IIB va Milliy Gvardiya Toshkentda 52 nafar ayolga qo‘riqlash orderlari topshirdi

© GUVDV Tashkente 52 jenshinam vidali zashitniy order
V Tashkente 52 jenshinam vidali zashitniy order - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Toshkent shahar IIBB xotin-qizlar masalalari bo‘yicha inspektorlari Milliy gvardiyaning ayol-xizmatchilari bilan birgalikda poytaxtlik ayollarga yordam bermoqdalar.

TOShKENT, 20-may - Sputnik. Toshkentda IIB va Milliy Gvardiya xodimlari 52 nafar himoyaga muhtoj ayollarga qo‘riqlash orderlari topshirdi, deb xabar qilmoqda IIBB matbuot xizmati. 

"O‘tgan 17 va 18-may kunlari xotin-qizlar masalalari bo‘yicha inspektorlar Milliy gvardiyaning ayol-xizmatchilari bilan birgalikda 223 tadan ortiq oilalarda bo‘lib, 48 ta har tomonlama yordamga muhtoj oilalarni aniqladilar va 52 nafar ayollarga qo‘riqlash orderlarini topshirishdi, - deyilgan xabarda.

IIBB va Milliy Gvardiyaning ayol xizmatchilaridan tashkil topgan maxsus qo‘shma guruhlarning asosiy vazifasi – muammolarni aniqlash va ularni hal etishda yordam berish, jabrlangan ayollarni huquqini himoya qilish bo‘yicha barcha choralarni qo‘llash, zarur hollarda – qo‘riqlash orderini topshirishdir.

© GUVDV Tashkente 52 jenshinam vidali zashitniy order
IIB va Milliy Gvardiya Toshkentda 52 nafar ayolga qo‘riqlash orderlari topshirdi - Sputnik O‘zbekiston
V Tashkente 52 jenshinam vidali zashitniy order

Qo‘shma guruhlar xavotirli xabarlar kelib tushgan oilalardan xabar olishdi, joylarda suhbatlar o‘tkazib, xonadaonlardagi vaziyat o‘rganildi, muammolar aniqlandi. Biror oilada ayol kishi psixologik va ruhim bosimga, yoki jismoniy zo‘ravonlikka uchragani ma’lum bo‘lsa,  bu kabi oilalar bilan ishlar ehtiyotkorlik bilan olib boriladi. Chunki bunday holatlarda odob bilan ishlash, shuningdek, jabrlanuvchining hatti-harakatlariga baho bermaslik, hukm chiqarishga shoshmaslik, ularga diqqat bilan quloq solish va ayollarni haqoratlaydigan, kamsitadiganlarga nisbatan keskin bo‘lish talab etiladi.

Ma’lumot uchun, koronavirus epidemiyasi tufayli o‘rtacha hisobda 2,6 milliard kishi bir necha oydan beri o‘z-o‘zini yakkalash tartibida turmush kechirmoqda. Ushbu vaziyatdan oilaviy zo‘ravonlik holatlari kesikn ko‘payishi kuzatilmoqda. Ayrim mamlakatlarda oilaviy zo‘ravonlikdan jabrlanganlar soni 2 baravar oshgani haiqda BMT bosh kotibi Antonio Guterrish 5-aprel kuni so‘zlagan nutqida aytib o‘tgandi.

© GUVD TashkentaInspektori po voprosam jenshin GUVD Tashkenta sovmestno s sotrudnitsami Nasgvardii pomogayut jitelnitsam stolisi
IIB va Milliy Gvardiya Toshkentda 52 nafar ayolga qo‘riqlash orderlari topshirdi - Sputnik O‘zbekiston
Inspektori po voprosam jenshin GUVD Tashkenta sovmestno s sotrudnitsami Nasgvardii pomogayut jitelnitsam stolisi
Yangiliklar lentasi
0