Oilalarni buzish, xavfsizlikka ziyon yetkazish: Iyegova shohidlari O‘zbekistonga tahdid sifatida

Jamiyat qadriyatlari va davlat qonunlarini tan olmaydigan "Iyegova shohidlari"* ko‘plab mamlakatlarga katta zarar yetkazmoqda.
Sputnik

Asli buxorolik bo‘lgan, ancha yillardan buyon Toshkentda istqomat qiluvchi Farrux, diniy kelishmovchiliklar tufayli oilasidan mahrum bo‘lganini so‘zlab berdi.

"To‘g‘risini aytsam, bir kun kelib diniy ziddiyat tufayli ayolim va ikki nafar gulday farzandimdan ayrilaman deb o‘ylamagan edim", deya gap boshladi suhbatdoshim.

Farrux oliy ma’lumotli yurist, biroq diplomi bo‘yicha bir kun ham ishlamagan, biznes sohasini tanlagan. Turmush o‘rtog‘i – Marina bilan 2010-yillarda tanishgan va nikoh o‘qitishgan. Bugungi kunda oila ajragan.

Qozog‘istonda “Iyegova shohidlari” a’zolari bachabozlikda gumonlanmoqda

U bo‘lajak turmush o‘rtog‘i bilan endi tanishgan vaqtlarida Marina otasi o‘zbek, onasi rus, o‘zining nasroniyligini aytgan. Lekin yigitga turmushga chiqayotganida musulmoncha nikoh o‘qitishni xohlab, o‘z xohishiga ko‘ra, musulmon dinini qabul qilgan.

Juftlik 10-yil el qatori hayot kechiradi, yaxshi-yomon kunlarni birgalikda yengib o‘tadi va, hatto, orada Rossiyada yashab, ishlab qaytishadi. 2018-yilda chetdan qaytib, rasmiy nikohdan o‘tishadi va Toshkentning Yunusobod tumanidan uch xonali kvartira olib, yashay boshlashadi.

Yunusobod – Marina tug‘ilib, o‘sgan joy bo‘lgani uchun, ko‘p o‘tmay oila hayotida «yangi” eski tanishlar paydo bo‘ladi. Oilada sekin-asta tushunmovchiliklar, mayda janjallar boshlanadi.

"Rafiqam kunlarning birida dasturxon ustida "omin" qilmay qo‘ydi. Har doim ovqatdan keyin onasiga qarab omin qilishga o‘rganib qolgan bolalarim ham bundan, g‘alati holatga tushishdi. Keyin arzimagan janjal bilan meni uydan chiqarib yuborishni odat qildi. Keyin bildimki, bu vaqtga kelib "shohidlar" ayolimni to‘liq o‘ziga og‘dirib olishga ulgurgan ekan. Vaziyat shu darajaga yetdiki, "sen bilan bitta uyda yashay olmaymiz, alohida yasha", deyishgacha bordi", deya hikoya qiladi Farrux.

Marina Farruxning ko‘z o‘ngida o‘zgarib borardi. Gaplashib olishga rozi bo‘lmas, savollariga javob bermas, hatto uch xonali uyni sotib, homilador holiga Yashnobod tumaniga ko‘chib ketadi.

Ikki yil oilamni qaytarishga urindim

Farrux oilasini qutqarib qolish maqsadida, Marinaga nima bo‘layotgani sababini chuqurroq anglash uchun ayolini o‘z xoliga qo‘yishga va hatto u aytgan talablarni bajarishga harakat qiladi.

Samarqandda masjidlarga kiritilmagan o‘nlab kar-soqovlar "Iyegova shohidlari" safiga qo‘shildi

Ammo bu befoyda edi. Marina "sekta" hayotiga sho‘ng‘igan, tunu kun ularning yumushlari bilan band, oilada hatto oddiy tug‘ilgan kun ham nishonlanmaydigan bo‘ldi.

– Boshida sabr bilan qaytarishga harakat qilgan bo‘lsamda, kunlarning birida o‘ta g‘azablandim. Iyegova shohidlari oilamni parokanda qilyapti, o‘zlarining uyushmasiga to‘ng‘ich qizimni to‘liq tiqib bo‘lganini, men esa qo‘limdan hech narsa kelmayotganini, tang ahvoldaligimni tan olib, bularning Chirchiq shahridagi "Zal sarstva" degan cherkoviga kirib bordim. Bilasizmi, tashqi ko‘rinishi saxiy, mehribon, beozor ko‘ringan bu odamlar aslida siz o‘ylaganday emas. Hamma aytganlarimga qisqa qilib, "bu uning xohishi", deya javob qaytarishdi. Oila parokanda bo‘layotgani masalasi ularni mutlaqo bezovta qilmadi. Hamma qilayotgan ishlari o‘qiyotgan adabiyotlariga qarshiligini dalillar bilan isbotlagan vaqtlarim ayolim "bizlarga tortishish mumkin emas", deya muloqotga nuqta qo‘yar edi. Shu tariqa bizlar bir-birimizga begonalashib ketdik.

Ikki yillik janjalli turmushdan so‘ng, ming qaytarishga urinmay, Marina tanlagan yo‘lidan qaytmasligini aytgach, turmushimiz ajrim bilan tugadi.

Din Vatan himoyasidan ulug‘

Iyegova shohidlarining ta’limotida harbiy xizmat taqiqlanadi. Harbiy harakatlardan ishtirok etish esa inchunin. Hatto vatanni himoya qilish uchun ham qo‘lga qurol olish mumkin emas.

Oilalarni buzish, xavfsizlikka ziyon yetkazish: Iyegova shohidlari O‘zbekistonga tahdid sifatida

Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumani Mudofaa ishlari bo‘limi boshlig‘ining so‘zlariga ko‘ra, xizmatdan qochadigan iyegovchilar uncha ko‘p emas, lekin ular bor.

U yaqinda yuz bergan bir holatni eslaydi. Yigit ancha vaqtgacha o‘zining sog‘ligi jihatdan yaroqsizligini aytib, xizmatdan qochishga uringan. Tibbiy xulosa esa buning aksini ko‘rsatgan. Oxir-oqibatda yigit Iyegov shohodlaridan ekanini tan olib, armiyada xizmat o‘tashi mumkin emasligini aytadi.

Bu kabi fuqarolar alternativ xizmatni o‘taydi. Buning uchun xizmatni rad etishning asoslantirilgan sabablari ko‘rsatilgan ariza bilan mudofaaga ko‘maklashish bo‘limiga murojaat qilishi lozim bo‘ladi.

Davlat va jamiyatdan xoli 

“Iyegova shohidlari" faoliyati MDHning ko‘plab mamlakatlarda ta’qiqlangan. Jumladan Rossiya, Gruziya va Tojikistonda ham. 

Sekta AQShda tashkil etilgan emasmi, ish uslubi xuddi yaxshigina tijorat tashkilotining reklamasiga o‘xshaydi - chiroyli rasmli bukletlar va o‘ta xiralik bilan odamga "yopishib" olishadi.

Rossiyada “Iyegova shohidlari” bilan yuzaga kelgan vaziyat Britaniyani tashvishga soldi

1990 yllarda O‘zbekiston shaharlarida bundayin xira suhbatdosh – Iyegova shohidlari (Yahve guvohlari) sektasining missionerlariga duch kelmagan insoning o‘zi bo‘lmasa kerak.

O‘n yillik oxiriga kelib, islomiy ekstremizm  va radikalizm kuchayish fonida O‘zbekistonda prozeltizm  (birovni o‘z diniga og‘dirib olish) va missionerlik faoliyati ta’qiqlandi, "Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar" to‘g‘risidagi qonunga o‘zgartirishlar kiritildi va uning ijrosi talab etila boshlandi. Shundan so‘ng ko‘chalarda buklet ko‘tarib yuradigan targ‘ibotchilar yo‘qoldi. 

O‘zbekistonda “diniy ekstremizm” deyilganda ko‘proq islom dinini niqob qilib olgan tashkilotlar tushunilsa-da, “shohidlar”ning faoliyati ham ushbu Qonun ta’siri doirasiga tushdi. Chunki ularning qilmishlari jamiyat uchun, uning ma’naviy-axloqiy asoslari, ustunlari uchun boshqa ekstremistik tashkilotlarnikidan kamroq zarar keltirmasdi.

Na ilm na din

Ko‘rinishidan beozor “beozor” bo‘lgan ushbu sekta, aslida - o‘ta xavfli. Chunki, ular na insoniy xulq-atvor qoidalarini, jamiyat qadriyatlarni va na davlat tomonidan belgilangan qonun-qoidalarini tan oladi.

"Iyegova shohidlari" delegetsiyasi Toshkentda bo‘ldi

Ularning ta’limi asosida - umuminsoniy Armageddon, ya’ni Qiyomat kuni. Bu kunda Iso bilan Shayton qo‘shini o‘rtasida jang bo‘ladi. Sektachilar, o‘z vatanini himoya qilmaganlaridek, bu jangda ham ishtirok etmaydi, kuzatishadi.

Armageddondan keyin sektaning "kichik poda" deb ataladigan (imoni mustahkam va sekta yo‘lida ko‘p xizmat qilgan) alohida toifasi – 144 ming kishi osmonga chiqib ketadi, "ruhiy tanada" qayta tiriladi, "boshqa qo‘ylar" (oddiy sektachilar nazarda tutilgan) yerda qoladi va ming yil Iso Masih podsholigi ostida yerdagi jannatda bo‘lishadi. Shundan so‘ng iblis bilan sinov bo‘lib, shayton va uning ortidan ergashganlar tag-tugi bilan yo‘q qilib tashlanadi. Nihoyat mana shu jangda "shohidlar" ishtirok etadi.

Xullas, «shohid”larning keyingi ming yillik borasidagi qisqacha hayot ssenariylari mana shunday. Saxiylik bilan hammaga jannat va’da qilingan. Kimgadir yerda, kimgadir osmonda.

Sekta rahbarlari bir-necha bor qiyomatni «bashorat” qildi, birortasi ham ro‘yobga chiqmadi. Natijada bunaqa subutsizlik tashkilotning obro‘yini tushirib yubordi va 1995-yilda rahbariyat "bundan keyin qiyomat kunining aniq sanasini belgilash maqsadga muvofiq emas", degan xulosaga keldi.

E’tiqodlar kelishuvi: o‘rtada begona yo‘q

O‘zbekistonda ming yillar davomida turli e’tiqodlar yonma-yon, bir biriga ko‘nikib, o‘zaro tushunish hosil qilgan holda yashab kelmoqda. Sekta esa hech qanday davlat va jamiyat qadriyatlarini tan olmasligi - kundek ravshan.

Dunyoning eng yirik to‘rt dini zamin tarixi orqali o‘tib, unda o‘z izlarini qoldirdilar. ularning hech biri boshqa din hududiga, ta’sir doirasiga tajovuz qilmaydi. Ana shunday nozik muvozanat hukm surayotgan jamiyatda tashqi buzg‘unchi kuchning paydo bo‘lishi - katta xavf va ixtiloflarga olib kelishi muqarrar. 

O‘zbekistonda Mustaqillikning ilk yillarida Iyegova shohidlarining 2ta tashkiloti ochilgan edi. Biri - Farg‘onada ikkinchisi - Chirchiqda. Bugungi kunda faqat Chirchiqdagisi qolgan.

"Iyegova shohidlari" sektasi Samarqandni ko‘z ostiga oldi

Islom akademiyasi dotsenti Davron Maqsudov aytishga ko‘ra, sektachilar jamiyatga, ayniqsa yoshlarga juda katta zarar yetkazishi mumkin. Buni oldini olish uchun, birinchidan, odamlar orasida keng tushuntirish ishlari olib borish kerak. 

"Sektachilar ko‘p hollarda bepul ovqat tarqatish yoki boshqa xayr-ehson aksiyalari bilan o‘z saflariga odamlarni chorlaydi. Shuningdek ular tibbiyot maskanlarida ham targ‘ibot ishlari olib borishadi. Bu amaliyotlarni qonun bilan cheklash kerak", - deydi ekspert.   

Mutaxassis fikriga ko‘ra, sektachilarning qirq/o‘n nomli ilmida - alohida xavf bor. ular Yer sharining 40 va 10 paralellari orasidagi yerlarda Injilni targ‘ib qilishni nazarda tutadi. Ushbu hududga Markaziy Osiyo ham kiradi. 

Sekta faoliyatining ijtimoiy oqibatlari ham achinarlidir - odamlar o‘zlarining barcha mulklarni sotib sektaga berishi va faqat Injil bilan qolishni talab qiladi. 

Sektachilar hech kim - na katoliklar, na pravoslavlar va na musulmonlar bilan kelisha oladi. Boshqa din vakillarini esa ular mutlaq tan olmaydi, deydi mutaxassis.  

* Rossiya va qator davlatlarda taqiqlangan tashkilot