Rossiya "Pansiri" amerika dronlari bo‘ylab qaqshatkich zarba bermoqda

© Foto : press-slujba Zapadnogo voyennogo okruga Minoboroni RF / Mediabankka o‘tishZenitniy kompleks "Pansir-S1", arxivnoe foto
Zenitniy kompleks Pansir-S1, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Amerika tomoni Rossiyada ishlab chiqarilgan liviya kompleksi zarbasidan keyin UUQ yo‘q qilinganini tan oldi, deb yozadi Sputnik harbiy sharhlovchisi Aleksandr Xrolenko.

Rossiya Federatsiyasini G‘arbdagi raqiblarining jahon qurol bozoridagi dunyoning eng yaxshi zenit-raketa va raketa-pushka (to‘p) komplekslarini obro‘sizlantirishga qaratilgan alohida urinishlari jiddiy reallik bilan uchrashuvga dosh bera olmayapti.

Rossiya quroli jangovar sharoitda g‘arbda ishlab chiqarilgan eng yangi namunalardan ancha ustuvorligini namoyon etmoqda va "Pansir - S" ("Pansir" - "Sovut" ma’nosida - tarj.) mobil kompleksi - bunga yorqin misoldir.

© Sputnik / Vitaliy Ankov / Mediabankka o‘tish"Pansir-S" zenit raketa-to‘p kompleksi "Armiya-2020" Xalqaro harbiy-texnik forumi doirasida o‘tkazilgan Rossiya HKK aviatsiya texnikalari, Tinch okeani floti dengiz aviatsiyasi va DOSAAF uchar apparatlari ko‘rgazmasida. Primorsk o‘lkasi, Vladivostok yaqinidagi Sentralnaya Uglovaya aerodromi.
Rossiya Pansiri amerika dronlari bo‘ylab qaqshatkich zarba bermoqda - Sputnik O‘zbekiston
"Pansir-S" zenit raketa-to‘p kompleksi "Armiya-2020" Xalqaro harbiy-texnik forumi doirasida o‘tkazilgan Rossiya HKK aviatsiya texnikalari, Tinch okeani floti dengiz aviatsiyasi va DOSAAF uchar apparatlari ko‘rgazmasida. Primorsk o‘lkasi, Vladivostok yaqinidagi Sentralnaya Uglovaya aerodromi.

AQSh Qurolli kuchlari Afrika qo‘mondonligi (AFRICOM) 2019-yilning noyabrida Liviyada "Pansir-S1/E" zenit raketa-pushka majmuasi tomonidan amerika zarba beruvchi uchuvchisiz uchish qurilmasi - MQ-9 Reaper ("O‘roqchi") hamda Italiya armiyasining ko‘p nishonli droni - MQ-1 Predator ("Yirtqich") urib tushirilganini katta kechikish bilan tan oldi.

Raketnie ustanovki Azerbaydjana udarili po Nagornomu Karabaxu - Sputnik O‘zbekiston
Qorabog‘dagi ziddiylashuv va dronni qo‘llashdagi "suriya" tajribasi

AFRICOM razvedka boshlig‘i kontr-admiral Xaydi Berg tafsilotlarni keltirib o‘tirmadi, ammo sal avval, 20- va 21-noyabr kunlari Liviya poytaxti Tripoli hududida Xalifa Xaftar qo‘mondonligidagi Liviya milliy armiyasi qurollari safida bo‘lgan "Pansir" zarbasi bilan AQSh va NATO dronlari urib tushirilgani haqida xabar berilgan edi.

Majmua 50 dona hajmda BAA tomonidan Rossiyadan sotib olingan, Amirliklar tomonidan muvaffaqiyatli ishlatilgan va keyinchalik Liviyaga o‘tkazilgan.

Shunisi ma’lumki, MQ-9 Reaper va MQ-1 Predator dronlari yer ustidagi nishonlarning o‘q yetmaydigan ovchilari sifatida yaratilgan, ammo Liviyadagi yuqori texnologiyali "Pansir"ga ularning tishi o‘tmadi.

Shu bilan birga, narx bo‘yicha taqqoslanganda - "Pansir S1/E" ZRPK (NATO kodifikatsiyasiga ko‘ra – SA-22 Greyhound, eksport narxi - 14 mln. dollargacha) samaradorligi Amerika ishlab chiqargan o‘ta qimmatbaho bo‘lgan (narxi 30 mln. dollargacha) og‘ir uchuvchisiz uchish qurilmalarini sezilarli darajada ortda qoldiradi.

Perviy polet bespilotnika Altius-U - Sputnik O‘zbekiston
Rossiya Havo-kosmik kuchlari 2021-yilda "aqlli" zarba dronlarini qabul qiladi

Oldinroq, MQ-9 Reaper Eron, Suriya, Yaman hududlari ustida ham urib tushirilgan, shunga qaramay zaif "o‘roqchi" AQSh va NATOning qator davlatlarida eng yaxshi zarba droni sifatida qolmoqda. Pentagon faqat tez orada Rossiyaning "Pansir-S1" komplekslarini yo‘q qilishga mo‘ljallangan dronlar maxsus oilasini yaratishni rejalashtirmoqda.

Amerikaning yangi UUQlari o‘lchami nisbatan kichik, vazni 100 kilogacha, tezligi soatiga 130 kilometr, 350 kilometrgacha masofa bosib o‘tish imkoniga ega bo‘ladi. Hozircha esa AQSh armiyasi Arizonadagi Yuma poligonida qo‘lida mavjud uskuna bilan "Pansir"ni yo‘q qilish priyomlarini mashq qilmoqda.

Olimpiyacha uzoqlashuv

Jangovar faoliyat yillari davomida sayyoramizning turli mintaqalarida "Pansir" majmualari yuzdan ziyod dronlarni yo‘q qilib, mutaxassislarning yuqori bahosini olishga muvaffaq bo‘ldi.

© Sputnik / Maksim Blinov / Mediabankka o‘tish"Pansir-S" zenit raketa-to‘p majmuasi "Kavkaz-2020" jamoa-shtab mashg‘ulotlari vaqtida. "Ashuluk" poligoni, Astraxan viloyati
Rossiya Pansiri amerika dronlari bo‘ylab qaqshatkich zarba bermoqda - Sputnik O‘zbekiston
"Pansir-S" zenit raketa-to‘p majmuasi "Kavkaz-2020" jamoa-shtab mashg‘ulotlari vaqtida. "Ashuluk" poligoni, Astraxan viloyati

Suriyada majmua "aqlli raketalar" galasi va ko‘z ilg‘amas dronlar uyasiga qarshi kurashishda eng samarali vosita nomini qozondi.

Suriya tajribasini hisobga olgan holda, "Pansir-S1M" ZRPKning modernizatsiya qilingan eksport versiyasi barcha turdagi uchuvchisiz uchish qurilmalarini samarali aniqlash va maksimal masofada nishonga olib, urib tushirish qobiliyatiga ega bo‘ldi. "Pansir-SM"ning yangi modifikatsiyasi 75 kilometrgacha bo‘lgan masofada nishonlarni aniqlay oladi, yangi raketalarning va’da qilingan yo‘q qilish radiusi 40 kilometrgachadir.

Mejdunarodniy voyenno-texnicheskiy forum Armiya-2019. Den tretiy - Sputnik O‘zbekiston
Suriyada eng samarali mudofaa vositasi deb topilgan "Pansir" endi harbiy dengiz flotida

Fikrimcha, sentabr oyining so‘nggi kunlarida "Pansir" Tog‘li Qorabog‘da foyda berib, mojaro tomonlarining jonli kuch va texnikaga doir yo‘qotishlarini kamaytirgan bo‘lar edi. Armaniston va Ozarbayjon qo‘shinlari aniqlash va yo‘q qilish qiyin bo‘lgan razvedka va zarba UUQlardan faol foydalanishmoqda.

Zamonaviy tendensiyalar shundan iboratki, havo nishonlarining yo‘q qiluvchi va tezlik imkoniyatlari muntazam oshib, o‘lchamlari va ko‘rinish darajasi esa kichrayib bormoqda.

Suriyada raqib havodan kombinatsiyalangan zarbalarni berardi - dronlar va raketalar bir vaqtning o‘zida nishonga turli yo‘nalishlardan yaqinlashardi (bitta zarbada 13ta UUQgacha), ammo bu foyda bermasdi.

Rabochaya vstrecha prezidenta RF V. Putina s sovetnikom po nauke OAO VPK NPO mashinostroyeniya G. Yefremovim - Sputnik O‘zbekiston
Putin Rossiya nega gipertovushli qurol yaratishga majbur bo‘lganini aytdi

"Pansir" o‘t ochish tizimi boshqaruvi fazalashgan antenna-panjara bilan integrallashgan. U havodagi nishonlarni va shaxsiy raketalarini kuzatadi, uchar apparatlarning hatto mayda detallarini ham farqlay oladi. Uchta radarga ega - optik, olisdagi aniqlash (50 kilometrgacha) va nishonni kuzatish - ko‘r zonaga ega emas.

"Pansir-S" ZRPK - qudratli artilleriya va ko‘prejimli raketa aslahalarini, integrallashgan radiolokatsiya-optik boshqaruv tizimini o‘zida jamlagan dunyodagi yagona mudofaa tizimidir. Majmua 20 kilometrdan kam bo‘lmagan masofada harbiy va fuqarolik obyektlarini zamonaviy qanotli va supertovushli raketalar, aviabombalar va dronlardan ishonchli pana qiladi (havodan hujumga qarshi mudofaa gumbazi balandligi - 15 kilometr).

"Pansir" 40tagacha ikki pog‘onali boshqariladigan tezlatkichli qattiq yoqilg‘ili zenit raketalari hamda parchalanadigan sterjenli jangovar qism bilan o‘qlangan va bir vaqtning o‘zida soniyasiga 1000 metr tezlikda uchadigan bir nechta nishonlarni yo‘q qilishga qodir.

Pusk ballisticheskoy raketi operativno-takticheskogo raketnogo kompleksa Iskander-M s poligona Kapustin Yar v Astraxanskoy oblasti - Sputnik O‘zbekiston
Rossiya quroli: “Iskander” nima uchun matroslarning yo‘l-yo‘l maykasini kiyib ko‘rmoqda

Narxi ham nisbatan arzon (S-300 va S-400 zenitnix komplekslarining qimmatbaho raketalarini dushmanning arzon dronlariga sarflash be’manilikdir)

30 millimetr kalibrli va daqiqasiga 5000ta o‘q otish tezligiga ega (nishonni urish masofasi - 5 kilometrgacha) ikkita oltistvolli pushkalar ham ZRPK jangovar imkoniyatlarini sezilarli kengaytiradi.

"Pansir" majmuasi Piyoda qo‘shinlari va Rossiya HDF qurollari safiga qabul qilingan, Qutb doirasida sinovlardan muvaffaqiyatli o‘tgan (Kol yarimorolida tajribali harbiy navbatchilik olib bormoqda), ulkan eksport salohiyatiga ega.

© Sputnik / Valeriy Melnikov / Mediabankka o‘tishO‘ziyurar "Pansir-S" zenit raketa-pushka kompleksi "Armiya-2019" Xalqaro harbiy-texnika forumida, "Alabino" poligoni.
Rossiya Pansiri amerika dronlari bo‘ylab qaqshatkich zarba bermoqda - Sputnik O‘zbekiston
O‘ziyurar "Pansir-S" zenit raketa-pushka kompleksi "Armiya-2019" Xalqaro harbiy-texnika forumida, "Alabino" poligoni.

Rossiya shu paytga qadar xorijiy sheriklardan 15ta ariza qabul qilgan. "Pansir"ning bevosita analoglari dunyoda yo‘q, yaqin orada bo‘lishi ham kutilmayapti. Amerikaliklar uchun "Aksil-Pansir" dronlar oilasini ixtiro qilish juda qiyin kechadi.

Falsafiy o‘zaro olishuv

Havodan hujumga qarshi ishonchli mudofaa - qo‘shinlar va zarba qurollari jangovar barqarorligining asosini tashkil qiladi. Havodan hujumga qarshi mudofaa tizimi samaradorligiga nisbatan zamonaviy talablarni hisobga olgan holda, "Pansir-S" eng so‘nggi modeldagi gipertovushli (tezligi - 5 Maxgacha) raketaga ega bo‘ldi.

Odamlar ishtiroki muhim bo‘lgan raketa-pushka majmuasi negizida rossiyalik mutaxassislar "Pansir" zenit robot-avtomatini yaratishmoqda. RF Mudofaa vazirligi bu borada qat’iy qaror qabul qilib bo‘lgan, taktik-texnik talablar aniqlashtirilgan.

Perviy polet noveyshego bespilotnika Oxotnik - Sputnik O‘zbekiston
"Ko‘rinmas" qotil: Rossiyaning "ovchi" droni AQSh va NATOni nega tashvishga solyapti?

Sun’iy ongga ega mashina nishonlarni avtomatik ravishda aniqlaydi, taniydi va yo‘q qiladi.  Bularning barchasi operator ishtirokisiz bajariladi. Bu esa o‘ta past va o‘ta yuqori temperaturalar yoki dushman tomonidan ommaviy (kimoviy, biologik yoki yadroviy) qirg‘in quroli qo‘llaniladigan bir sharoitlarda juda muhim ahamiyatga ega.

Shu tariqa, Rossiya Havodan hujumga qarshi mudofaa sohasida yangi texnologik sakrashni amalga oshirmoqda. Va, albatta, o‘z yutuqlari bilan yaxshi ittifoqdoshlari va sheriklari bilan bo‘lishadi.

Bespilotniy letatelniy apparat (BPLA) - Sputnik O‘zbekiston
Eron noma’lum xorijiy dronni urib tushirdi

Amerikaning The National Interest nashri "Pansir"ni dronlar ishtirokidagi yopirilgan hujumlarni qaytarish uchun ideal qurol deb hisoblaydi. Shu bilan birga, Rossiya armiyasining quruqlikdagi kuchlari har doim havodan hujum kutishini, shu uchun havo hujumidan mudofaaning turli xil arsenaliga ega ekanligini xavotir bilan qayd etadi.

AQSh Quruqlikdagi qo‘shinlari HHKning havodagi tahdidlarni zararsizlantirish qobiliyatiga tayanishga odatlangan va yaqin radiusda ishlaydigan "Pansir" singari havodan hujumga qarshi mudofaa majmuasiga ega emas.

Buning ustiga, ZRPKning havodagi nishon bo‘ylab o‘q uzishi narxi -hujum droni narxidan yuz barobar arzon, jangovar holatda "Pansir" yo‘qotishlari ham minimal darajada, u ham bo‘lsa, asosan murakkab texnikani mahoratsiz ishlatish bilan bog‘liq.

Yangiliklar lentasi
0