TOShKENT, 9 sen - Sputnik. AstraZeneca kompaniyasining koronavirusga qarshi vaksinasi sinovlari Buyuk Britaniyadan bo‘lgan ishtirokchilardan birida noxush ta’sir ehtimoli tufayli to‘xtatildi, deb xabar qilmoqda Stat News portali kompaniya vakiliga tayangan holda.
Oksford mutaxassislari bilan birgalikda ishlab chiqilayotgan AstraZeneca vaksinasi avgust oyida AQShda uchinchi bosqich sinovlariga o‘tgan edi. Sal oldin AstraZeneca mutaxassislari Buyuk Britaniya, Braziliya va JARda boshlangan.
Kompaniya vakili so‘zlariga ko‘ra, "tekshiruvning standart jarayoni" sinovlar to‘xtatilishiga olib kelgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, AstraZeneca "sinovlar o‘tkazilishi muddatiga ehtimoliy ta’sirlarni minimallashtirish uchun ushbu holatni tezlashtirilgan tartibda tahlil etmoqchi". Kompaniya vakili so‘zlariga ko‘ra, sinovlarning to‘xtatilishi "shablon xarakterga" ega va bunday holatlarda zarurdir.
Noxush ta’sirlar kelib chiqishi sabablari ma’lum emas, ammo manbalar so‘zlariga ko‘ra, sinovlar ishtirokchisi tuzalishi kutilmoqda. Manbalar so‘zlariga ko‘ra, ushbu holat AstraZeneca vaksinasi bo‘yicha o‘tkazilayotgan boshqa tadqiqotlarga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatgan.
Klinik sinovlarning to‘xtashi qancha uzoq davom etishi hozircha ma’lum emas, deya ta’kidlanmoqda.
AQShda shuningdek, Moderna va Pfizer kompaniyalarining koronavirusga qarshi vaksinalari sinovlari o‘tkazilmoqda.