"Armiya-2020" xalqaro forumi: Rossiya, Qozog‘iston va Belarus ekspozitsiyalari

"Armiya-2020" xalqaro harbiy-texnik forumi (XHTF) COVID-19 pandemiyasi cheklovlari va global harbiy-siyosiy turbulentlik sharoitida dunyo mudofaa sanoatida yilning ilk yirik ko‘rgazmasiga aylanadi
Sputnik

23-29 avgust kunlari Rossiyaning bir qator mintaqalari va Armaniston hududida bo‘lib o‘tadigan "Armiya-2020" forumida 1500 dan ortiq kompaniyalar 28 mingdan ortiq qurol va texnikalar namunalarini namoyish etadilar.

ArMI – 2020: o‘zbekistonlik tankchilar musobaqaga qanday tayyorgarlik ko‘rmoqda

Forumda 72 ta davlat qatnashishini tasdiqladi. Ulardan o‘ntasi - Armaniston, Belarus, Braziliya, Vyetnam, Eron, Qozog‘iston, Livan, Ruanda, MAR, Janubiy Osetiya - yuqori darajadagi delegatsiyalar bilan ishtirok etadi. O‘z milliy ekspozitsiyalarini besh mamlakat - Belarus, Braziliya, Hindiston, Qozog‘iston, Pokiston joylashtiradi.

"Armiya-2020" forumining ochilish marosimi "Patriot" ko‘rgazma markazida 23-avgust kuniga rejalashtirildi, 24-26 avgust kunlari mutaxassislar uchun ish kunlari bo‘lib, 27-29 avgust kunlari ekspozitsiya barcha uchun ochiq bo‘ladi.

Asosiy ko‘rgazma maydonchalari Moskva yaqinidagi Patriot bog‘i, Kubinka aerodromi, Alabino va Ashuluk o‘quv poligonlari bo‘ladi, ammo qurol va harbiy texnika ekspozitsiyalari barcha harbiy okruglar va Rossiyaning Shimoliy flotida joylashtiriladi. Faqatgina Janubiy harbiy okrugning o‘zida "Armiya-2020" forumi Stavropol o‘lkasi, Vladikavkaz, Volgograd, Kaspiysk, Astraxan, Adigeya, Ingushetiya, Kabardino-Balkariya, Karachayevo-Cherkesiya, Chechenistonni qamrab oladi. Shuningdek, forum Armanistonda, Rossiyaning harbiy bazasi joylashgan Gumri shahri hududida bo‘lib o‘tadi.

O‘zbek harbiylari ArMI-2020 o‘yinlarida ishtirok etadi

O‘tgan yilga nisbatan statik ekspozitsiyaning umumiy maydoni 60 ming kvadrat metrga kengaytirildi va jami 320 ming kvadrat metrdan oshadi. Umuman olganda, Sankt-Peterburgdan Vladivostokgacha va Severomorskdan Sevastopolgacha joylashgan 47 ta maydoncha mavjud (poligonlar va aerodromlarni qo‘shgan holda). Turli mamlakatlarning mudofaa korxonalari uchun bu ularning yuqori texnologiyali mahsulotlarni ishlab chiqarish va yetkazib berishni kengaytirishga tayyorligini namoyish etish uchun imkoniyatdir.

Forumning ilmiy-ishbilarmonlik dasturi 170 dan ortiq tadbirlarni o‘z ichiga olgan, ishtirokchilar mudofaa qobiliyati, mudofaa sanoati majmuasining ilmiy-texnik va ishlab chiqarish salohiyatini rivojlantirish muammolarini, xalqaro harbiy va harbiy-texnik hamkorlik istiqbollarini muhokama qilishadi.

Belarus va Qozog‘iston ekspozitsiyalari

Agar “Armiya-2019” forumida MDH davlatlaridan Armaniston, Ozarbayjon, Belarus va Qozog‘iston o‘z stendlari bilan qatnashgan bo‘lsa, bu yil faqat Belarus va Qozog‘istonning mudofaa sanoati korxonalari o‘z mahsulotlarini namoyish etadilar.

Rossiyaning Tu-95 raketa tashuvchi samolyoti o‘ta xavfli mashqni bajardi

Sanitariya-epidemiologiya nazorati choralariga alohida e’tibor qaratildi, "Armiya-2020" hududi COVID-19 koronavirusidan holi deb e’lon qilindi, ammo dunyodagi noaniq epidemiologik vaziyat ko‘rgazmaga tayyorgarlikni murakkablashtirdi va xorijiy davlatlarning faolligini qisqartirdi. Eslatib o‘taman: o‘tgan yili forumda 120 mamlakat va o‘nta milliy ekspozitsiya (Ozarbayjon, Armaniston, Belarus, Hindiston, Qozog‘iston, Xitoy, Pokiston, Turkiya, Tailand, Janubiy Afrika Respublikasi) ishtirok etgan.

Belarus milliy mudofaa sanoati an’anaviy mahsulotlar to‘plamini taqdim etadi: elektronika, optika, pilotsiz uchish apparatlari. Respublikadagi Moskva maydonchasi biznesni kengaytirish uchun istiqbolli deb hisoblanadi va hattoki shu joriy avgustdagi ichki siyosiy beqarorliklar "Belspesvneshtexnika" kompaniyasining maydonchasi birlashtirgan ishtirokchilarning faolligini pasaytirmaydi.

Be-200 amfibiya-samolyotlari – “uchar kemalar” nimalarga qodir?

Agar "Armiya-2019" forumida 15 korxona qatnashgan bo‘lsa, unda bu yil Belarusning turli mulkchilik shaklidagi 20 ga yaqin kompaniyalari 200 dan ortiq harbiy mahsulotlar namunalarini, shu jumladan 122 mm li RSZO "Shkval" jangovar mashinasi va R-443O sun’iy yo‘ldosh aloqasi stansiyasi maketlarini, MZKT-490101-010 yengil zirhli mashinasini, "Volar" ko‘chma yuqori chastotali radiopelenglash majmuasi maketini taqdim etadi. Belarus Respublikasi har yili qiymati 1,5 milliard dollargacha bo‘lgan qurol va harbiy texnikalarni eksport qiladi va ushbu tushumlarning katta qismi Rossiyaga to‘g‘ri keladi.

Har bir "Armiya" ko‘rgazmasi bilan Qozog‘iston Respublikasi o‘z faolligini oshirib kelmoqda va milliy mudofaa sanoatining rossiyalik hamkorlar bilan o‘zaro aloqalarini mustahkamlamoqda. O‘tgan yili Qozog‘iston mudofaa sanoatini turli ixtisoslikdagi 10 dan ortiq korxona namoyish etdi. "Semey injiniring" zavodining stendi "Armiya-2019" forumi mutaxassislari va mehmonlarida katta qiziqish uyg‘otdi, tashrif buyuruvchilar orasida RF Mudofaa vaziri Sergey Shoygu ham bor edi.

Rossiya chegaralarida hafta ichida 32ta samolyot razvedka o‘tkazdi

"Armiya-2020" forumida Qozog‘istondan “Semipalatinsk mashinasozlik zavodi”ning takomillashtirilgan o‘rmalovchi transporter-tortqich traktori, “Kirov nomidagi zavod”ning himoyalangan noutbuk va planshetlari, "Semey injiniring" korxonasining zirhli transport vositalarining mukammal ta’miri va modernizatsiyalash xizmatlari namoyish etiladi. "Kazaxstan injiniring" kompaniyasining sho‘ba korxonasi bo‘lmish "Tinis" zavodi - ichki ishlar idoralari uchun aviatsion butlovchi qismlarining haqiqiy o‘lchovdagi namunalarini, shaxsiy himoya vositalarini namoyish etadi. "Tinis" Qozog‘istonning Rossiyaga aviatsion butlovchi qismlarni eksport qiluvchi yagona korxonadir.

“Armiya” forumi yaqin va uzoq xorijdan kelgan mutaxassislarga qurollarni, harbiy texnika va ikki tomonlama maqsadli mahsulotlarni loyihalash, ishlab chiqarish va sotish tendensiyalarini aniqroq baholashga imkon beradi. Shuningdek, qo‘shma loyihalarni muvaffaqiyatli ilgari surishga ham.

Rossiya ekspozitsiyasi

RF Mudofaa vazirligi qurollar, harbiy va mahsus texnikalarning 370 dan ortiq seriyali namunalarini, shu jumladan “Armata” platformasidagi T-14 asosiy jangovar tankini va T-15 og‘ir piyodalar jangovar mashinasini, tanklarni qo‘llab-quvvatlovchi yangi jangovar mashinani (BMPT), "Tayfun-VDV" mashinasi negizida "Drok" o‘ziyurar minomotini, "Buk-M3" qo‘shinlar o‘rta masofali harbiy havo mudofaasi majmuasini, piyodalar jangovar mashinasining K-17 jangovar moduli bilan jihozlangan "Bumerang K-16" zirhli transportorini, 2S38 "Derivatsiya-PVO" o‘ziyurar zenit-artilleriya majmuasini, 2S35 "Koalitsiya-SV" 152 mm artilleriya kompleksini, takomillashtirilgan T-90M va T-80BVM tanklarini taqdim etadi.

Hech qanday "Buk" yo‘q, lekin asorati bor. MH17 ishida nima hisobga olinmagan?

Bundan tashqari, forum mehmonlari va ishtirokchilari Rossiyaning tank sanoatining 100-yilligiga bag‘ishlangan "Tankprom Alleyasi" ko‘rgazmasi bilan tanishishlari mumkin bo‘ladi – unda “Patriot” bog‘ida keng jamoatchilikka birinchi marta 22 ta tank va zirhli mashinalar namoyish etiladi.

Patriot bog‘ining pavilonlari va ochiq maydonlarida va uning mintaqaviy filiallarida Rossiya mudofaa sanoatining mashhur seriyali va mutlaqo yangi qurol-aslahalari namoyish etiladi. Ularni bir vaqtning o‘zida ko‘rish imkoniyati bo‘ladi.

Rossiya harbiy-sanoat kompleksining yetakchi "Obyedinennaya sudostroitelnaya korporatsiya", "Obyedinennaya aviastroitelnaya korporatsiya", "Rostex", "Takticheskoe raketnoe voorujenie", "Kalashnikov", "Almaz-Antey" korxonalari stendlarida qurollarning eng qiziqarli namunalari va istiqbolli ishlanmalari bilan tanishish mumkin bo‘ladi. Chet ellik hamkorlarning samarali ishlashi uchun barcha zarur sharoitlar yaratildi: ilmiy va ishbilarmonlik dasturida kuchli multimedia uskunalari va aloqa vositalari bilan jihozlangan 49 konferensiya zali va muzokaralar xonalaridan foydalansa bo‘ladi. Texnik vositalar sayyoramizning uzoq burchaklarini telekonferensiya rejimida bog‘lab, forum ishtirokchilarining geografiyasini kengaytirish imkonini beradi.

"Ko‘rinmas" qotil: Rossiyaning "ovchi" droni AQSh va NATOni nega tashvishga solyapti?

Yorqin xususiyatlar

"Armiya-2020" juda ko‘p qiziqarli hodisalarga boy bo‘ladi: ochiq maydonchada 70 dan ortiq natural hajmdagi aviatsiya texnikasi namunalari ko‘rgazmasi, ko‘rgazmali parvozlar, Ulug‘ Vatan urushida G‘alabaning 75-yilligiga bag‘ishlangan tadbirlar.

Tomoshabinlarni "Russkie vitazi", "Striji", "Berkuti" yuqori pilotaj guruhlarining an’anaviy va doimo hayratga soladigan aviashousi kutmoqda. Zamonaviy tarixda birinchi marta "Striji", tarkibida to‘qqizta ekipaj bo‘lgan guruhli pilotaj figuralari majmuasini namoyish etadi.

E’lon qilingan harbiy texnikalar namunalari orasida “Vitaz-D” chuqur suv osti apparati ham bor, u “Mariana” chuquri tubiga tushgan. Bunday apparatlar ilmiy va harbiy sohalarda noyob hisoblanadi.

Birinchi marta (26 avgust kuni) Rossiya Havo-kosmik kuchlarining 20da ortik texnika namunalari ishtirokida, qanotli raketalar va dronlarga qarshi kurash vositalarining jangovar qobiliyatlari dinamik namoyishi bo‘lib o‘tadi.

Rossiya Havo-kosmik kuchlari 2021-yilda "aqlli" zarba dronlarini qabul qiladi

Patriot bog‘ining ko‘rgazma markazi hududida havo mudofaasi va raketaga qarshi mudofaa qo‘shinlari va pilotsiz aviatsiya boshqaruvi ekspozitsiyalari ochiladi. S-400 "Triumf tizimi, "Podlet" radiolokatsion stansiyasi, "Pansir-S1" zenit-raketa-to‘p majmuasi jangovar mashinasi, Tu-143 "Reys" pilotsiz razvedka samolyoti va "Pchela" masofadan boshqariladigan uchish apparatlari namoyish etiladi. Bundan tashqari aviatsiya sanoatining Mi-25M, Mi-25P, Mi-171Sh va Ka-226 vertolotlari ham namoyish etiladi.

"Armiya" forumining dunyoda harbiy-texnik hamkorlik sohasidagi analogi yo‘q. Eng so‘ngi harbiy texnikalarning misli ko‘rilmagan ko‘lami har uch jangovar muhitda - Alabino o‘quv poligonida, "Komsomolskoe" ko‘lida va Kubinka aerodromidagi namoyishlar bilan to‘ldirilmoqda. Xorijning ixtisoslashgan nashrlarining, xususan, Amerikaning The National Interest nashri, qiziqishi tabiiydir.

Barchasi esa 2015-yilda besh mamlakatdan - Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Pokiston, Malayziya bilan boshlandi. 2017-yilda Xitoy, JAR va Malayziya o‘rnini egallagan Slovakiya qo‘shildi. 2018-yilda Turkiya qo‘shildi. 2019-yilda - Ozarbayjon va Tailand. 2016-yilda forumda endi 58 ta korxona va xoldinglar ishtirok etdi, 2017-yilda - 78 ta, 2018-yilda - 84 ta, 2019-yilda – forumda 100 ta xorijiy kompaniyalar o‘z mahsulotlarini namoyish etdi.