"Iyegova shohidlari" sektasi Samarqandni ko‘z ostiga oldi

© fotoliaOdil sudlov ramzlari
Odil sudlov ramzlari - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
19 yanvar kuni huquq-tartibot organiga Samarqand shahar Dahbet ko‘chasidagi xususiy hovlilardan birida shubhali shaxslar to‘plangani haqida telefon qo‘ng‘irog‘i bo‘ldi

TOShKENT, 11 fev — Sputnik. Joriy yilning 19-yanvar kuni huquq-tartibot organiga Samarqand shahar Dahbet ko‘chasidagi xususiy hovlilardan birida shubhali shaxslar to‘plangani haqida telefon qo‘ng‘irog‘i bo‘ldi. Tezkor guruh vaziyatni o‘rganish uchun aytilgan  manzilga yetib bordi, deb xabar qilgan "Zarafshon" gazetasi.

Sud belgisi - Sputnik O‘zbekiston
Jizzaxda "Iyegova shohidlari" sektasiga qiziqqan qiz jazolandi
Aniqlanishicha, fuqaro Roziya Qosimova o‘zi istiqomat qiladigan uyda adliya idoralarida ro‘yxatga olinmagan "Iyegova shohidlari" diniy tashkilotiga a’zo bo‘lgan adeptlarning noqonuniy yig‘ilishini uyushtirgan ekan. Yig‘inda Samarqand shahri va unga yaqin hududlarda yashovchi 9 kishi qatnashgani ma’lum bo‘ldi.

Yig‘ilish o‘tkazilayotgan uy ko‘zdan kechirilganda diniy mazmundagi "Injil", "Muqaddas kitob", "Rassujdenie s pomoshyu pisaniy", "Organizovanniy chtobi ispolnyat volyu Iyegovi", "Poznanie vedushee k vechnoy jizni", "Rukovodstvo dlya shkoli teokraticheskogo slujeniya", "Farzandlaringizga ta’lim bering", "Muqaddas kitob ta’limotlari" kitoblari, "Duxi mortvix" jurnali, Islom diniga aloqasi bo‘lmagan diniy mazmundagi varaqalar, 2 dona planshet borligi aniqlanib, bu ashyoviy dalillar tegishli tartibda rasmiylashtirildi.

Ushbu hududda yashovchilar R.Qosimova uzoq vaqtdan buyon Samarqand shahrining musulmon aholisi orasida mazkur tashkilotni targ‘ib etgani, "Iyegova shohidlari" tashkiloti g‘oyalarini targ‘ib qiluvchi adabiyotlarni tarqatganini ma’lum qildi.

Roziya Qosimova 2007-yilda ham shu kabi faoliyati uchun ma’muriy jazoga tortilgan. Ayni vaqtda noqonuniy diniy yig‘ilish tashkilotchisi va uning faol a’zolariga nisbatan Ma’muriy-protsessual kodeksning tegishli moddalari bilan materiallar tayyorlanmoqda.

O‘zbekistonda har payshanba jinoyatchilikning oldini olish kuni deb e’lon qilindi
O‘zbekiston ko‘pmillatli, dinlararo bag‘rikeng davlat hisoblanadi. Bu yerda ko‘p asrlardan buyon dini, e’tiqodi, ijtimoiy kelib chiqishidan qat’i nazar, turli millat va elat vakillari tinch-totuv istiqomat qilib kelmoqda.

Bu imkoniyatdan ayrim noqonuniy diniy oqim va guruhlar o‘z g‘arazli maqsadi yo‘lida foydalanishga urinmoqda.

Vaholanki, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, "Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida"gi Qonun va boshqa huquqiy-meyoriy hujjatlarda diniy ta’limotni majburlab singdirish yoki targ‘ib qilish taqiqlangan.

Shunday ekan, har qanday ko‘rinishdagi missionerlik harakatlariga yo‘l qo‘yilmaydi va bunday faoliyatga qarshi kurash olib boriladi. O‘z navbatida yurtdoshlarimiz ham atrofda bo‘layotgan voqea-hodisalarga befarq bo‘lmay, yoshlarni yot g‘oya va ta’sirlardan asrashga o‘zini mas’ul deb bilishi lozim.

Yangiliklar lentasi
0