TOShKENT, 11 okt – Sputnik. Olma-ota politsiyasi “Iyegova shohidlari”* diniy tashkilotining ayrim a’zolari voyaga yetmagan shaxslarni jinsiy daxlsizligiga qarshi jinoyatlar ehtimoliy aloqadorligi haqida ma’lumotlarni tekshirmoqda. Bu haqda Sputnik Qozog‘iston xabar qildi.
Politsiya xodimlari 9-oktabr kuni “Iyegova shohidlari” xizmat xonalari va ayrim tashkilot a’zolari turar joylarida tergov tadbirlarini amalga oshirishdi.
16 yoshga to‘lmagan shaxs bilan jinsiy aloqa qilish to‘g‘risida fuqarolar arizalari surishtiruv harakatlari boshlanishiga asos bo‘ldi.
Jinoyat kodeksiga asosan bu jinoyat 10-15 yilgacha ozodlikdan mahrum etish jazosini nazarda tutadi.
* Rossiyada taqiqlangan ekstremistik tashkilot