O‘n kunlik kelinchakni ayovsiz kaltaklagan erga sud hukmi o‘qildi

© Foto predstavleno rodstvennikami postradavsheyJestoko izbitaya suprugom jitelnitsa Bulungura Zuxra Umarova v bolnichnoy palate
Jestoko izbitaya suprugom jitelnitsa Bulungura Zuxra Umarova v bolnichnoy palate - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qarindoshlarining birortasi hukm o‘qiladigan kuni sudga kelmagani aytilmoqda

TOShKENT, 30-iyul - Sputnik, Dilshoda Rahmatova. Butun O‘zbekistonni shok holatiga solgan oilaviy drama va nihoyat mantiqiy yakuniga yetdi - 24-iyul kuni o‘n kunlik shar’iy nikohdagi jufti halolini o‘lasi qilib kaltaklagan er ustidan sud hukmi o‘qildi. Erkakka uch yilu sakkiz oylik qamoq jazosi berildi, deb xabar qilmoqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri.

Devushka podvergayetsya nasiliyu. Illyustrativnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda ilk bor "zo‘ravonlikka qarshi 16 kun" aksiyasiga start berildi

Muxbirning aytishicha, hukm o‘qiladigan kuni erkakning birorta qarindoshi sud majlisida qatnashmagan.

Sudya o‘z hukmini e’lon qilganidan so‘ng, erkakning advokati kelin tomondan mijozi uchun rahm-shafqat so‘ragan, ammo kelin uni kechirmagan.

Eslatib o‘tamiz, Samarqand viloyati Bulung‘ur tumanida to‘ydan 10 kun o‘tgach yosh kelinchak o‘z eri tomonidan ayovsiz kaltaklangan va tuman kasalxonasining reanimatsiya bo‘limiga tushgan edi.

1988 yilda tug‘ilgan Zuxra Umarovaning yuzida sog‘ joy qolmagan, ko‘zlari dahshatli shishib, qontalash bo‘lib ketgan edi.

Uni bu holatda hatto tuqqan onasi ham tanimagan.

Umarovaning onasi o‘sha vaqtda huquqni muhofaza qilish organlariga qilgan murojaat besamar ketgan, onaga qizini davolatish va "o‘ziga qimmatga tushishi bois tibbiy ekspertizani o‘tkazmaslik" maslahat berilgan.

Yangiliklar lentasi
0