"Oyog‘imni o‘pasan": Toshkent shahrida kelinlarga quldek munosabat ommalashgan

Toshkentda oiladagi zo‘ravonlikdan aziyat chekkan ayollar uchun reabilitatsiya markazi mavjud. Aslida, bu ayollar va ularning farzandlari uchun vaqtinchalik boshpana vazifasini bajaradi. Ayollar bu yerda psixologik reabilitatsiyadan o‘tadilar, "oyoqqa turib", yangi hayotni boshlaydilar.
Sputnik

Sputnik O‘zbekiston muxbiri maishiy zo‘ravonlikdan jabr chekkan ayollarga kim va qay tarzda yordam ko‘rsatishi, psixologik korreksiya qanday kechishi, ruhiy taz’yiqqa uchragan ayol qay tarzda baxtli bo‘lib keta olishini bilish uchun poytaxtdagi Realibitatsiya va moslashtirish markazi direktori Gulchehra Matkarimova bilan suhbatlashdi.

O‘n kunlik kelinchakni ayovsiz kaltaklagan erga sud hukmi o‘qildi

—   Toshkent realibitatsiya va moslashtirish markazining vazifalari, uning tashkil topishi tarixi haqida to‘xtalsangiz.

—   Toshkent shahar ayollar realibitatsiya va moslashtirish markazi ruhiy yoki jismoniy zo‘rlikka uchragan, suitsidga moyil bo‘lgan yoki suitsidga qo‘l urgan ayollarni ruhan jonlantirish, ularni hayotga qaytarish maqsadida ochilgan. Markazimiz 2018-yil iyun oyida mamlakat rahbari imzolangan farmonga asosan tashkil etilgan edi. Bunga o‘xshash markazlar Respublikaning boshqa viloyatlarida ham faoliyat yuritmoqda, ammo poytaxtdagi kabi shart-sharoitlarga ega emas. Deylik, yotoqxonasi, oziq-ovqat bilan ta’minlanishi mumkin, lekin ko‘p o‘rinli va xizmat ko‘rsatuvchi ko‘p shtatli xodimlari yo‘q.

Toshkentda tahqirlangan ayollar 60 % holatlarda yaqinlari va qaynonasi zulmiga uchraydi

Bizning realibitatsiya markazimizda o‘ttizdan ortiq ayollar hamda ularning farzandlari yashashi uchun mo‘ljallangan o‘rinlar bor. Dunyoning ayrim mamlakatlaridagi kabi biz bu markazga "Inqiroz klinikasi" deb nom qo‘yganmiz. Tashkil etilishi tarixiga kelsak, 2000-yilda Yevropa mamlakatlariga borib, u yerda ochilgan shu kabi shelterlar faoliyati bilan tanishib, bizda ham shunday shelterlar ochilishi kerak, degan takliflar bilan doktorlik ishimni yozganman. Sababi, ming afsuski, bizda oxirgi paytlarda eri urib, ko‘chaga quvib solingan yoki aka-ukasi tomonidan kaltaklangan, mol-mulk talashib sarson bo‘lgan, qaynona-qaynsingillar tomonidan sig‘ishtirilmagan ayollar ko‘payib ketdi.

"Oyog‘imni o‘pasan": Toshkent shahrida kelinlarga quldek munosabat ommalashgan

Qolaversa, xotin kaltak yesa ham uyda jim o‘tirishi kerak degan past tushuncha ayrim erkaklarimizning ongiga o‘rnashib olgani sir emas. Umuman, o‘zbek mentalitetida oxirgi paytlarda keskin salbiy o‘zgarishlar yuz berapti. Kelinga qulga qaragandek munosabat bizni jamiyatimizda ilgari bo‘lmagan. Bugun ayniqsa, negadir Toshkent shahrida kelinlarga qulga qaragandek qarash xususiyati ommalashgan.

Shavkat Mirziyoyevdan bo‘lajak qaynonalarga maslahat

Misol uchun, realibitatsiya markaziga kelgan ayrim kelinlardan eshitganim: "Oyog‘imni o‘pmasang uyga kirmaysan” yoki "Eringni oyog‘ini yuvib, o‘sha suvni ichsang so‘ng men seni unga qay darajada sodiqligingga ishonaman", deydigan qaynonalar bor ekan. Shu kabi har xil achinarli taqdirlar hikoyasini eshitasiz va yuragingiz qanday dosh berayotganiga ba’zan qoyil ham qolasiz. Ko‘p hollarda eshitgan hikoyalarim ta’siriga tushib, o‘sha muammolarni tushlarimga ham kiradigan bo‘lib qoldi.

Yana shunday ayollarimiz bor-ki, eri faqat boshiga, qulog‘iga urarkan. Sababi, bosh, quloq qismiga ursa, joyi bilinmas, ekspertiza qilinganda ham aniqlash qiyin kechib, oqibatda kun kelib odam bosh miyasida salbiy o‘zgarishlar yuz berib, juda tez o‘lim toparkan.

Ya’ni ba’zi olifta erkaklarimiz borki, "Tushunmadim, nima men "sobstvenniy xotinimni" urolmaymanmi?", deydi. Yoki "Nega xotinimga order berdingiz, oilamga aralashib meni konstitutsiyaviy huquqimni buzapsiz", deb keladi. Ey inson, nima senda bor konstitutsiyaviy huquq ayolda yo‘qmi? Afsuski, erkaklar orasida mana shunday - xotiniga shaxsiy mulkka qaragandek munosabat odatga aylanib qolyapti.

Himoya orderi nima va uni qanday olsa bo‘ladi - mayor Xo‘janazarova bilan suhbat

—   Erkaklarning bunday fikrlashlariga nima sabab bo‘lyapti deb o‘ylaysiz?

—   Birlamchi sabab odamlarda huquqiy saviyasi yo‘qligida. Masalan, 2019-yil 19-sentabr kuni ayollar va erkaklar gender tengligi to‘g‘risida farmon imzolangan, ammo qonun targ‘iboti deyarli amalga oshirilmayapti. Gender komissiyasining rahbari bo‘lganligi uchun Senat raisining o‘z targ‘ib qilib, komissiya ishini ko‘rsatishga harakat qilyapti xolos, boshqa tashkilotlar esa uxlab qolganga o‘xshaydi. Bundan tashqari ayollarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risidagi qonunning targ‘iboti ham deyarli amalga oshirilmayapti. To‘g‘ri, tushunaman, hozirgi pandemiya sharoitida targ‘ibot ishlarini olib borish qiyindir, lekin hech bo‘lmaganda OAV orqali bu haqda har kuni gapirmasak, bora-bora jamiyatimiz parokandalikka yuz tutishi hech gap emas.

Bilamiz, oila - jamiyatning asosiy bo‘g‘ini. Ammo biz haq-huquqini tanimaydigan yoki konstitutsiyasini bilmaydigan davlat emasmiz, dunyoviy davlatmiz. Dunyoviy mamlakat bo‘lamiz deb dunyoga jar solganmiz. Biz BMTga a’zo bo‘lganmiz, bayrog‘imiz xilpirab turibdi Nyu-Yorkda...

IIB va Milliy Gvardiya Toshkentda 52 nafar ayolga qo‘riqlash orderlari topshirdi

Ayollar va bolalar bizning genofondimiz. Ayollar genofondni dunyoga keltirib beruvchi, bolalar esa bizning kelajagimiz hisoblanadi. Bugun biz qo‘rqoq, nokas va nomard bolalarni tarbiya qiladigan bo‘lsak, kelajak ertaga ana shularning qo‘lida qoladimi?

Yana bir meni o‘ylantiradigan holat, bugunning real hayoti va odamlari ilgarigidek emasligidir. Masalan, bugun kelinlarga sabr qil desangiz, borib o‘z joniga qasd qilyapti. Ularni dardini eshitadigan hech kimi yo‘q. Tuqqan onasi ham "o‘liging borgan eshigingdan chiqsin, lekin indama, jim chidab yasha", deya qulog‘iga quyadi. Bir kun sabri tugagan qiz esa o‘z joniga qasd qilyapti, "mana, ona, aytganingizdek kelin bo‘ldim, o‘ligim shu eshikdan chiqdi", deb.  O‘sha ona vaqtida o‘z qizining dardiga sherik bo‘lib, unga to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatganida, psixologga ko‘rsatib, uni ruhan hayotga qaytarganida, o‘sha qiz yashab ketarmidi... Bizda nima bo‘lsa hamki oilani saqlab qolish kerak, degan fikr mustahkam o‘rnashib qolgan.

To‘g‘ri, lekin vaziyat og‘ir bo‘lsa-chi? Oilani ayolning kasalmand yoki kaltak yeyaverib nogiron bo‘lib qolishi evaziga saqlab qolish kerakmi? Mana shunday oilalarda bolalar qo‘rqoq bo‘lib katta bo‘lyapti, hatto otasi yo‘talib qo‘ysa, bechora ishtoniga siyib qo‘yadigan darajada qo‘rqadi. Bunday bolalarning taqdiri ertaga nima bo‘ladi? Eri urib, o‘ldirib qo‘ysa ham churq etmay o‘tiradimi? Hatto buyuk sarkarda Amir Temur "Qul tabiatli ayoldan qul farzandlar tug‘iladi" deb, o‘z farzandlari va nabiralariga erkin fikrlaydigan qizlarni kelin qilgan ekanlar. Ammo biz-chi, nechanchi asrda yashayapmiz?

Biz erkin fikrlaydigan ayolni ko‘rsak, uni bir urib mayib qilib qo‘yapmiz. Biz ma’rifatga ya’ni oldinga intilishimiz kerak bo‘lgan bir paytda nega jaholat domiga qarab ketapmiz? Axir bolalarimiz erkin fikrlaydigan shaxs sifatida kamol topishi kerak emasmi? Shundagina har kim o‘z haq-huquqini himoya qila oladi, zo‘rlik bo‘lmaydi. O‘zini haqini talab qiladigan odam birovning huquqini poymol qilmaydi. Biladiki, unda bor huquq boshqalarda ham bor.

"Oyog‘imni o‘pasan": Toshkent shahrida kelinlarga quldek munosabat ommalashgan

Odamlar kosmosni zabt etapti, yaponlar suv ostida uylar, shaharlar qurapti. Biz esa bolalarimizga kaltak yeb, boshi yorilsa ham jim o‘tir deb o‘rgatapmiz. Ana shu ojiza ayollarning ham huquqi bo‘lishi kerakmi?  

—  Pandemiya sharoitida qanday ishlayapsizlar? Zo‘ravonlikka uchragan ayollarning qo‘ng‘iroqlari hozir ham qabul qilinyaptimi?

—   Albatta. Ayollar biladiki, markazimizning sutkada 24 soat ishlaydigan 1169 qisqa raqami ishlab turibdi. Hozirgi kunda moliyaviy muammolarimiz bo‘lganligi bois, ushbu telefon raqami bilan xodimimizni uyda o‘tirib ishlashi uchun band qilganmiz. Shuningdek, boshqa xodimlar ham o‘z hisobidan ta’tilga chiqishga majbur bo‘lib turishibdi. Oqsab turgan tomonimiz shu — homiylarga muhtojmiz.

BMT karantinda uydagi zo‘ravonlikka e’tibor berishga chaqirdi

—   Bu binoning avval qanday harob ahvolda bo‘lganligini ko‘rganmiz. Bugun esa bu yerdagi shart-sharoitlarni ko‘rib hayron qoldik...  

—   Buning uchun, Toshkent shahar hokimidan minnatdormiz. Binoni butunlay ta’mirdan chiqarib, moddiy texnik bazasini yaratib berishda o‘z yordamini ayamadi. Bundan tashqari bir qancha homiylarni topib berishdi, ular yordamida markazimiz ko‘plab tazyiqqa uchragan, uy-joysiz qolgan ayollarga yordam berdi. Ko‘plab oilalarning muammosiga quloq tutdik, ular yarashtirildi,  uysiz yurganlarga tuman hokimliklari bilan kelishib uy-joy qilib berildi. Masalan, Chilonzor tuman hokimiyatining yordami bilan uch-to‘rt ayol boshpanali bo‘ldi. Ungacha bo‘lgan vaqtda ayollar bizning realibitatsiya markazimizda ikki yarim oy davomida yashab turishdi. Olmazor tumanidan kelgan ayol ham uy masalasi hal bo‘lgach chiqib ketdi. Markazimizda yashayogan paytda ular bilan tibbiyot xodimlari, psixologlar ishladi. Chilonzor tumanida joylashgan xususiy klinikalar ham pul to‘lashga imkoniyatimiz bo‘lmagan paytda ayollarni tekinga davolab, bizdan o‘z yordamini ayashmadi. Qolaversa, oylik maoshsiz bo‘lsada fidoyilarcha ishlayotgan markazimiz xodimlariga ham boshim yerga tekkuncha ta’zim qilaman.

Senat: Samarqandda ayolni ayovsiz kaltaklanish holati nazoratga olindi

— Realibitatsiya markazi qanday toifadagi ayollarni o‘z himoyasiga oladi? Masalan, ko‘chadan to‘satdan kirib kelgan ayollarni ham qabul qilaverasizlarmi?

— Har qanday zo‘ravonlikka duchor bo‘lgan, tazyiq ko‘rgan ayol mana shu markazga kelib yashashga haqli. Ko‘chadan to‘satdan kirib kelib qolsa ham qabul qilaveramiz. Bilasizmi, agar ayol kishining ruhiy holati sog‘lom bo‘lsa, hech qachon bunaqa joyga bosh egib kelmaydi. Ba’zilari televidenie orqali eshitib, ko‘rib topib keldim deydi, ba’zilar telegram kanali orqali...  Ayrimlarning eri, ota-onasi yoki yaqin qarindoshi boshlab keladi. Biz ularni ko‘rib, muammosini eshitib olib qolaveramiz.

—  Ushbu markazga o‘z xohishi bilan najot istab keluvchi ayollarning orqasidan yaqin qarindoshlari, deylik oila a’zolari janjal ko‘tarib kelgan holatlar ham bo‘lganmi?

—   Bo‘lgan, hatto qaynonalardan biri kelinim mana shu yerda yotganligi to‘g‘risida ma’lumotnoma ham yozib bering, deya to‘polon qilib kelgan. Bu yerni ba’zilar jinnixona deb o‘ylashar ekan. Ba’zilar esa kelini yoki xotinini shu yerga so‘rab kelib, ular haqida ma’lumot so‘rab kelgan. Ammo bu markazda tartib shunaqaki, ayollar ilk kelgan kunida o‘zini bizga kim deb tanishtirgan bo‘lsa biz uni shu nom bilan qabul qilamiz, u haqdagi barcha ma’lumotlar sir saqlanadi, hech kimga oshkor qilinmaydi. Bu bo‘yicha xodimlarning har biri ogohlantirilgan va har biridan tilxat yozib olingan.

Yangi qonun ayollarni tazyiq va zo‘ravonlikdan qanday himoya qiladi?

— Realibitatsiya markazi bugungi kunda nechta ayollarga yordam bera oldi?

—  2020-yilning yanvaridan 1-sentabr oyigacha zo‘rlik ishlatishda jami jabr ko‘rgan ayollar 4615 tani tashkil etgan. Bir yil ichida olti mingdan ortiq ayollar bizdan psixologik va huquqiy yordam olishdi. Bundan tashqari 2019-yilning sentabr oyidan  joriy yilning fevral oyi oxirigacha bo‘lgan davr ichida Toshkent shahrida suitsid holatlarining yigirma  foizga kamayganligini ko‘rishimiz mumkin. Chunki bugungacha 212 ta suitsidal odam shu yerga kelib yotib, suitsid holatidan chiqib, o‘ziga qaytgan holatlar bo‘ldi.  

—  Realibitatsiya markazida odatda ayollar qancha muddatda olib qolinadi?

—  Qonun jihatidan olib qarasak, besh kundan bir oygacha bo‘lgan muddatda ayollar ushbu markazda olib qolinadi. Ayrim ayollar bor, ularning muammosi tez hal bo‘lib, ruhan tiklanib o‘z o‘rnini topib ketadi. Ayrimlar bor, ularni hayotga qaytarish, muammolarini hal qilish uchun oylar kerak bo‘ladi. Birinchi galda bu yerda qancha muddat qolishlari ularning o‘zlariga ham bog‘liq. Yana ba’zi hollarda ruhiy holati yaxshi, ammo yashashga joyi yo‘q ayollar ham bizga kelib turadi. Biz ularni markazimizda olib qolib, ular bilan ishlaymiz, hokimliklarga xat bilan chiqib ularga arzonroq uy-joy sotib olishlariga yoki boshqa huquqiy masalalarda muammolarini hal etishlariga amaliy yordam beramiz.

Ayollarga ajrashganidan keyin ham erining uyida yashash huquqi berildi

—  Homiy bo‘lmagan paytda bu yerda yashovchilarning yashashi, oziq-ovqatini qanday eplaysizlar?  

—   Ba’zi ayollarni inspektorlar yoki mahalla idoralari xodimlari olib keladi. Ulardan o‘sha vaqtdayoq ayolni boqish uchun oziq-ovqatini olib kelib berishlarini iltimos qilamiz. Bundan tashqari deputatlar, ichki ishlar xodimlari bir hafta o‘n kunlik muddatga yetadigan bozor-o‘char qilib, tashlab ketishadi. Oshpaz yo‘qligi bois, bu yerda ayollarning o‘zlari orasida ovqatni mazali tayyorlaydiganini oshpaz qilib saylab olishadi, qolganlari boshqa ishlarni o‘zaro bo‘lib olib, navbatma-navbat bajarishadi. Qolaversa, markazda ishlayotgan xodimlarning bari yeguliklar, o‘yinchoqlar, bolalar bo‘tqasi, pampers yoki kiyim-kechaklarni o‘z uyidan tashib kelishadi. Shuningdek, yaqin atrofdagi mahallada yashovchi qo‘shnilar o‘z yordamini ayashmaydi. Hozirgi kunda homiysiz, tang bir ahvolda qolgan bo‘lsak-da, fidoyi insonlarning borligi menga kuch-quvvat bag‘ishlab turibdi.