Samarqandda masjidlarga kiritilmagan o‘nlab kar-soqovlar "Iyegova shohidlari" safiga qo‘shildi

© Sputnik / Ramil Sitdikov / Mediabankka o‘tishPrazdnovanie Kurban-Bayrama v Moskve
Prazdnovanie Kurban-Bayrama v Moskve - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Samarqand viloyati hokimligida aholi, yoshlarni missionerlik va prozelitizm ta’siridan himoyalash masalasiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

TOShKENT, 4-iyun - Sputnik. Samarqandda masjidlarga kiritilmagan o‘nlab kar-soqovlar "Iyegova shohidlari" safiga qo‘shilgan. Bu haqda viloyat hokimligida o‘tkazilgan yig‘ilishda aytilgan.

Odil sudlov ramzlari - Sputnik O‘zbekiston
"Iyegova shohidlari" sektasi Samarqandni ko‘z ostiga oldi

Samarqand qiloyati hokimi Erkinjon Turdimov O‘zbekiston prezidenti tashabbusi bilan bugun mamlakatda diniy bag‘rikenglik tamoyili asosida barcha din vakillari uchun teng imkoniyatlar yaratilib berilgan bo‘lsa-da, ammo bu imkoniyatlarni suiiste’mol qilayotgan ayrim guruhlar "missioner"ga aylanib, o‘zbekistonliklarni ham o‘zlari tomon chorlayotganini aytgan.

""Iyegova shohidlari" tashkiloti g‘oyalari bilan yo‘g‘rilgan kitoblar asosida yig‘ilishlar o‘tkazib, millatimiz birdamligiga rahna solishga intilmoqda. Iyegova shohidlarining ochiqdan-ochiq ta’qiblari, xatti-harakatlaridan norozi bo‘layotgan yurtdoshlarimiz soni keskin oshmoqda. Mahalla oqsoqollarida bunday oqimlarga qarshi turish malakasi topiladimi? Shunday vaziyatda bu kabi murojaatlarga nima deb javob berishni bilishadimi? Deputatlar, siyosiy partiyalar vakillarida hafsala va jasorat namoyon bo‘ladimi?", - deb aytgan Turdimov.

Viloyat bosh imom-xatibi Eshonqulov, Samarqand shahridagi Avliyo Georgiy ibodatxonasi klirigi A.Ponomarov, "Iyegova shohidlari"dan ozor chekkan fuqaro M.Karimov globallashuv zamonida boshqa dinni targ‘ib qilish, samoviy dinlarning barchasiga zid bo‘lgan g‘oyalarni yoyish, inson qalbi va ongini zabt etishga, o‘z dinidan voz kechishga qaratilayotgan missionerlik harakati xavfi o‘z dolzarbligini yo‘qotmaganini ta’kidlashgan.

Ministerstvo inostrannix del Velikobritanii. - Sputnik O‘zbekiston
Rossiyada “Iyegova shohidlari” bilan yuzaga kelgan vaziyat Britaniyani tashvishga soldi

"Bir qarashda, ushbu mavzu bo‘yicha ko‘p gapirganmiz, yig‘ilish va tadbirlar o‘tkazib, maqola va risolalar chop etib, ular hayotidan olingan filmlar yaratgan holda yurtdoshlarimizni missionerlikning ayanchli oqibatlaridan xabardor qilib qo‘ygandekmiz, – Ammo e’tiborsizligimiz tufayli o‘nlab imkoniyati cheklangan (kar va soqov) yurtdoshlarimiz «Iyegova shohidlari»ga qo‘shilib ketishgan. Chunki biz ularni masjidga kirgizmaganmiz, muqaddas Islom dinimizda o‘z e’tiqodidan voz kechishlik murtadlik, kechirilmas gunoh ekanligini tushuntira olmaganmiz", - deb aytgan Samarqand viloyati imom-xatibi.

Viloyat rahbari g‘oyaviy-mafkuraviy tahdid sifatida davom etayotgan missionerlik faoliyatini o‘z o‘rnida anglash, ulardan doimo ogoh bo‘lish, mazkur harakatlarni o‘z vaqtida bartaraf etish bo‘yicha tegishli tashkilotlar zimmasiga vazifalar yuklagan.

Ishtirokchilar hukmiga "Iyegova shohidlari: Manqurtga aylantirish san’ati" nomli videofilm namoyish etilgan.

Yangiliklar lentasi
0