Putin Rossiyada COVID-19 ga qarshi birinchi vaksina ro‘yxatga olinganini e’lon qildi

© Press-slujba Minoboroni RF / Mediabankka o‘tishV Rossii zavershilsya perviy etap ispitaniya vaksini protiv COVID-19
V Rossii zavershilsya perviy etap ispitaniya vaksini protiv COVID-19  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Dunyoda birinchi bo‘lib koronavirusga qarshi vaksina bugun ertalab Rossiyada ro‘yxatga olindi. Rossiya SSV u yuqori samarali va xavfsiz ekanini ma’lum qildi.

TOShKENT, 11 avg — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rossiyada koronavirusga qarshi birinchi vaksina ro‘yxatga olinganini e’lon qildi.

“Menga ma’lum bo‘lishicha, bugun ertalab dunyoda birinchi yangi koronavirus infeksiyasiga qarshi vaksina ro‘yxatdan o‘tkazildi. Bilaman, u yetarli darajada samarali ishlaydi, barqaror immunitetni shakllantiradi, takrorlayman, barcha zaruriy tekshiruvlardan o‘tdi”, - dedi u hukumat a’zolari bilan yig‘ilishda. Uning so‘zlaridan RIA Novosti iqtibos keltirgan.

U koronavirusga qarshi vaksina ustida ish olib borganlarga minnatdorchilik bildirgan va bu butun dunyo uchun muhim qadam ekanini qayd etgan.

Shuningdek, Rossiya yetakchisi qizlaridan biri koronavirusga qarshi ushbu vaksina bilan emlanganini ma’lum qildi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Gamaleya nomidagi Milliy epidemiologiya va mikrobiologiya tadqiqotlar markazida ishlab chiqilgan vaksina 12-avgustda ro‘yxatdan o‘tkazilishi kutilayotgan xabar qilingan edi.

Yangiliklar lentasi
0