"Iyegova shohidlari" delegetsiyasi Toshkentda bo‘ldi

© LoggaWigglerToshkent shahri
Toshkent shahri - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zaro tanishuvdan so‘ng delegatsiya a’zolari O‘zbekistondagi diniy vaziyat va qo‘mita faoliyati bilan tanishtirilgan

TOShKENT, 29-iyun — Sputnik. 28-iyun kuni qo‘mitada "Iyegova guvohlari" diniy tashkiloti delegatsiyasi — AQSh dagi boshqaruv Kengashi vakili K.Flodin va Yevropa birlashmasi vakili L.Trapanezelar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi, deb xabar qildi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi matbuot-xizmati.

Uchrashuvni Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi o‘rinbosari O‘.Hasanboyev olib borgan. Uchrashuvda, shuningdek, qo‘mita konsultanti B.Qodirov va Chirchiq shahridagi "Iyegova guvohlari" diniy tashkiloti vakili N.Korolevlar ishtirok etganlar.

Toshkentda bag‘rikenglik kuniga bag‘ishlangan anjuman bo‘lib o‘tdi
"O‘zaro tanishuvdan so‘ng delegatsiya a’zolari O‘zbekistondagi diniy vaziyat va qo‘mita faoliyati bilan tanishtirildi. Jumladan, yurtimizda diniy erkinliklarning milliy qonunchiligimiz, xususan, Konstitutsiyamizning tegishli moddalari va O‘zbekiston Respublikasining "Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida"gi qonuni bilan mustahkamlangani alohida tilga olindi.

Uchrashuv davomida K.Flodin tashkil etilgan uchrashuv va berilgan ma’lumotlar uchun o‘z minnatdorchiligini bildirdi. Shuningdek, o‘z tashrifining asosiy sababi — tashkilot faoliyatiga oid masalalar muhokamasi ekanini aytib o‘tdi", — deyilgan xabarda.

O‘tkazilgan suhbat nihoyasida delegatsiya a’zolari qabuldan mamnun ekanliklarini izhor etib, tomonlar kelgusida ham bu kabi muloqotni davom ettirish maqsadga muvofiqligini bildirganlar.

Uchrashuv o‘zaro hurmat ruhida bo‘lib o‘tdi, deb ta’kidlangan xabarda.

Yangiliklar lentasi
0