 500 ta samolyot sotilib boʻlgan.
Agar "xom" qiruvchilarni sotish qobiliyati foyda keltirayotgan boʻlsa, yuqori texnologiyalar asosiysi emas, xususiyatlarga bezak berish, cheksiz modernizatsiyalar, “markazlashgan tarmoq” doirasidagi jangovar harakatlarga tayyorgarlik - faqatgina aql bovar qilmas mahsulotni “Yulduzlar urushi” yoki “Mashinalar qoʻzgʻoloni” uslubida marketing va reklama qilishga xizmat qiladi holos. Lockheed Martin esa 2024 yilga kelib har yili 180 ta F-35 Lightning II qiruvchilarini ishlab chiqarishni vaʼda qildi.