Ayollarga ajrashganidan keyin ham erining uyida yashash huquqi berildi

© women-project.ruV Uzbekistane uzakonili pravo nevestki jit s bivshim mujem
V Uzbekistane uzakonili pravo nevestki jit s bivshim mujem - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston Yangi Yer kodeksiga muvofiq, oila a’zosi nikohdan ajralganidan keyin ham uy-joydan foydalanish huquqini saqlab qoladi.

TOShKENT, 9 apr – Sputnik. O‘zbekistonda 5-apreldan kuchga kirgan yangi qonunga asosan, turar joy mulkining egasi deb, u yerda doimiy yashaydigan er-xotin va ularning bolalari hisoblanadi.

Qaynota-qaynona yoki boshqa qarindoshlar faqat o‘zaro kelishilgan holda oila a’zosi deb hisoblanishi va ushbu mulkning egasi deb hisoblanishlari mumkin.

Qonundagi ushbu o‘zgarishlar eru-xotin huquq va majburiyatlariga quyidagi o‘zgarishlarni olib keladi:

  • Uy-joy mulkidan foydalanish huquqi nikohdan ajralganidan keyin ham saqlanib qoladi;
  • Uy-joyga o‘z bolalarini ro‘yxatdan o‘tkazish huquqiga ega bo‘ladi;
  • Turmush o‘rtog‘i bilan bir yildan ortiq birga yashaganidan so‘ng Toshkent shahri yoki Toshkent viloyatida doimiy ro‘yxatdan o‘tish huquqiga ega bo‘ladi;  

Norma.uz yozishiga qaraganda yuqorida ko‘rsatilgan o‘zgarishlar bundan buyon butun oilaning moliyaviy ahvolini va turar joyga bo‘lgan ehtiyojini muvofiq belgilash uchun xizmat qiladi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda ayni damda yer mulki va turar joylarni yoppasga kadastr ro‘yxatidan o‘tkazish jarayoni ketmoqda. 2019-yilning 1-iyunidan jismoniy va yuridik shaxslarga yer mulkini xususiylashtirish huquqi berilishi haqida prezident qarori imzolangan.

Yangiliklar lentasi
0