Rossiya chegaralarida hafta ichida 32ta samolyot razvedka o‘tkazdi

Obuna bo‘lish
Eslatib o‘tamiz, shu haftada Rossiya qiruvchi samolyotlari Barensev va Qora dengiz ustidan uchib o‘tib, Rossiya chegaralari tomon yo‘l olayotgan Norvegiya va AQSh havo kemalarini kuzatib qo‘ygan edi.

TOShKENT, 17-iyul - Sputnik. Hafta ichida Rossiya chegaralarida 32ta razvedkachi-samolyotlar razvedkaga oid ishlarni olib bordilar. Bu haqda Rossiya Qurolli kuchlariga qarashli "Krasnaya zvezda" nashrida e’lon qilingan infografikada keltirilgan.

Perexvat samoletov-razvedchikov VVS SShA nad Chernim morem - Sputnik O‘zbekiston
Rossiya qiruvchilari Qora dengiz ustida AQSh razvedka samolyotlarini to‘xtatib qolishdi

Bundan tashqari, Rossiya chegaralarida o‘tgan hafta ichida to‘rtta dron qurilmasi razvedka olib borgan.

Materialda aytilishicha, oxirgi haftada Rossiya Havodan hujumga qarshi mudofaa kuchlari qiruvchilari chegara buzilishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun to‘rt marotaba havoga ko‘tarilgan.

Rossiya havo hududida chegara buzilishiga yo‘l qo‘yilmagan.

Eslatib o‘tamiz, shu haftada Rossiya qiruvchi samolyotlari Barensev va Qora dengiz ustidan uchib o‘tib, Rossiya chegaralari tomon yo‘l olayotgan Norvegiya va AQSh havo kemalarini kuzatib qo‘ygan edi.

Barensev dengizi ustida Norvegiya HHKga qarashli R-3S "Orion" samolyoti razvedka faoliyatini olib borgan bo‘lsa, Qora dengiz ustidan uchgan razvedka samolyotlari bu AQSh HDKning R-8A "Poseydon"i, AQSh HHKga qarashli RS-135 samolyoti va HHKning MQ-9A "Riper" droni bo‘lgan.

Yangiliklar lentasi
0