Mariya Balyabina, Sputnik radiosi sharhlovchisi
Mehmonlar
Donbassda, Malayziyaning Boeing samolyoti qulagan hududda, bitta ham "Buk" bo‘lmagan. Buni Niderland razvedkasi ham, SSG (Qo‘shma tergov guruhi) ham biladi. Ammo Rossiyaga qarshi ilgari surilgan ayblovlarga bu ma’lumot mos kelmas edi, shu uchun ham buni hisobga olishmadi.
Rossiyaga qarshi ayblovlar odatda dalillar bilan tasdiqlanmasligiga allaqachon ko‘nikish kerakdek, go‘yo. Shunga qaramay, bu kabi har bir holat hayratlanarlidir.
Masalan, 2014-yilda Donbassda Malayziya samolyoti qulaganidan keyin darhol bunda Rossiyani ayblashdi. O‘shandan buyon ko‘ngilli qo‘shinlar Rossiyada ishlab chiqarilgan "Buk" yordamida "Boeing"ni urib tushirgan degan taxmin barcha manfaatdor shaxslar tomonidan takrorlanib kelmoqda. Hatto bunday emasligini aniq biladiganlar tomonidan ham.
2016 yilda Qo‘shma tergov guruhining matbuot anjumanidan bir hafta oldin, Niderlandiya razvedkasi prokurorga layner qulagan joyda bitta ham "Buk" bo‘lmaganligi to‘g‘risida xat yo‘lladi. Ma’lumot mustaqil jurnalistlarning Bonanza Media platformasida e’lon qilingan.
"MH17 reysi Ukraina va Rossiyaning 9K37M1 "Buk" M1 tizimlari joylashtirilgan barcha identifikatsiyalangan va amaldagi pozitsiyalaridan chetlanib uchgani ayon", - deyiladi razvedka ma’lumotlarida, ammo SSG bu haqda biron bir so‘z aytmadi, u Rossiyaning aybi haqida yodlangan iboralarni takrorlashni davom ettirdi, xolos.
"Buk" bo‘lmagan bo‘lsa nima qilipdi, Rossiya samolyotga yaqin joylashganligi bilan keskin vaziyatni yaratar edi – va shuning o‘zi uni aybdor qilardi.
Shu bilan birga, Moskvaning tergovda ishtirok etishi u yoqda tursin, hech kim hatto u tomonidan taqdim etilgan va bu ishda yordam berishi mumkin bo‘lgan ma’lumotlarni hisobga olmadi ham. Chunki bu yerda gap haqiqatni aniqlash emas, balki dalillarni ilgari ilgari surilgan ayblovlarga mos keltirish haqida bormoqda.
Biroq, tergov jarayonida kam-kamdan sizib chiqayotgan ma’lumotlar, Kreml aytganidek, Rossiya tomonining haqligini ko‘rsatmoqda.
Yuzaga qalqib chiqqan ma’lumotlarni tergov bilan shug‘ullanayotganlar e’tiborga oladimi? Shubha bor. Ular buni to‘rt yil oldin e’tiborga olish imkoniyatiga ega edilar, endi esa ishni orqaga surish juda noqulay. Shunday qilib, mayli, ular yangi "dalillar"ni to‘qib chiqarishda davom etaversinlar, biz esa Rossiya hech narsada aybdor emasligini bilamiz.