G‘arb nega vaksina poygasida yutqazmoqda: Rossiya allaqachon fosh qilindi

© Sputnik / AFK Sistema / Mediabankka o‘tishProizvodstvo vaksini ot COVID-19 na farmatsevticheskom zavode "Binnofarm"
Proizvodstvo vaksini ot COVID-19 na farmatsevticheskom zavode Binnofarm - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Jahon vaksina poygasi katta tezlikda finishga tomon yo‘l olmoqda, ammo u yo‘l-yo‘lakay siyosiy voqealar, katastrofalar va janjallar kalavasini o‘ziga o‘rab ketmoqda

Viktor Maraxovskiy

Yaqinda yuz bergan voqea vaksina sinovlarida qatnashayotgan ayollarning birini orqa miyasida yuz bergan yallig‘lanish tufayli poyganing yetakchi ishtirokchilaridan biri - shved-britan vaksinasi bo‘lgan AstraZeneca trassadan chiqib ketdi (yoki u pit-stop uchun vaqtincha kirganmidi, hozircha tushunarsiz). OAVlari yoz davomida "Rossiya vaksinasi III faza yakunlanmasidan ro‘yxatdan o‘tkazildi, bu shishirilgan yetakchilik", deya bong urib, Rossiyani fosh qilish bilan mashg‘ul bo‘lgan Buyuk Britaniya va AQShning o‘zi vaksinani tezlashtirilgan shaklda tasdiqlashga tayyorlanmoqda.

V Zabaykalye postupila test-sistema dlya opredeleniya antigena koronavirusa - Sputnik O‘zbekiston
Koronavirusga qarshi AstraZeneca vaksinasi sinovlari to‘xtatildi

Aytgancha, Rossiyaga taqlid qilish g‘arb OAVlariga uni fosh qilish yoki shu mavzu atrofida gap-so‘zlarni ko‘pirtirishga mutlaqo halal bergan emas.

Xususan, CNNda "putin vaksinasi ta’lim ishchilari orasida muxolifatni uchratmoqda", degan matnni uchratamiz. Unda yozilishicha, o‘z sog‘lig‘idan havotir olgan allaqanday kichik tarkibdagi o‘qituvchilar kasabalar uyushmasi pedagoglarni emlanmaslikka da’vat qilib, onlayn-petitsiyani ishga tushirgan. Profsoyuz rahbari, yetakchi ayol, ingliz tili o‘qituvchisining bilim darajasini u tomonidan aytilgan gaplar yaqqol namoyon etib turibdi: "Birinchidan, hammamiz yaxshi bilamizki, Rossiya vaksinalari sifati, chet eldagilarnikiga qaraganda ancha yomon", - deydi hukmfarmo ohangda filolog. Ikkinchidan esa, u juda tez ishlab chiqarildi. To‘g‘ri, hozircha hech kim zo‘ravonlik bilan emlashdan shikoyat qilgan emas, ammo rus hukumatidan ko‘p narsani kutsa bo‘ladi.

Pervaya v mire vaksina ot koronavirusa - Sputnik O‘zbekiston
Javoblar va savollar: Rossiya vaksinasi tanqidchilariga

Yoki, masalan, Bloomberg nashrida allaqanday amerika universiteti olimlari "Lancetda e’lon qilingan testdan o‘tkazish to‘g‘risidagi hisobotda tadqiqot ishtirokchilari antitanachalari darajasi o‘ta shubhali darajada o‘xshashligi sababli rus vaksinasi sinovlari natijalaridan shubhalanishayotgani" haqida yozilgan. Soxtalashtirish haqida ochiq aytilmagan, to‘g‘ri, biroq, "bu, o‘sha, Olimpiadani ham soxtalashtirgan o‘sha ruslar", deya o‘ta fol ravishda ko‘z qisib, hammaga ishora qilinayotgani yaqqol ayon.

...Bu xushtakbozliklarda bir jihat borki, u hali bizda to‘laligicha anglangan emas.

Gap shundaki, AQShda vaksina izlash muammosi, xuddi koronavirus bilan bog‘liq har qanday narsa kabi chuqur siyosiylashgan. O‘sha, hozirda "to‘xtatilgan" AstraZeneca vaksinasi — Donald Trampning "vaksinaga oid" umidlaridan biri bo‘lib, u uchun 200 000 amerikalikni nobud qilgan va millionlab insonlar hayotini tor-mor qilib, umidlarini puchga chiqargan koronavirusga qarshi biror vositani o‘z saylovchilariga taqdim etish - Jo Bayden darvozasiga urilgan saylovoldi gol bo‘ladi.

Proizvodstvo vaksini ot COVID-19 na farmatsevticheskom zavode Binnofarm - Sputnik O‘zbekiston
The Lancet Rossiyaning Sputnik V vaksinasi tadqiqotlari natijalarini e’lon qildi

Shu bilan birga, demokratik OAVlar go‘yoki tadqiqotlarni tezlashtirayotgan va amerikaliklar salomatligini xavf ostiga qo‘yayotgan Trampga qarshi, rossiya vaksinasiga qarshi ishlatgan "fosh qilish" aksiyasini keng avj oldirgan: siyosiy ochko to‘plash uchun prezident tekshirilmagan va qanday asoratlarni keltirib chiqarishi mumkinligi noma’lum bo‘lgan vositani bozorga chiqarib yuborishga tayyor.

Aytgancha, Trampga qarshi kampaniyaning "to‘g‘rirog‘i, bir-biriga ustma-ust yotqizilgan antitramp, antirossiya va antixitoy kampaniyasining) rostdan bir yovvoyi ta’siri bor: ijtimoiy xizmatlar keltirayotgan dalillarga muvofiq, amerikaliklarning uchdan ikki qismi ma’qullangan vaksina paydo bo‘lganidan keyin darhol emlanmasliklarini bildirganlar.

Tramp ustidan g‘alaba qozonish uchun, uni dushmanlari, ko‘rib turganimizdek, o‘z vatandoshlarini antiemlanuvchilarga aylantirishga tayyor, ya’ni ularga umuman vaksinalarga nisbatan ishonchsizlikni singdirmoqchi (keyin uzoq vaqt davomida bu irratsional bid’atni ildizi bilan yo‘q qilishga majbur bo‘lamiz).

Vaksina - Sputnik O‘zbekiston
AQSh COVID-19 vaksinasini ishlab chiqishda Rossiya yordamini rad etgan - CNN

...Va nihoyat, juda bir qiziq xulosa.

G‘arb davlatlarida, Rossiyaning har qanday yutuqlari prinsipial, reflektor darajada tan olinmasligi, rad etilishi sir emas. Asrlar davomida o‘zini istalgan sohada pioner va yetakchi, atrofdagi davlatlarni esa minnatdor yoki ko‘rnamak yovvoyi sifatida ko‘rsatish o‘z tamg‘asini qoldiradi, albatta. Undan shunchaki voz kechish oson ish emas.

Shu boisdan, ruslarning har bir "sputnigi", xoh u Yerning birinchi sun’iy yo‘ldoshi bo‘lsin, xoh "Sputnik V" - bu odamlar uchun shok hisoblanadi va ularni sarosimaga soladi.

Aytgancha, sputniklardan so‘ng kosmonavtlar davri keladi. Va bunda kimdir hali kamikadze-maymunlarni uchirayotgan bir mahalda, boshqa kimdir Gagarinni uchirayotgan bo‘ladi.

Yangiliklar lentasi
0