Yangi qonun ayollarni tazyiq va zo‘ravonlikdan qanday himoya qiladi?

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaPredsedatel komiteta jenshin Samarkandskoy oblasti Gavxar Alimova.
Predsedatel komiteta jenshin Samarkandskoy oblasti Gavxar Alimova. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yangi qabul qilingan qonun ayollarni tazyiq va zo‘ravonlikdan qanday himoya qiladi, degan savolga Samarqand viloyati xotin-qizlar raisi Gavhar Alimova Sputnik O‘zbekiston muxbiriga izoh berdi.

TOShKENT, 23 avg – Sputnik. O‘zbekiston Oliy Majlisi Senatining yigirma birinchi yalpi majlisida “Xotin-qizlarni tazyiqlar va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida”gi qonun ma’qullandi. Bu qonun ayollarni tazyiq va zo‘ravonlikdan qanday himoya qiladi va qonunning e’tiborga molik jihatlari nimadan iboratligi xususida Samarqand viloyati xotin-qizlar raisi Gavhar Alimova Sputnik O‘zbekiston muxbiriga bergan intervyusida so‘zlab berdi.

Sotrudnik militsii v Uzbekistane - Sputnik O‘zbekiston
Samarqandda piyonista erkaklar ro‘yxati tuzildi

Alimova qonunga ko‘ra, tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlanuvchi tahdid haqida tegishli organlarga yoxud sudga murojaat etish, bepul huquqiy maslahat, ijtimoiy, psixologik, tibbiy va boshqa yordam olish kabi huquqlarga ega ekanligini ta’kidladi va bunda jabrlanuvchi yetkazilgan moddiy hamda ma’naviy zararni qoplash to‘g‘risida ariza bilan sudga murojaat etganida davlat boji to‘lashdan ozod qilinishiga e’tibor qaratdi.

Shuningdek, tazyiq va zo‘ravonlik jabrlanuvchisi maxsus markazga joylashtirilgan taqdirda uning ish joyi va maoshi saqlab qolishiga alohida urg‘u berib o‘tdi.

Gavhar Alimova suhbat davomida birgina Samarqand viloyatining o‘zida 600 nafardan ortiq ichkilikka ruju qo‘ygan va ayoliga, farzandlariga tazyiq o‘tkazuvchi erkaklar ro‘yxatga olinganini qayd etdi. Ba’zi joylarda ayollar muammoni ochishdan va eriga chora ko‘rishni so‘rab, murojaat qilishdan cho‘chishlarini afsus bilan tilga oldi.

Samarqand viloyati xotin-qizlar raisining so‘zlariga ko‘ra, 8 oy ichida Samarqanddagi markazlarga 500 yaqin xotin-qizlar ayollar murojaat qilgan. Ulardan 111 nafariga psixologik yordam, 94 nafariga huquqiy yordam ko‘rsatilgan 80 nafardan ortig‘i ish bilan ta’minlangan va ularga kreditlar ajratilgan.

“Bu o‘sha oiladagi tazyiq va zo‘ravonlik oqibatlari. Birgina misol keltiraman, ilgarilari statistikani ko‘proq aytmas edik, yashirashdik. Bugungi kunda biz muammoni ochiq aytib, uni ildizlari bilan ishlayapmiz. Masalan, 8 oy ichida Samarqand viloyatida 109 ta o‘z joniga qasd qilish holati kuzatilgan. Shundan 20 tasiga oilaviy masala sabab bo‘lgan, ya’ni 25 foizi bevosita tazyiq va zo‘ravonlik oqibatida. Misol tariqasida Kattaqo‘rg‘on tumanidagi holatni keltirish mumkin. Eri qattiq urishi oqibatida ayol o‘z joniga qasd qildi. Lekin u erkakka chora ko‘rilmadi. Uni o‘z joningga qasd qilgin deb urmagan-ku, degan gap xalq orasida va huquq-tartibot organlari ichida bor masala. Mana bundan keyin qonunchilikda aniq belgilanib, ularga choralar ko‘riladi”, - deydi Gavhar Alimova.

Jenshina iz Bulungura, postradavshaya ot poboyev supruga - Sputnik O‘zbekiston
Xotin-qizlar qo‘mitasi eri ayovsiz kaltaklagan kelinchakni o‘z himoyasiga oldi

Alimova oilalar uchinchi shaxs qaynona, qaynisingil hattoki xola va ammalar aralashishi oqibatida oilalar buzilayotganini va ularga boshqa kishilar tarafidan ruhiy zarbalar berilayotganini aytib, buni tazyiq, jabr ko‘rsatishning shikast oldi, degan tushunchada olish mumkinligini ta’kidladi.

“Erkaklar ham oiladagi uchinchi shaxslar ham bundan keyin o‘ylab muomila qilishadi deb o‘ylayman. Buning uchun biz huquqiy targ‘ibotni kuchaytirishimiz kerak. Bunday fuqarolar bilan ishlab, ma’naviy saviyasini oshirishga juda katta e’tibor qaratishimiz kerak”,  - deya so‘zlariga yakun yasadi Gavhar Alimova.

“Ishonch telefoni”ga xotin-qizlardan 15 mingdan ziyod murojaatlar kelib tushdi

Yangiliklar lentasi
0