Vaksina qanchalik xavfli: AQSh javob talab qilyapti, Yevropa pulni sanayapti

Britan-shved AstraZeneca farmakologiya kompaniyasi va Oksford universiteti tomonidan hamkorlikda ishlab chiqilgan AstraZeneca vaksinasi muammolari yangicha oborot olishni boshladi
Sputnik

AQSh bir necha hafta oldin muzlatib qo‘yilgan sinovlarni nafaqat yangilamadi, balki amerikaning yetakchi OAVlari tomonidan preparat xavfsizligiga doir savollar tez-tez yangray boshladi. Ayniqsa, ular orasida Si-en-en ovozi jarangdor.

Koronavirusga qarshi AstraZeneca vaksinasi sinovlari to‘xtatildi

Ma’lumki, AstraZeneca klinik sinovlari ikki marta to‘xtatib qo‘yilgan edi - iyul va sentabr oylarida: gap shundaki, ikki ko‘ngillida kelib chiqishi nevrologik bo‘lgan g‘ayritabiiy simptomlar namoyon bo‘lgandi. Ikkala holat ham odamlarga kiritilgan vaksina bilan bog‘liq emas, deya tan olindi va aksariyat davlatlarda, shu jumladan, Buyuk Britaniyada ham sinovlar davom ettirildi.

Ammo amerikalik olimlar va AQSh sog‘liqni saqlash tizimi mutaxassislari o‘ta sinchkov chiqishdi va salbiy ta’sirlar haqidagi hisobotlarda jiddiy tafovutlar borligini aniqlashdi.

COVID’ga qarshi vaksina uchun qancha akula o‘ldirilishi mumkin – ekspertlar hisob-kitobi

AstraZeneca iyul oyida yuz bergan hodisani oldindan diagnostika qilinmagan parishonxotir skleroz bilan izohladi. Ammo Oksford universiteti saytida bu holat "tushunarsiz nevrologik simptomlar" sifatida tushuntirilgan.

Ikkinchi - sentabrdagi voqeada - kompaniya ko‘ngilli ayollardan birida "noma’lum kasallik" namoyon bo‘lgani haqida ommaga ma’lum qildi. Ammo ichki hujjatchilikda ushbu holat ko‘ndalang miyelit (kam uchraydigan nevrologik kasallik) sifatida qayd etilgan.

Natijada, amerikaliklar endilikda bunday tafovutning yuzaga kelishi sabablari haqida juda o‘rinli savollarni berishmoqda. AstraZeneca shusiz ham vaksina ustida olib borayotgan ishlarining shaffofligi borasida jiddiy e’tirozlarni eshitayotgan edi, yuzaga qalqib chiqqan qarama-qarshiliklar esa endilikda bularga qo‘shimcha ravishda preparatga va uning xavfsizligiga bo‘lgan ishonchni yo‘qqa chiqarmoqda.

JSST koronavirusga qarshi vaksina uchun Rossiyaga minnatdorchilik bildirdi

Ustiga-ustak sinovdan o‘tayotganlar sog‘lig‘ida yuzaga kelgan muammolar mavzusi ham alohida e’tiborni tortmoqda. Darvoqe, amerikalik professor-immunologlarning biri bu haqda ochiqchasiga: ikkala kasallik ham nevrologik tabiatga egaligi kishini "shokka" solmoqda, deya fikr bildirishga ulgurdi.

Ehtimol, AstraZeneca’dan shunchaki omad yuz o‘girgan va gap haqiqatan ham baxtsiz tasodiflar haqida borib, ular ishlab chiqilayotgan vaksina bilan mutlaqo bog‘liqmasdir. Ammo sog‘lom idrok ushbu holatga oydinlik kiritishni talab qiladi - shu o‘rinda boshini qumga tiqmay, darhol o‘zidagi sinovlarni muzlatib qo‘ygan amerikaning mas’ul xizmatlari ishi tahsinga sazovordir.

Bu yerda ularning yevropalik hamkasblari pozitsiyasi ko‘proq kishini taajjubga solmoqda. Ular sanab o‘tilgan barcha g‘alatiliklarni ko‘rmaganga olib, test o‘tkazishni davom ettirishga ruxsat berishdi.

Umuman olganda, Yevropa ittifoqi hukumati va kompaniyaning ushbu (vaksina rostdan ham xavfsiz bo‘lmagan taqdirda) ulkan muammolarni keltirib chiqarish bilan xavf solayotgan nozik mavzuda xotirjamligi sababi oddiy.

G‘arb nega vaksina poygasida yutqazmoqda: Rossiya allaqachon fosh qilindi

Shu kunlarda Reuters axborot agentligi YeI rasmiy vakiliga tayangan holda AstraZeneca Yevropa ittifoqi bilan bitim doirasida qisman immunitetga ega bo‘lgani haqida xabar berdi.

Bitim avgust oyida imzolangan, ammo uning ayrim nozik tafsilotlari endi e’lon qilindi.

Bor gap shundaki, farmkompaniya YeIga preparatni nisbatan arzon narxda yetkazadi, ammo buning evaziga u preparat salbiy ta’sir ko‘rsatgan taqdirda moliyaviy (muayan limitdan yuqori) javobgarlikdan ozod etiladi. Bitimning aniq ko‘lamlari ochiqlanmayapti, ammo Yevropa AstraZeneca’ga bir doza uchun 2,5 yevrodan to‘lashi ma’lum. GlaxoSmithKline bilan hamkorlikda o‘z preparatini ishlab chiqarayotgan Fransiyaning Sanofi farm-ishlab chiqaruvchisi vaksinani Yevropaga o‘n yevrodan pullagan - va shu bois unga immunitet taqdim etilmagan.

Darvoqe, ikkala kompaniya ham YeIdan qaytarilmaydigan avans to‘lovlarni olib bo‘lishgan. 400 million doza vaksinani yetkazib berish uchun AstraZeneca’ga to‘langan bunday to‘lov miqdori 336 million yevroni tashkil etdi, Sanofi esa 300 million doza uchun — 324 million yevro olgan.

To‘qqizta vaksina: O‘zbekiston koronavirusga qarshi emlash dasturiga qo‘shildi

Shu tariqa, agar rejalashtirilayotgan ommaviy vaksinatsiya jarayonida to‘satdan AstraZeneca preparati haqiqatda aksariyat holatlarda inson sog‘lig‘iga ziyon yetkazishi aniqlansa, kompaniya bu uchun hech qanday jiddiy oqibatlarni yuzaga keltirmaydi.

Jabrlanganlarga kompensatsiyalarni milliy hukumatlar, aniqroq qilib aytganda - tegishli davlatlarning soliq to‘lovchilari qoplab beradi.

Shu asnoda Yevropa isteblishmentining turli xil yondashuvlar bilan yaratilgan bu ikki vaksinaga qilayotgan stavkasi ta’sirlantirmay qolmaydi, albatta.

Bu ijtimoiy va siyosiy manipulyatsiyalar uchun bir dunyo imkoniyatlarni taqdim etishi shundoq ham tushunarli. YeIning qaysi davlatlari qaysi preparatlarni olishi, shuningdek, bu vaksinalar mamlakatlarning ichida, tumanlar epidemiologik osoyishtaligi va ularda istiqomat qiluvchi odamlarning jamiyatdagi o‘rni kesimida qanday taqsimlanishi tomosha qilish juda qiziq.

Putin Rossiyada COVID-19 ga qarshi birinchi vaksina ro‘yxatga olinganini e’lon qildi

Ichki bir tuyg‘u bilan shuni his etish mumkinki, shubhali dori-darmon bilan sog‘lig‘iga xavf solish mutlaqo mumkin bo‘lmagan sara yevropaliklar uchun har doim Sanofi preparati qo‘l ostida tayyor turadi. Axir bu preparat uchun fransuz kompaniyasi javobgarlikni o‘zi olib borishiga to‘g‘ri keladi, demakki, uning xavfsizligi va samaradorligiga ko‘proq ishonish mumkin.

Bu fonda rus voqeliklari deyarli ekzotikadek ko‘rinmoqda, axir bunda ko‘plab taniqli va yuqori martabali fuqarolar mahalliy vaksina sinovlari ishtirokchilariga aylanishgan edi. Jahon OAVlari hatto "Rossiya elitasi vakillari ko‘p oylar davomida klinik sinovlardan o‘tmagan preparat bilan emlangan", deya ta’kidlagandi.

Shunday ekan, ularning "Sputnik-V"ni ehtimoliy xavfsiz emasligi bilan bog‘liq hujumlarini ayni holatda qanday tushunish mumkin, bu o‘ta qiziq masala.

Ehtimol, Rossiyaga nisbatan har doim g‘ayrishuuriy tarzda "kim nima dardda" tamoyiliga amal qilish G‘arbning peshonasiga yozilgan bo‘lsa kerak.