G‘alati “ko‘rinmas”: nima sababdan F-35 dumi tovush tezligidan yuqori tezlikda uzilib tushadi

Obuna bo‘lish
Rossiyaning Su-57 beshinchi avlod qiruvchisi va Amerikaning ko‘p qirrali ko‘rinmas F-35-i osmonda raqibmi? Harbiy sharhlovchi Aleksandr Xrolenko bunga javob beradi.

Amerikaning F-35 ko‘p qirrali qiruvchi-bombardimon samolyotini yaratish, undan foydalanish va ilgari surish tarixi ko‘rinmas jangovar samolyotlarni ishlab chiqarish texnologiyasidan marketingning ustunligini aniq namoyish etadi.

Pentagonga yaqin Defense News nashri F-35 Lightning (Chaqmoq) II qiruvchi-bombardimonchisi bo‘yicha mutaxassislarining tanqidiy baholarini yana bir bor chop etdi. Faktlar shuni ko‘rsatadiki, F-35 - bu tovush tezligigacha uchadigan qiruvchi bo‘lib, u to‘liq forsajda 1 daqiqadan ko‘p bo‘lmagan vaqt ichida tezlasha oladi. 1 Max-dan yuqori tezlikda 60 soniyadan keyin korpusning haddan tashqari qizishi natijasida vayron bo‘lish xavfi mavjud, 1.6-Maxdan keyin esa dum qismi shunchaki samolyotdan uzilib ketishi mumkin.

E’tibor berishimiz kerakki, kreyser tovushdan yuqori tezlik ko‘plab zamonaviy qiruvchilarga hos, 5-avlod uchun esa bu 1.4-Maxdan past bo‘lmasligi kerak.

Mejdunarodniy aviatsionno-kosmicheskiy  salon MAKS-2019. Den chetvertiy - Sputnik O‘zbekiston
Xitoy OAVlari F-22 va Su-57 “jangi” yetakchisini aytdi

1-Max tezlikka erishilganda, F-35 qiruvchisi radarlar uchun "ko‘rinmaslik" xususiyatlarini, ya’ni yashirin va to‘satdan paydo bo‘lish hususiyatini yo‘qotadi. Tashqi ilmoqlarida biron bir qurol bo‘lsa, "Chaqmoq" ko‘rinmasligi hatto tovush tezligidan past rejimlarda ham yo‘qoladi.

Ko‘rsatib o‘tilgan muammolarni texnologik jihatdan yo‘qotib bo‘lmaydi. Samolyot uch xil modifikatsiyada xizmatga qabul qilingan: oddiy, qisqa ko‘tarilish va qo‘nish masofasi bilan, shuningdek, aviatashuvchi uchish maydonidan uchadigani. AQSh dengiz floti uchun "ko‘rinmas"ning zaifligi holati, shuningdek, ta’mirlash bazasidan sezilarli darajada geografik jihatdan yiroqligiga ham bog‘liq. Agar safar boshidayoq aviatashuvchidan uchadigan F-35 ishdan chiqsa, bu bir necha oy davomida aviaqanotning jangovar samaradorligini pasaytiradi.

Fizika qonunlari bilan bahslashish befoyda. Pentagon "ekspluatatsion xususiyatlarni"ni operativ tuzatdi, endi F-35 qisqa tezlashuv imkoniyatga ega tovush tezligidan past samolyot deb hisoblanadi. Harbiy-dengiz kuchlari va dengiz piyodalari uchun F-35V va F-35C modifikatsiyalari taxminan 1,2 Max (forsajda) tezligida uchishi uchun belgilangan ma’lum sekundlar miqdori qabul qilindi. Yuqori balandlikda tutish vazifasini bajarish uchun oxirgi chora sifatida F-22 Raptor qiruvchi samolyoti bor, u yuqori tezlikda vayron bo‘lmaydi (huddi shunday 1-maxdan keyin radarlarda ham ko‘rinadi).

Rossiyskie mnogofunksionalnie istrebiteli patogo pokoleniya Su-57 vipolnyayut demonstratsionniy polet na Mejdunarodnom aviatsionno-kosmicheskom salone MAKS-2019 v podmoskovnom Jukovskom - Sputnik O‘zbekiston
Erdo‘g‘on Su-57 qiruvchilarini sotib olish bo‘yicha muzokara olib borilayotganini aytdi

Jangda tezlik chegaralari va jangovar vaziyatda manyovrlar qiruvchi uchun nimani anglatadi?

Texnologik jihatdan teng dushman bilan qarama-qarshilikda, F-35 qiruvchi nishonga aylanadi. Misol uchun yuqori tezlikka ega va yuqori manevrli, Rossiyada ishlab chiqarilgan "Su" va "Mig"lar bilan havo jangining natijasini to‘liq taxmin qilish mumkin.

Beshinchi avlodli "ishkallar"

F-35 konsepsiyasi: dushmanni "ko‘rinmas"ni aniqlashidan oldin yo‘q qilish. Biroq, amerikalik ko‘p qirrali qiruvchi samolyot bunday vazifalarni bajarish uchun juda xom ko‘rinadi. Yuqori tezlik nafaqat F-35 korpusi va maxsus stels-qoplamasiga tahdid soladi, balki samolyotning orqa qismidagi ko‘plab himoyalangan antennalarni zaiflashtiradi.

O‘tgan yilning iyun oyida F-35 samolyotning jangovar vazifalarni bajarish qobiliyatiga va uchuvchining xavfsizligiga ta’sir qiladigan 13 ta texnik muammolar haqida ma’lumotlar e’lon qilindi. O‘sha vaqtdan beri asosiy kamchiliklar soni beshtagacha kamaytirildi, ammo bu ham narxi 100 million dollarga teng bo‘lgan mashina uchun juda ko‘p. Vaziyat F-35 Lightning II yaratish dasturining qiymati taxminan 1,3 trillion dollarni tashkil etishi va kp qirrali qiruvchi-bombardimonchi 2011-yildan buyon ommaviy ishlab chiqarilayotganligi bilan yanada paradoksaldir. Ma’lumki, dengiz floti va AQSh dengiz piyodalari korpusining F-35 samolyotlari ekstremal manyovrlar (raketalardan qochish) paytida beqaror va oldindan aytib bo‘lmaydigan holga keladi. Bort radarlari dengiz yuzasining juda tor sathini "ko‘radi". Kechasi, asboblarning miltillovchi ekranlari fazoviy yo‘nalishni aniqlashni buzadi, va barcha turdagi "Chaqmoq"larning qo‘nishini qiyinlashtiradi. F-35 kabinasidagi atmosfera bosimidagi farqlanishlar bosim shikastlarini keltirishi va uchuvchini ishdan chiqarishi mumkin. Lockheed Martin F-35 dasturiy ta’minotini yangilash muammosini faqat 2020-yil oxiriga qadar hal qilishga umid qilmoqda. Biroq, bularning barchasi seriyali ishlab chiqarishga va "ko‘rinmas"ning ittifoqdosh mamlakatlar - Avstraliya, Buyuk Britaniya, Norvegiya, Isroil, Italiya, Yaponiya va boshqalarga faol sotilishiga xalaqit bermayapti.

O‘z mahsulotini ilgari surishda Lockheed Martin to‘siqlarga duch kelmoqda. Shunday qilib, AQShning bir nechta hamkor davlatlari "josuslik" dasturlari tufayli F-35 qo‘shma ishlab chiqarish dasturidan chiqish bilan tahdid qilishdi.

Muammo ALIS axborot tizimida bo‘lib, u F-35 samolyotining dunyodagi istalgan joyida, qabul qiluvchi mamlakatning xohishidan qat’i nazar, barcha harakatlarni, manyovrlarni, missiyalarni kuzatib boradi. Tizim go‘yoki foydalanuvchining manfaati uchun texnik holat va logistika tahlilini o‘tkazadi.

Poleti noveyshix istrebiteley Su-57 v Sirii - Sputnik O‘zbekiston
Rossiyaning Su-57 qiruvchisi yangi qurol bilan jihozlanadi

AQShning ba’zi haddan tashqari suveren hamkorlar ALIS uchish ma’lumotlarini Pentagondagi "katta og‘a"ga uzatayotganidan xavotirda. Yaqinda bu masala ALIS 3.6 takomillashtirilgan versiyasi bilan hal qilinishi kutilmoqda.

Qiruvchi samolyot o‘yinchoq emas

Harbiy samolyotlar ishlab chiqarish sohasidagi texnologik imkoniyatlarini qayta ko‘rib chiqishning amerikacha tendensiyasi kuzatilmoqda. Beshinchi avlod F-22 Raptor qiruvchi samolyotini yaratish tajribasi ilgari muvaffaqiyatsiz deb topilgan (ishonchsiz radiato‘lqinni yutuvchi qoplama, metrli diapazondagi radarlar tomonidan aniqlanadi, hizmatning qisqa masofasi - 750 km). Seriyada ishlab chiqarilgan mashina narxi ham noqulay bo‘lib chiqdi - 350 million dollar. Natijada Pentagon atigi 187 dona F-22 "ko‘rinmas"larni sotib oldi (384 dona rejalashtirilgan). F-35 Lightning II-ning (ikkitasi o‘rniga) bitta dvigatel tufayli arzonlashtirilishi  tortish kuchini, tezligi, manevrlik va jangovar yukni kamaytirdi. Analoglar bilan taqqoslaganda ayniqsa sezilarli.

Gipotetik duelda beshinchi avlod rus qiruvchisi Su-57 birinchi bo‘lib F-35 (va F-22) ni aniqlab, yo‘q qilish, dushman bilan jangni (raketalardan o‘q uzish), hatto yuqori tig‘izlik va o‘ta yuqori tezliklarda ham olib bora oladi. Darvoqe, rus mashinasi tovushdan yuqori tezlikka forsajni yoqmasdan o‘ta oladi.

Su-57 qiruvchisi amerikalik beshinchi avlod F-22 va F-35 analoglari imkoniyatlaridan ancha yuqori bo‘lgan ajoyib parvoz va jangovar xususiyatlarga ega. Su-57 ning kichik "samarali aks ettiruvchi yuzasi" unga dushman radarlariga deyarli ko‘rinmay qolishga imkon beradi, konstruksiyasidagi kompozitsion materiallar sirtning 70% va samolyot og‘irligining 25% tashkil etadi. AQSh mutaxassislari rus qiruvchi samolyotining ustunligini tan olishga majbur bo‘lmoqdalar va Su-57ning tovushdan yuqori tezliklarda eng yuqori manevrliligi qobiliyatini, hatto juda qimmat F-22 Raptor ega bo‘lmagan infraqizil qidiruv va kuzatuv tizimini alohida ta’kidlamoqdalar.

Samolet Su-24 - Sputnik O‘zbekiston
Rossiya Su-24lari va Amerika Donald Cook kemasi: Boltiqbo‘yi mintaqasida nima ro‘y bermoqda

Su-57 zambarakli quroli yordamida, shuningdek, o‘rta va uzoq masofaga uchadigan raketalardan foydalanib, yuqori manevrli yaqin jangga qodir. Su-57ning ustunligini asosiy radiolokatsion stansiyasi, nishonni aniqlashning noyob optiko-elektron tizimi va "aqlli qoplama" deb nomlangan elektron pomex berish tizimi tomonidan ta’minlanadi.

Rossiya qiruvchi samolyoti 400 km gacha bo‘lgan masofada havo va yerdagi nishonlarni aniqlay oladi, bir vaqtning o‘zida 62 ta obyektni kuzatib boradi, boshqa samolyot va dronlarga obyektlar nishon ko‘rsatmalarini uzatadi. 2028-yilgacha Rossiya Federatsiyasining aerokosmik kuchlari ushbu mashinalardan 76tasini olishi kerak. Rossiyaning beshinchi avlod Su-57 qiruvchi samolyotining seriyali ishlab chiqarilishi (2019 yildan) muqarrar ravishda jahon bozorida raqobatchilarni siqib chiqaradi.

Yangiliklar lentasi
0