Afg‘oniston: tolibonlashuvdan so‘ng amerika okkupatsiyasi jannatday ko‘rinadi

Afg‘oniston uchun yangi tinchlikka erishish oson kechmayapti. Amerikaliklarsiz, janglar va terrorchilik aktlari bilan ro‘y bermoqda bu. Bu tinchlik yangi qurolli mojarolar manbaiga aylanish va mintaqadagi qo‘shnilarning tinch hayotiga rahna solish bilan tahdid qilmoqda
Sputnik

Afg‘onistondagi real holat tinchlik bitimi haqidagi deklaratsiyalarga mos emas. AQSh bilan ushbu bitimni imzolaganidan keyingi besh oy vaqt davomida "Tolibon"* Qobul bilan o‘t ochishni to‘xtatish borasida kelishuvlarga erisha olmadi. Jangarilar yangi aholi punktlarini o‘z nazoratiga olishga urinmoqda, qator provinsiyalardagi armiya va politsiya blokpostlariga, harbiy baza va politsiya bo‘linmalariga tez-tez hujum uyushtirmoqda. Avgust oyi boshida 37 nafar harbiy xizmatchi va politsiyachilar, 61 jangari va 43 nafar tinch aholi halok bo‘lishdi.

Toliblar AQShga qarshi Rossiya bilan til biriktirilganini rad etdi

Shimoliy Bog‘lan provinsiyasida 5-avgust kuni yo‘lga yaqin joydagi mina portlashi oqibatida 12 kishi halok bo‘ldi. Bir kun o‘tgach, Bog‘lan-Samangan shossesida toliblar ikkita benzovozni yoqib yubordi, yettitasini egallab oldi va ichidagi yoqilg‘isini Puli-Xumrida litrini 20 afg‘oniydan pulladi. Bu "biznesga" hatto bir vaqtning o‘zida afg‘on xavfsizlik kuchlariga qarshi olib borilayotgan va faqatgina Qandahor hamda G‘aznida muvaffaqiyatga erishilgan janglar ham halal bera olmadi.

"ID" jangarilari ham "ikkinchi nafas" ochilganini his qildilar – Jaloloboddagi qamoqxonaga uyushtirilgan hujum oqibatida (sharqiy Nangarxar provinsiyasi) 2-avgust kuni 29 kishi halok bo‘ldi (10 terrorchi shular jumlasidan) 800 nafar mahbuslar - ID a’zolari, toliblar va oddiy jinoyatchilar qochib ketdi.

Tinchlik sari qo‘yilayotgan qadamlar juda kichik. Afg‘onistondagi hibsga olingan va asirdagi kuch tizimlari vakillari o‘rtasida kechgan murakkab va turlicha sharh berish mumkin bo‘lgan o‘zaro almashuv deyarli yakunlandi. Ozod etilgan xavfsizlik kuchlari vakillarining umumiy soni 1005 kishiga yetdi, qamoqxonalardan 4750dan ziyod toliblar qo‘yib yuborildi. Ozodlikka chiqarilgan jangarilar jangovar harakatlarga qaytmaslik haqida majburiyatga imzo chekkan edi, ammo aksariyati bergan va’dasini buzdi va yana qo‘liga qurol oldi.

Serenko: faqat "fantazorlar" AQShning toliblar bilan bitimiga optimizm bilan qaraydi

Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘ani toliblar ro‘yxatidagi 400 ta eng ashaddiy terrorchilarni qamoqlardan ozod etishdan bosh tortdi va bu muammoni xalq bilan muhokama qilishni taklif qildi. Ammo "Tolibon" harakati 5-avgust kuni hukumatning Loyya Jirgi (xalq vakillari yig‘ini)ni o‘tkazish qaroriga qarshi chiqdi. Go‘yoki bu yig‘in huquqiy maqomga ega emas va "okkupatsiya tugaganidan so‘ng" afg‘on xalqini taqdim etolmaydi. Shu tariqa, toliblar o‘zini mamlakat konstitutsiyasi va jinoyat kodeksidan ustun qo‘yib, so‘nggi instansiyadagi haqiqatga da’vo qilmoqdalar, Kobuldagi "kollaboratsion" hukumatning noqonuniyligini ta’kidlamoqdalar. AQSh esa bularning barchasiga "qo‘lni yuvib, qo‘ltiqqa artgan".

Qaynoq shimol

Afg‘oniston shimoli notinch. Tojikiston va O‘zbekistonga tutash shimoliy provinsiya bo‘lgan Balx iyul oyi oxirida hukumat kuchlari va toliblar o‘rtasida jangovar harakatlarning avj olishi sababli eng xavfli hududga aylandi. Afg‘onlararo noaniq ichki jarayonlar fonida Dushanbe afg‘on-tojik chegarasidagi vaziyat keskin tus olganini qayd etmoqda. Bu yerga o‘nlab, shu jumladan, tojikistonlik jangarilar to‘planmoqda.

Rahmon Afg‘oniston bilan chegaradagi vaziyatdan tashvishga tushdi

Prezident Emomali Raxmon hatto Tog‘li-Badaxshon avtonom viloyatidagi chegara hududini mustahkamlash topshirig‘ini berdi. Tojikiston sherik-davlatlar va xalqaro tashkilotlar bilan tojik-afg‘on chegarasidagi xavfsizlik masalalarini muntazam muhokama qiladi.

Voqealar mantig‘i shundan iboratki, bordi-yu g‘alaba toliblar tomonida bo‘ladigan bo‘lsa - AQSh bilan kelishuv shartlariga binoan - qo‘shni Markaziy Osiyo davlatlaridan bo‘lgan jangarilar Afg‘onistondan chiqarib yuborilishi mumkin. Tayyorgarlikdan o‘tgan yuzlab jangarilarning Tojikiston va O‘zbekistonga qaytishi vaziyatni radikallashtirishi va izdan chiqarishi mumkin. Bu singari ssenariylarni faqatgina hamkorlikdagi urinishlar bilan, ODKB (KXShT) va Rossiyani jalb etgan holda to‘xtatish mumkin bo‘ladi. Xo‘sh, keyin-chi?

Afg‘on qiz ota-onasini o‘ldirgan ikki nafar “Tolibon”* jangarisini otib tashladi

"Tolibon" dastavval xalq irodasi mahsuli emasligi, balki Pokistonning ochiq konfiguratsiya loyihasi ekanligini va u Tojikiston, O‘zbekiston va boshqa qo‘shni davlatlar hududlariga "Markaziy Osiyo bahori" ni translyatsiya qilishi mumkinligini tushunish muhimdir. "Tolibon" tashqi o‘yinchilar uchun urush va qirg‘in uchun qulay vositadir. "Tolibon" jangarilari - tashqi o‘yinchilari uchun qulay urush va buzish vositasidir. Tarkibi va qarashlari jihatdan ushbu rang-barang terroristik uyushmaning xalqaro ma’noda qonuniylashtirilishi o‘ta xavfli.

Hatto "Tolibon"ning Qo‘shma Shtatlar tomonidan ma’qullangan ikkinchi bor hokimiyatga kelishi ham afg‘on xalqi va qo‘shni davlatlar uchun - diniy ekstremizmdan tortib, narkotrafik va qurollangan terrorizmgacha bo‘lgan ma’noda (bu uyushma asosidir) doimiy tahdid manbai bo‘lib qoladi.

Amerikancha “Tolibongeyt” - bu fitnaning maqsadi nima?

32 million aholi uchun Afg‘onistonning "tolibonlashtirilishi": dunyoviy ilm va madaniyat, televidenie va kinoteatrlarning ta’qiqlanishi, aksariyat maktablar va universitetlarning yopilishi, konstitutsiyaning shariat sudlariga almashtirilishi, ayollarning ijtimoiy hayotdan chegaralanishi, o‘rta asrlarga xos bo‘lgan ommaviy qatl va yo‘l qo‘yilgan kichik bir tartibsizlik uchun qo‘l-oyoqlar amputatsiyasining keng joriy etilishi demakdir (1996 yilda toliblar hokimiyatni qo‘lga olganida xuddi shunday bo‘lgan).

Yovuzlik maskani

Umuman olganda, "Toliban" o‘z g‘alabasida shubhalangan emas, va qonuniy afg‘on hukumatini "tozalab tashlashga" tayyor. Toliblar yetakchisi Mavlavi Xibatulla Oxundzoda o‘tgan haftada: "Bizning jihodimiz bosqinchilikni tugatish va Afg‘onistonda sof islomiy hukumatni yaratish uchun bo‘lgan va shunday bo‘lib qoladi", deya qayt etdi. Shu bois, AQSh va xalqaro hamjamiyat "muammolar yaratishda davom etishni bas qilishlari" shart.

Afg‘onistonlik Asila: O‘zbekistonga kelib tinchlik nimaligini his etdim

O‘ta dag‘al bayonot bu. Ammo agar muammolarga nazar soladigan bo‘lsak, bugungi kunda toliblar hukmronligi ostida 15 millionga yaqin kishi yashab kelmoqda, bu Afg‘oniston aholisining deyarli teng yarmiga teng. Bu odamlar ertalab uylarini tark etayotganlarida, tirik qaytish-qaytmasliklarini bilmaydilar. Birlashgan Millatlar Tashkilotining Giyohvand moddalar va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasi (UNODC) ma’lumotlariga ko‘ra, 2017-yilda Afg‘onistonda afun ishlab chiqarish 87 %ga oshdi va to‘qqiz ming tonnani tashkil qildi, Amerika harbiy kuchlari mavjud bo‘lgan davrda esa giyohvand xom-ashyo ishlab chiqarishi 40 baravar ortdi, afg‘on opiumi kontrabandasining yillik hajmi 3 milliard dollarga baholanadi.

 

Afg‘onistonning bardoshli generali – Abdul-Rashid Do‘stumning tarjimai holi

Bularning barchasiga qaramay, "Tolibon" mafkurasi, rejasi va dasturlarini baham ko‘rmasdan turib, qanday qilib toliblar bilan tinchlikka erishish mumkin? Avvalroq, Sputnik agentligiga bergan intervyusida, Afg‘oniston Senati raisining birinchi o‘rinbosari Muhammad Alam Isidor: "Afg‘on xalqi uchun Afg‘onistonda toliblar - bu terrorchi uyushma ekanligini tushunish juda muhim. Va biz uchun toliblarning istalgan davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi noma’qbuldir... Biz uchun "Tolibon" va "Islom davlati" terroristik uyushmalari o‘rtasida qandaydir muhim farq yo‘q. 

Nufuzli afg‘on siyosatdori va mujohidlar harakati faxriysi Izidor shuningdek, "Tolibon"ni bevosita yoki bilvosita qo‘llab-quvvatlash notinchlik Markaziy Osiyodagi qo‘shni davlatlarga ko‘chishi uchun zamin yaratishini ta’kidladi.

AQSh Afg‘onistondagi 5ta harbiy bazasini yopdi

Aql-idrok bilan berilgan baho bu. Afg‘onistonda hech narsa o‘zgargan emas. Amerika o‘zining terrorchilar bilan kechgan uzoq yillik jangovar harakatlari rejasini Pentagon bo‘linmalarining tezkor va xavfsiz evakuatsiyasiga (dunyoni suv bossa - o‘rdakka ne g‘am qabilida) transformatsiya qildi, xolos. Yaqinda AQSh Afg‘onistonning Gilmend, Uruzg‘on, Paktika va Lagman provinsiyalarida yana beshta harbiy bazasini yopdi. Afg‘onistondagi amerika qo‘shinlari soni tez fursatda 4 ming kishigacha qisqaradi va 2021-yilning may oyida birorta askar qolmaydi. Endi prezident Donald Tramp administratsiyasi, Davlat kotibi Maykl Pompeoning so‘zlariga ko‘ra, Afg‘onistondagi vaziyatni normallashtirish uchun Kreml ko‘magiga muhtoj. Biroq, istiqbolda normallashuv yuz berishi dargumon.

AQSh razvedkasi narkotiklar savdosi ishtirokchisi - Rossiya TIV

Rossiya Afg‘onistonning terrorizm va narkotiklardan holi bo‘lgan tinch, barqaror, mustaqil va iqtisodiy jihatdan rivojlangan davlat sifatida shakllanishiga ko‘maklashish siyosatini izchillik bilan olib bormoqda. Toliblar harakatlariga nisbatan tanqidiy qarashlarning yo‘qligi RF va KXShTga a’zo boshqa mamlakatlarning afg‘on yo‘nalishidagi harakatlari uchun to‘siq  bo‘lmoqda. Hatto Afg‘oniston TIV rahbari Hanif Atmar kecha: "Biz erta bosqichda yarashuv to‘g‘risida o‘ylashimiz va o‘shanda toliblarga munosib imkoniyat berishimiz kerak edi... Biz ularga yarashuvning munosib variantini taklif eta olmadik va ular Afg‘onistonni tark etishlarini talab qildik. Bu yomon siyosat edi", deya "gunohkorona" bayonot qildi (ehtimol, Hanif Atmar "sof" hukumatdan o‘rin olishni rejalashtirmoqda).

Ammo shu bilan birga, KXShTning "Tolibon"ga nisbatan aksariyat da’volari hech qayerga yo‘qolgan emas. Harakat qonuniy hukumatga qarshi qurolli zo‘ravonlikni e’tiqod qiladi, "Al-Qoida"* bilan simbiozni yo‘qotmaydi, giyohvand moddalar savdosidan foydalanadi va bu ro‘yxatning boshlanishidir.

 

* – RF va qator boshqa davlatlarda ta’qiqlangan terroristik uyushma.