TOShKENT, 13 avg — Sputnik. O‘zbekiston Mudofaa vazirligining “Tank biatloni” jamoasi bo‘lajak musobaqalarga tayyorgarlikni boshlab yubordi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Podgotovka komandi "Tankovogo biatlona" uzbekskix voyennoslujashix k sorevnovaniyam ArMI v podmoskovnom Alabino
© Ministerstvo oboroni Uzbekistana
O‘zbekistonlik tankchilar Moskva viloyatidagi “Alabino” poligonida qizg‘in tayyorgarlik ko‘rmoqda.

Podgotovka komandi "Tankovogo biatlona" uzbekskix voyennoslujashix k sorevnovaniyam ArMI v podmoskovnom Alabino
© Ministerstvo oboroni Uzbekistana
Harbiylar tank haydash va o‘q otish mashqlarida yo‘llar va nishonlarning o‘ziga xosligini o‘rganmoqda. Shuningdek, yo‘lni bosib o‘tish va aniq nishonga olish ko‘nikmalarini yaxshilashmoqda.

Podgotovka komandi "Tankovogo biatlona" uzbekskix voyennoslujashix k sorevnovaniyam ArMI v podmoskovnom Alabino
© Ministerstvo oboroni Uzbekistana
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston jamoasi “Xalqaro armiya o‘yinlari – 2020”da ishtirok etish uchun Moskva shahriga yetib kelgani xabar qilingan edi. Ular 23-avgustdan 5-sentabrga qadar bo‘lib o‘tadigan 12 ta musobaqalarda ishtirok etishadi.
